1.
To’laligicha:
• Bojxona xizmati xodimlari
• Mudofaa, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar vazirliklarning, Milliy
xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari, ichki ishlar organlari xodimlari
• O’zbekiston
Respublikasi
fuqarosi
bo’lmagan
xorijiy
davlatlar
diplomatiya vakolatxonalarining boshliklari, a’zolari, konsullik muassasalarining
xodimlari
2. Qisman, har bir oy uchun eng kam ish haqining to’rt baravari miqdorida:
• O’zbekiton Qahramoni, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga
sazovor bo’lgan shaxslar, uchchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan mukofotlanganlar.
• Bolalikdan nogiron bo’lganlar, shuningdek I va II gurux nogironlari.
• Qahramon onalar
• Afg’onistonda xizmat qilganlar, Chernobl AES dagi falokat oqibatida jabrlanganlar.
• 2 va undan ortiq 16 yoshga to’lmagan bolali yolgiz onalar.
Ish haqidagi ushlab qolinadigan summalar faqat qonun bilan ruxsat etilgan hollarda
amalga oshiriladi. Ularga ish haqi hisobidan berilgan bo’lak, daromad solig’i, ijro
varaqalari bo’yicha ushlanadigan summalar, ortiqcha berib qo’yilgan ish haqi, shaxsiy uy-
joy qurilishi uchun olingan ssudalar bo’yicha qarzlar, dala bog’ qurilishi bo’yicha ssudalar
qarzlari, yosh oilalar olgan ssudalar bo’yicha qarzlar, kreditga olingan tovarlarning
to’lanmagan qismi, ixtiyoriy sug’urta summalari, xo’jalik yurituvchi sub’ektga
etkazilgan zararlar uchun ushlanadigan summalar, ish haqining bir qismini ishchi va
xizmatchilarning arizasiga ko’ra omonat kassaga o’tkazish, kasaba uyushmasi
a’zolarining navbatdagi oy uchun a’zolik to’lovlari va shu kabilar kiradi. Ish haqidan
ushlab qolinadigan soliqlar miqdori Moliya vazirligi tomonidan belgilanib, Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: