Microsoft excel dasturida ishlash


 Ishchi kitobi bilan ishlashning asosiy usullari



Yüklə 363,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix19.04.2023
ölçüsü363,6 Kb.
#100812
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu ms acces muhitida turli so’rovlar yaratish va sql so’rovl

2. Ishchi kitobi bilan ishlashning asosiy usullari. 
 
1. Microsoft Excel ishchi joyini tasvirlash. Ish joyining asosiy elementlari: 
- Sarlavha paneli - hujjat nomidan iborat bo`lib, tepadan birinchi panel. 
Sarlavha panelida hujjatning sistemali menyusi tugmasi va uni boshqarish 
tugmalari mavjud; 
- menyular satri - ikkinchi yo`lak menyular ro`yxatidan iborat bo`lib, 
ularning har biri shaxsiy menyusiga ega. 
Menyuni tanlash - "sichqoncha" kursorini menyular satridagi menyu nomiga 
joylab, chap tugmasi bosiladi.
Rasm. Microsoft Excel jadval muharririning oynasi. 


Har bir menyu vazifalarining tavsifi: 
- "Fayl" menyusi - hujjatlarni hosil qilish, ochish, saqlash va chop etish
Excel dan chiqish; 
- "Taxrir" menyusi - diapazondan voz kechish, o`chirish, nusxa olish, 
joylash, izlash, almashtirish buyruqlari; 
- "Ko`rinish" menyusi - hujjatlarni namoyish etish, uskunalar paneli va 
hujjat tasvirining masshtabini sozlash; 
- "O`rnatish" menyusi - hujjatga katakchalar, varaqlar, grafik tasvirlar va 
diagrammalar joylash; 
- "Format" menyusi- ajratilgan obyektning tashqi ko`rinishini o`zgartirish; 
- "Servis" menyusi - Excel vositasi parametlarini o`zgartirish, berilgan 
hujjatlarning bog`lanish tahlili; 
- "Ma`lumotlar" menyusi - varaqdagi axborotni qayta ishlab chiqish 
buyruqlari; 
- "Oyna" menyusi - ochiq hujjatlar oynalarini tartiblash va oynaga hujjatni 
ko`chirish; 
- "?" menyusi - Excel dasturi bilan ishlash xaqidagi ma`lumotlarni olish; 
- standart uskunalar paneli - Excel ning ko`pchilik eng muhim uskunalarini 
o`z ichiga oladi. Ixtiyoriy uskunani yuklash uskuna belgisida "sichqoncha"ning 
chap tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi; 
- formatlash uskunalari paneli - bunda o`lchamni belgilovchi shrift stilini 
o`zgartiruvchi, shrift turini tanlash imkonini beruvchi uskunalar tugmalaridan 
tashkil topgan. 
Panellar sonini o`zgartirish mumkinligini eslatib o`ting: 
-formulalar satri - ekranda ajratib olingan katakchada mavjud ma`lumotni 
chiqarish; 
- hujjatning ishchi varag`i - ustun va satrlarga biriktirilgan katakchalar 
to`plami; 
- hujjat varaqlarining qismlarini ishchi varaqlar orasiga ko`chirish; 


- satr va ustunlar sarlavhasi - ishchi varaqlarining ajratilgan ustun va satrlari 
sarlavhasini chiqaradi; 
- vaziyat paneli - ekranning eng pastki yo`lagi bo`lib, joriy joyni ko`rsatib 
turadi, bundan tashqari biror menyu yoki buyruq tanlanganda, vaziyat qatorida bu 
buyruq yoki menyu nima ish bajarayotgani haqida ma`lumot hosil bo`ladi. 
Shu bilan birgalikda, ish joyida vertikal yo`laklar mavjud bo`lib, ishchi 
varag`i ustida siljitish uchun hizmat qiladi. Bu yo`lakda "yugurdak" joylashtirilgan, 
vertikal yo`lakda u hujjatning yuqori - pastki qismiga ko`chirish va ishchi 
varag`ining qaysi qismida ishlab turganingizni aniqlash uchun xizmat qiladi. 
Microsoft Excel fayli ishchi kitobi deyiladi. Excel yuklangach, avtomatik ravishda 
yangi ishchi kitobi hosil bo`ladi. Agar Excel yuklangan bo`lsa, u holda uskunalar 
panelidagi mos keluvchi ishchi kitob hosil qilish tugmasi yoki CtrlҚN tugmalari 
birgalikda bosiladi. Agar avval hosil qilingan ishchi kitobini ochish kerak bo`lsa, 
uskunalar panelidagi mos keluvchi tugma yoki (CTRLҚO) tugmalari birgalikda 
bosiladi va fayllar ro`yxatidan keraklisini tanlab, OK ni bosish kerak.

Yüklə 363,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin