Mexnatga haq to’lash shakllari, ish haqi fondi va unung tarkibi


Mexnatga haq to’lash shakllari



Yüklə 442,24 Kb.
səhifə7/39
tarix30.06.2022
ölçüsü442,24 Kb.
#62549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
Mehnatga haq to

1.2. Mexnatga haq to’lash shakllari
Kishining mehnat faoliyati turli-tuman bo`lganligi uchun, uning mehnatiga haq to`lash ham turlicha shakllarda namoyon bo`ladi. Ish haqining ikki shakli qabul qilingan:

  • ishbay haq to`lash;

  • vaqtbay haq to`lash.


Mehnatga ishbay haq to`lash – xodimlarning haqiqatda bajargan ishi yoki yetishtirgan mahsulotiga to`lanadigan ish haqidan iborat. Ishbay haq to`lash bajariladigan ishga yoki mahsulotga me’yor belgilash imkoniyati bo`lgan va uni aniq hisobga olish mumkin bo`lganda keng qo`llaniladi. Ish haqi to`lashning bu shakli xodimlarni ishni bajarishdagi moddiy manfaatdorligini ta’minlovchi asosiy omillaridan hisoblanadi.
Vaqtbay haq to`lash bu xodimlarning sarflangan ish vaqti, ya’ni soat, smena, kun uchun to`lanadigan ish haqidan iborat. Mehnatga haq ishlab chiqarishda qatnashayotgan xodimlar soniga yoki bajarilgan ish, yetishtirilgan mahsulot uchun to`lanishi mumkin. Ishlab chiqarishda qatnashayotgan xodimlar soniga ish haqi yakka tartibda yoki mayda guruh, guruh tartibida bo`lishi mumkin. U yoki bu haq to`lash tartibini qo`llash, ekin turlari, mahsulot yetishtirish texnologiyasi, mehnat jarayonining shu jarayon pirovad oqibat natijasi bilan qanchalik bog`langanligiga, ya’ni mehnat taqsimoti va mehnat kooperatsiyasi qanchalik darajaga yetganligiga bog`liq. Bundan tashqari mehnatga haq to`lash o`z vazifasiga ko`ra:
- asosiy ish haqi to`lashga;
- qo`shimcha haq to`lashga bo`linadi.


Asosiy ish haqi –agrotexnika, zootexnika hamda tashkiliy xo`jaligi talablariga ko`ra, belgilangan ish, mahsulot yetishtirish me’yorini bajarganligi uchun oldindan belgilab qo`yilgan stavka yoki rassenka, lavozim okladi to`lanadigan ish haqidan iborat. Bu kafolatlangan ish haqini tashkil qiladi.

Qo`shimcha ish haqi – qo`shimcha mehnat sarf qilish, ish jarayonlarini takomillashtirish orqali qo`shimcha yetishtirilgan mahsulot yoki yuqori sifatli mahsulot hamda shu mahsulotlarni yetishtirish uchun xarajatlarni tejash evaziga to`lanadigan ish haqidir. Qo`shimcha ish haqi natural va pul holida to`lanishi mumkin. Qo`shimcha ish haqining hajmi juda katta bo`lmasligi kerak. Aks holda u asosiy ish haqini ahamiyati va rolini keskin kamaytiradi.
Mehnatga haq to`lashning ham asosiy, ham qo`shimcha turlari juda ko`p ko`rinishda bo`lganligi sababli oqilona foydalanish uchun ular ma’lum tizimda qo`llaniladi.
Mehnatga haq to`lash tizimi – o`zaro bog`langan, bir maqsadga qaratilgan, bir-birini to`ldiruvchi turli haq to`lash shakllarining o`zaro yig`indisidir.
Ishbay haq to`lash tizimlariga:
- oddiy chegaralanmagan ishbay tizimi;
- ishbay progressiv tizim;
- ishbay mukofot tizimi;
- akkord mukofot tizimi.
Mehnatga haq to`lashni oddiy chegaralanmagan tizimida xodimlarga ish haqi mehnat me’yorining bajarilish darajasidan qat’i nazar o`zgarmagan stavka va rassenkalarda to`lanib boriladi. Masalan, paxtani qo`lda terishni olsak, me’yor 60 kg. Belgilangan, ish tarif jadvalining IV razryadi bo`yicha ta’riflashtirilgan bo`lsa, 1 kg paxta uchun 25 so`m to`lash kerak bo`ladi. Bunda ishchiga me’yorni bajarish va bajarmasligidan qat’iy nazar (ya’ni qancha paxta terishidan qat’i nazar) har bir kilogramm tergan paxtasi uchun 25 so`m haq to`lanib borilaveradi.

Ishbay progressiv tizimda me’yordan ortiq bajarilgan ish yoki yetishtirilgan mahsulot uchun progressiv ortib boruvchi stavka yoki rassenka bo`yicha haq to`lanadi. Masalan, paxtani qo`lda teruvchi xodimlarga me’yor chegarasidagi ish uchun 1 kg -25 so`m bo`lsa, 60-80 kg-gacha 30 so`m, 80-100 kg 35 so`m va h.k. tartibda haq to`lab boriladi yoki me’yordan ortiq bajarilgan ish, yetishtirilgan mahsulotning har 1 foizi uchun ish haqi stavkasi yoki rassenkasi ma’lum foizga ortib borishimumkin.



Yüklə 442,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin