Microsoft Word Agentlik va uning tarkibiy tuzilmalarida manfaatlar to‘qnashuvini


-§ Real yoki potensial manfaatlar to‘qnashuvining kelib chiqish fakti bo‘yicha



Yüklə 137,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix02.12.2023
ölçüsü137,53 Kb.
#171092
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3 Agentlik va uning tarkibiy tuzilmalarida manfaatlar to qnashuvini

3-§ Real yoki potensial manfaatlar to‘qnashuvining kelib chiqish fakti bo‘yicha 
deklaratsiya to‘ldirish 
18. Real yoki potensial manfaatlar to‘qnashuvining kelib chiqishi fakti bo‘yicha 
ma’lumotlarni deklaratsiya qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
Agentlik xodimida manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqqanda, u mazkur holat unga 
ma’lum bo‘lgan paytdan boshlab bir ish kuni ichida bu haqda bevosita rahbariga real yoki 
potensial manfaatlar to‘qnashuvi sifatida tavsiflanadigan holatni batafsil bayon etgan holda, 
mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda xabar berishi lozim; 
xodimning bevosita rahbari xodimdan yozma xabarni olgan paytdan boshlab uch ish 
kuni ichida manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotni ko‘rib chiqishi va manfaatlar 
to‘qnashuvini bartaraf qilish bo‘yicha taklif bilan xabarnomani Kadrlar bo‘limiga ro‘yxatdan 
o‘tkazish hamda tegishli choralarni ko‘rish uchun taqdim etishi shart; 
Kadrlar bo‘limi xodimning bevosita rahbari bilan hamkorlikda manfaatlar 
to‘qnashuvini bartaraf etish choralarini ko‘radi yoki manfaatlar to‘qnashuvi mavjud emasligi 
haqida xulosa qilinib, O‘z xavfsizlik xizmati va Agentlik rahbariga yozma shaklda tegishli 
ma’lumot kiritiladi. 
5-bob. Manfaatlar to‘qnashuvini hal qilish choralari 
19. Agentlik manfaatlarining buzilishini oldini olish maqsadida real manfaatlar 
to‘qnashuvini hal qilish choralari imkon qadar tezroq amalga oshirilishi lozim. 
20. Agentlikda manfaatlar to‘qnashuvlarini boshqarishda quyidagi choralar 
belgilanishi kerak: 
bevosita bo‘ysunadigan xodimni yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxs 
bo‘ysunuviga o‘tkazish; 
manfaatlar to‘qnashuvi predmeti bo‘lgan masalalarni muhokama qilishda va ular 
bo‘yicha qaror chiqarish jarayonida qatnashishdan xodimning o‘z ixtiyoriga ko‘ra 
chetlashish, o‘zini o‘zi rad etishi yoki uni majburan (doimiy yoki vaqtincha) chetlashtirilishi; 
manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun xodimning lavozim majburiyatlari 
doirasini qayta ko‘rib chiqish; 
xodim tomonidan uning shaxsiy manfaatdorligi bo‘lgan va manfaatlar to‘qnashuvi 
predmeti bo‘lgan Agentlikning ma’lumotlari va hujjatlaridan foydalanilishini cheklash
yuqoriroq lavozimni egallab turgan yaqin qarindosh va (yoki) aloqador shaxsga 
nisbatan lavozimni ko‘tarish, faoliyatini baholash, mukofot pullarini to‘lash va ish haqiga 
ustamalarni hisoblash, o‘qishga va treninglarga hamda turli masalalar bo‘yicha xorijga 
yuborish, mehnat ta’tiliga chiqishga rozilik berish va ish haqini nazorat qilish haqida 
jamoaviy tarzda qaror qabul qilinishini ta’minlash; 
xodimni manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq bo‘lmagan mehnatga oid funksiyalarni 
bajarishini nazarda tutadigan lavozimga o‘tkazish va boshqa holatlar. 



21. Istisno holatlarda, ushbu Nizomning 20-bandida sanab o‘tilgan choralar manfaatlar 
to‘qnashuvini to‘liq tartibga solmagan taqdirda, quyidagi tartibga solish choralari ko‘rilishi 
mumkin: 
xodim tomonidan Agentlikning manfaatlariga to‘qnash keladigan shaxsiy 
manfaatdorligidan voz kechishi; 
xodim 
tomonidan 
Agentlik 
manfaatlariga 
to‘qnash 
keladigan 
shaxsiy 
manfaatdorligidan voz kechmaganda uning mehnat shartnomasini bekor qilish. 
22. Har bir vaziyatda, manfaatlar to‘qnashuvi predmetini belgilab beradigan faktdan 
kelib chiqib, xodim bilan Agentlikning kelishuviga ko‘ra uni hal qilishning boshqa choralari 
qo‘llanilishi mumkin. Ko‘riladigan barcha choralar qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lishi 
va mazkur Nizomda belgilangan tamoyillarni amalga oshirishni ta’minlashi lozim. 
23. Agentlikda Kadrlar bo‘limi va xodimning bevosita rahbari tomonidan manfaatlar 
to‘qnashuvini bartaraf etish choralari va qabul qilingan qarorlar Odob-axloq komissiyasining 
eng yaqindagi yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, bu haqda majlis bayonnomasida aks ettiriladi. 
24. O‘z xavfsizlik xizmati xodim e’tiroziga yoki rahbar topshirig‘i, shuningdek o‘z 
tashabbusi bilan Kadrlar bo‘limi va xodimning bevosita rahbari, shuningdek odob-ahloq 
komissiyalari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha qabul qilingan 
qarorlarning xolisligi va maqbulligini tekshirish huquqiga ega. 

Yüklə 137,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin