Mexnat muxofazasi bo'yicha o'zbekiston respublikasining mehnat kodeksi haqida



Yüklə 77,29 Kb.
səhifə1/9
tarix28.12.2023
ölçüsü77,29 Kb.
#200985
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
MEXNAT MUXOFAZASI BO\'YICHA O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MEHNAT KODEKSI HAQIDA


MEXNAT MUXOFAZASI BO'YICHA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MEHNAT KODEKSI HAQIDA

Reja:



1.Yo’riqnomalar o’tkazish va bilimlarni tekshirish.
2.Mehnat muhofazasi xonasi.
3.Korxonalarda mehnat muxofazasiga oid ishlarni tashkil qilish.
4.Mehnat muhofazasiga doir tadbirlarni rejalashtirish va mablag’ bilan taminlash.


1. Yo’riqnomalar o’tkazish va bilimlarni tekshirish

Mehnat muhofazasiga o’qitishni tashkil qilish va bilimlarni tekshirish bo’yicha namunaviy nizomda (№ 272, 14.08.1996) barcha korxona, tashkilot, muassasa, institut, ilmiy-tadqikot tashkilotlari, birlashma, assosiasiya, korpoorasiya, xolding, tarmoq, vazirlik va boshqa mulk shaklidan qat’iy nazar malaka talablari hajmida ishchilar, rahbarlar, mutaxassislar, muhandis-texnik xodimlar uchun mehnat muhofazasidan bilimlarni majburiy nazorat qilish tartibi belgilangan.


Korxonaga ishga kirayotgan har bir xodimga xavfli ish usullari bo’yicha yo’riqnoma, maxsus malaka olgandan va bilimi tekshirilgandan keyin mustaqil ishlashga ro’xsat beriladi. Bug’ va issiqlik qozonlari, yuk ko’tarish kranlari, bosim ostida ishlovchi idishlar, elektr uskunalari, maxsus uskunalar kabi xavfli ishlarda ishlovchilarga maxsus o’kuv kurslarini bitirganlari xaqida hujjatlari bo’lsagina ishlashga ruxsat beriladi. Xodimlarni xavfsiz ish usullariga o’qitish va ularni to’g’ri tashkil qilish bo’yicha umumiy rahbarlik hamda javobgarlik korxona rahbarlariga va boshqaruv tashkilotlariga yuklanadi. Sexlarda, bo’limlarda ishchilarni va ustalarni xavfsiz ish usullariga o’rgatish shu sex hamda bo’lim rahbarlariga, shuningdek, o’z vaqtida va sifatli o’qitishni nazorat qilish esa mehnat muhofazasi bo’limlari zimmasiga yuklatiladi.
Ishchilar bilan yo’riqnoma o’tkazish. Yo’riqnomalar ikki xil bo’ladi: kirish va ish joyida o’tkaziladigan yo’riqnoma. O’z navbatida ish joyida o’tkaziladigan yo’riqnoma 3 xil bo’ladi: dastlabki, davriy va navbatdan tashqari.

Yüklə 77,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin