118
janjalkashlik, o’t qo’yish, sadistlik harakatlari ajralib turadi.
Delinkvent (lotin tilidan delinqveng-huquqbuzar)-xulqiy oq’ishgan subhekt, o’z
harakatlarida jinoiy jazolanadigan faoliyatlarni amalga oshiradi.Obrazli xulq-atvor, o’zida mayda
o’q’rilik,
bosqinchilik, talnchilik, avtotransportni o’q’irlash va boshqalarni amalga oshirib,
moddiy manfaat ko’rinishning ilinjida mulkiy tajovuz qilishdan iborat. Giyohvand moddalarni
tarqatish va sotish.
Kriminal (jinoiy) xulq-atvor (lotin tilidan, criminalis-jinoyatchilik) huquqbuzarlik harakati
bo’lib, jinoiy javobgarlik yoshiga yetguncha, jinoiy ish ochishda asos bo’lib xizmat qiluvchi va
Jinoyat kodeksining belgilangan moddalari bilan asoslanadigan xulq-atvor.
Inson taraqqiyoti ko’pgina omillar o’zaro ta’siri bilan asoslanadi: irsiy avloddan-avlodga
o’uvchi, muhit, tarbiya, insonning shaxsiy amaliy faoliyati kabilarga boq’liq. Voyaga
yetmaganlarning deviant xulq-atvorini asoslovchi asosiy omillarni ajratib ko’rsatish mumkin.
1.Biologik omil. Bola organizmini noqulay fiziologik yoki anatomik xususiyatlari mavjud
bo’lib, uni ijtimoiy moslashuvini qiyinlashtiradi. Bularga: - genetik, avloddan avlodga o’tuvchi
xususiyatlar. Ularga aqliy
rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko’rishda nuqsonli bo’lganlar,
asab sistemasining buzilishi kabilar kiradi.
Bunday bolalar hali ona qornidayoq noto’q’ri ovqatlanish, onaning ichkilikbozlik, chekishga
ruju quyishi, onaning kasallanishi (jismoniy va psixik jarohatlar, surunkali yuqumli kasalliklari);
irsiy kasalliklarning ta’siri, ayniqsa, irsiylik, alkogolizm ta’sirida bo’ladilar;- inson organizmiga
ta’sir etuvchi psixo-fiziologik oq’ir tashvishlar, janjalli vaziyatlar, atrof-muhitning kimyoviy
tarkibi, energiyaning yangi turlari, somatik
26
, allergik kasalliklari turlari olib kelishiga sabab
bo’ladi.Fiziologik, o’z
tarkibiga nutqdagi nuqsonli, tashqi qiyofadagi nuqsonlar, konstituttsion-
somatik nuqsonlar sababli atrofdagilar bilan munosabatda negativ holatlarni yuzaga keltiradi va
shaxslararo munosabatda bolaning o’z tengdoshlari, jamoa o’rtasidagi chekkaga chiqish,
turtilishga olib keladi.
2. Psixik omil. Bola psixopatologiyasida yoki aktsentuatsiya
27
Sida (haddan tashqari zo’riqish)
xarakterining alohida xususiyati bilan ifodalanadi. Bu hulqiy oq’ishganlik bola asab-ruhiy
kasalliklar
psixopatiya,
nevrosteniya
bilan
xastalanganligi
orqali
vujudga
keladi.
Aktsentuirlashgan xarakter xususiyatiga ega bo’lgan bolalar turli psixologik ta’sirlarga o’ta
sezgir, psixik me’yorning eng chetki turi bo’lib, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj va tarbiya
xarakteridagi chora-tadbirlarning ko’rilishini talab etadigan bolalardir.
3. Ijtimoiy-pedagogik omillar. Oila, maktab va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida namoyon bo’ladi.
Bu omil bolani erta ijtimoiylashuvdan oq’ishganlikka,
bolalik davridayoq maktabda
o’zlashtirmovchilik tufayli maktab bilan aloqaning uzilishi (pedagogik bo’sh qo’yish) olib
keladi. O’smirda maktabga bo’lgan ongli ravishda qiziqishning shakllanmasligi motiviga sabab
bo’ladi. Bunday bolalar maktabga yomon tayyorlangan, uy vazifalariga negativ munosabatda
bo’luvchi, maktab baholariga befarq bo’ladigan, o’quv dezadaptatsiyasiga uchrovchi bo’ladilar.
-O’quv dezadaptatsiya – bolaning maktabga bo’lgan umumiy qiziqishini saqlanishida bir yoki
ikki fanni o’zlashtirishda qiyinchilikka duch kelgan holatidir.
- Maktab dezaptatsiya – bolaning yosh xususiyatida ta’lim olishidagi qiyinchiliklar bilan bir
qatorda xulqiy buzilish holatlari o’qituvchilar, sinfdoshlari bilan janjalli vaziyatlar ko’rinishida
o’ringa chiqadi. Dars qoldirish odatlari paydo bo’ladi.
- ijtimoiy dezadaptatsiya – bolaning o’qishga bo’lgan qiziqishi, maktab jamoasining talablariga
javob berishdan qochish holatlari, turli asotsial jamoalarga kirib ketish spirtli ichimliklarga,
giyohvandlik moddalariga qiziqishining ortishi bilan namoyon bo’ladi.
Bolaning ijtimoiy rivojlanishidagi oq’ishganlik omillarga yomon oilalar sabab bo’ladi.
Shunday oilaviy o’zaro
munosabatlar usullari mavjudki, ular voyaga yetmaganlarning assotsial
xulq-atvorining shakllanishiga olib boradi:
1. Tarbiyaviy va oilaning ichki munosabatlarining disgarmonik usuli. Bu usul o’zida bir
26
Somatik (unon tilidan Soma-tan bilan bola organizmidagi psixikaga qarama-qarshi bo’lgan holat.
27
Хаrakter aksentuasi-хаrakterning alohida xususiyatlarining
o’ta kuchli ifodalanishi.
119
tomondan, bola istaklariga ko’ra bo’lsa, ikkinchi tomondan, bolaning janjalli vaziyatlarga yoki
oilada ikki xil axloqiy qarash mavjudligi: oila uchun boshqa, jamiyat uchun umuman boshqacha
bo’lgan tarbiyaviy holatlar.
1.
Barqaror bo’lmagan, janjalli usul noto’liq oilalarga tarbiyaviy ta’sir etuvchi, er-xotin
ajralishi, ota-ona va bolalar uzoq muddat alohida yashashlari sababli yuzaga keladi.
2.
Munosabatlarning assotsial usuli yomon tashkil etilgan oilalarda, doimiy spirtli
ichimliklar ichish, giyohvandlikka berilish, axloqsizlik, ota-onaning jinoyatchilik xulq-atvori,
“oilaviy qahri qattiqlik” va zo’ravonlik kabi illatlarda yuzaga keladi.
Qahrli munosabatlar (haqorat, xo’rlash) deb bolaga q’amxo’rlik
qiluvchi, qaramoq’iga
olgan odamlar tomonidan zarar yetkazilishining ko’pgina harakatlariga aytiladi. Bu harakatlarga
bolala jismoniy zarar yetkaziluvchi jismoniy, emotsional (hissiy), jinsiy qiynoqlar bilan
azoblash, ko’p takrorlanuvchi noo’rin jazolar kiradi.Qahrli munosabatlarga bolalar uyda, oilada,
ko’chada, maktabda, bolalar mehribonlik uylarida, kasalxona va boshqa bolalar muassasalarida
duch kelishlari mumkin.Shunday holatlardagi bolalar, xavfsizlik hissini sezmaydilar.
Ularning
me’yoriy rivojlanishida bu hissiyotning ahamiyati katta. Bu esa bolalaga uni o’zi haqida, men
yomonman, hech kimga kerakmasman, sevimli emasman deb o’ylashlariga sabab bo’ladi. Qahrli
munosabatlarning har qanday turi bola soq’liq’iga katta zarar yetkazadi. Uning hayoti va ijtimoiy
moslashuvchanligida xavf tuq’diradi.
3.Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlikka sabab bo’ladi. Jamiyatni boy va kambaq’allar,
jamiyat uchun eng ahamiyatli aholining kambaq’allashuvi, ishsizlik kabi qatlamlarga ajratadi.
Ijtimoiy qabul qilingan halol ish haqqini (qonuniy) olish usullarining cheklanishi, inflyatsiya va
ijtimoiy tartibbuzarlikka olib keladi.
3.
Axloqiy-ma’naviy omillar. Hozirgi davrning jamiyatda bir tomondan ma’naviy
axloqiy darajaning pasayishi bo’lsa, qadriyatli, birinch navbatda axloqiy xulqning buzilishi,
boshqa tomondan, jamiyatning neytral munosabatlarida deviant xulq-atvor munosabatlarida
yuzaga kelishiga olib keladi.
Turli deviant xulq-atvorning uzluksiz ravishda o’sishi jamiyat oldiga ijtimoiy me’yorlardan
oq’ishgan xulqli o’smirlar va yoshlar bilan olib boriladigan ishlarning shakl va usullarini,
texnologiyalarini topish vazifasini qo’ygan. Shu sababli deviant va delinkvent xulq-atvorli
o’smirlar bilan ishlashning ikki asosiy texnologiyalari, profilaktik va reabilitatsion ishlar fan va
amaliyotda keng tarqalgan.
Profilaktika (oldini olish)-o’smirlar xulq-atvorida ijtimoiy xulqiy oq’ishganlikning
turli
ko’rinishlariga asosiy sabab bo’luvchi sharoitlardan ogohlantirish, bartaraf qilish yoki
neytrallashga yo’naltirilgan davlab, jamiyatning ijtimoiy-tibbiy va tashkiliy-tarbiyaviy chora-
tadbirlarining yiq’indisidir.
Dostları ilə paylaş: