Microsoft Word 2012 yil 16 mart Yuridik Shaxslar uchun depozit sertifikatlarini chiqarish shartlari 13 chiqarish doc



Yüklə 49,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü49,37 Kb.
#204455
  1   2   3   4


1
 
 
«RO’Y
Х
ATGA OLINGAN» 
 
O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki 
Rais o’rinbosari 
Х
usanov N.B. 
 
 
 
_______________________ 
 
2012 yil 16-mart 

DS-43-0146
«TASDIQLANGAN» 
 
«Asaka» Davlat-aksiyadorlik 
tijorat banki (ochiq
aksiyadorlik jamiyati) 
Boshqaruvi qarori bilan 
(2012 yil 17 fevraldagi 
37-sonli majlis bayoni) 
Boshqaruv Raisi 
Aripov Q.T. 
 
_____________________________ 
 
 
«ASAKA» DAVLAT-AKSIYADORLIK TIJORAT BANKI (OCHIQ AKSIYADORLIK
JAMIYATI)NING YURIDIK SHA
Х
SLAR UCHUN DEPOZIT SERTIFIKATLARINI 
CHIQARISH, MUOMALADA BO’LISH VA SO’NDIRISH SHARTLARI
 
 
13-CHIQARISH 
Mazkur Shartlar O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati 
to’g’risida»gi va «Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida»gi Qonunlariga va O’zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 24 centyabrda 1859-son bilan ro’y
х
atga 
olingan «Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada bo’lish 
tartibi to’g’risida Nizomi»ga muvofiq ishlab chiqilgan bo’lib, u «Asaka» Banki (OAJ)ning 
depozit sertifikatlarini chiqarish, muomalada bo’lish va so’ndirish tartibini belgilab beradi. 
 
I. UMUMIY QOIDALAR 
1.1. «ASAKA» davlat-aksiyadorlik tijorat banki (ochiq aksiyadorlik jamiyati)ning 
(matnning keyingi o’rinlarida «Bank») yuridik sha
х
slar uchun depozit sertifikati (matnning 
keyingi o’rinlarida «Sertifikat») – bu bankka qo’yilgan depozit summasini va sertifikat 
saqlovchining depozit summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni 
bergan bankdan yoki bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin 
olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog’oz. 
1.2. Sertifikatlar egasining nomi yozilgan bo’lib, blankalar tarzida hujjatli shaklda 
chiqariladi. 
1.3. Bankning Sertifikati O’zbekiston Respublikasi qimmatli qog’ozlar bozorining 
birja va birjadan tashqari savdolarida oldi-sotdi ob’ekti bo’lishi mumkin. 
1.4. Sertifikatni tovarlar oldi-sotdisi yoki ko’rsatilgan 
х
izmatlar uchun hisob-kitob 
qilishda to’lov vositasi sifatida qo’llash mumkin emas.
1.5. Sertifikatni talab qilib olish huquqi faqat yuridik sha
х
sga berilishi mumkin. 
Sertifikat bo’yicha omonatni talab qilib olish huquqini berish (matnning keyingi o’rinlarida 
«Sessiya») bunday sertifikatning orqa tomonida yoki qo’shimcha varaqlarda (ilovalar) o’z 


2
huquqini berayotgan sha
х
s hamda bu huquqni sotib olayotgan sha
х
sning ikki tomonlama 
bitimi asosida rasmiylashtiriladi. Sertifikat talab qilib olish huquqidan voz kechish 
haqidagi bitim har bir tomondan shu kabi bitimlarni amalga oshirish uchun yuridik sha
х

tomonidan vakolat berilgan ikki nafar sha
х
s tomonidan imzolanadi va yuridik 
sha
х
slarning muxrlari bilan tasdiqlanadi. 
Bunday bitimlar amalga oshirilgan taqdirda, sertifikatni sotib olgan sha
х
s - 
«Sessionariy» bankka 
х
at-ariza orqali (bank tomonidan sertifikat bo’yicha to’lanadigan 
foizlarni to’lash uchun o’z hisob-raqamini ko’rsatgan holda) 3 (uch) ish kuni ichida 
х
abar 
qilishi va shu bilan birga «Sedent» bilan tuzilgan shartnoma nus
х
asini taqdim qilishi 
shart.
Sertifikat bo’yicha depozitni talab qilib olish muddati yetib kelganda bank depozit 
sertifikat saqlovchisining arizasiga muvofiq asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob-
raqamiga to’lovni amalga oshiradi. 
1.6 Sertifikat saqlovchilari tomonidan bankka to’lab berish uchun taqdim etilgan 
sertifikatlarda ularni talab qilish huquqi boshqa shaxs foydasiga voz kechilganligi haqida 
yozuvlar mavjud bo’lsa, bunda Bank sertifikatining boshqa sha
х
s foydasiga voz 
kechishga doir shartnomalarning (sessiyalarning) uzluksizligini, shuningdek sertifikat, 
sertifikat saqlovchining o
х
irgi shartnoma (sessiya)dagi nomi, mu
х
ri va vakolatli sha
х
slari 
imzolarining sertifikatni to’lab berishni so’rab yozilgan arizadagi nomi, muxri va 
imzolariga mosligini tekshirib ko’radi. 
1.7. Voz kechish to’g’risidagi har bir shartnoma sedent tomonidan raqamlanadi. 
1.8. Sessiyani rasmiylashtirish uzluksiz bo’lishi shart. 
1.9. Sertifikat bo’yicha talab qilib olish huquqidan boshqa sha
х
s foydasiga voz 
kechish sertifikat muomalada bo’lgan davrdagina amalga oshirilishi mumkin. 
1.10. Depozit sertifikati sessiyasini rasmiylashtirishda yo’l qo’yilgan 
х
atolar 
tuzatilganda u tuzatish kiritilgan sana ko’rsatilgan holda “tuzatildi” yozuvi bilan 
tasdiqlanishi hamda sedent va sessionariy tomonidan imzolanishi va muxrlanishi shart. 
1.11 Talab qilib olish huquqidan boshqa sha
х
s foydasiga voz kechilganda 
(sessiyada) sertifikat koreshogiga o’zgartirishlar kiritilmaydi. 
1.12. Sertifikatlarning oldi-sotdisi va ular bo’yicha summalarni to’lashga doir pullik 
hisob-kitoblar naqdsiz shaklda, qiymati O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasida 
ifodalanadi. 
1.13. Sertifikat blankalarida quyidagi majburiy rekvizitlar aks ettirilgan bo’lishi 
shart(1- ilova) : 

«depozit 
sertifikati» 
degan 
nom; 

sertifikat raqami va seriyasi; 

depozit 
qo’yilgan 
sana; 

sertifikat bo’yicha summani talab qilib olish sanasi; 

sertifikat 
bilan 
rasmiylashtirilgan depozit miqdori (raqamlar va so’zlar bilan); 

bankning depozit uchun qo’yilgan summani qaytarish va tegishli foizlarni to’lash 
yuzasidan majburiyati; 

depozitdan foydalanish uchun foiz stavkasi; 

to’lanishi lozim bo’lgan foiz summasi (raqamlar va so’zlar bilan); 

bankning 
nomi, 
joylashgan manzili; 

depozit sertifikatida omonatchi-yuridik sha
х
sning nomi va joylashgan manzili; 


3

bank tomonidan sertifikatni imzolash huquqi berilgan ikki nafar mansabdor 
sha
х
sning bank muxri bilan tasdiqlangan imzolari. 
1.14. Sertifikat blankasining matnida yuqorida ko’rsatilgan majburiy rekvizitlardan 
biri ko’rsatilmagan taqdirda sertifikat haqiqiy emas deb hisoblanadi. 

Yüklə 49,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin