34
Shovush Amudaryoni pastki uchastkasida sovuq (manfiy harorat) bo‘lganda
juda ko‘p vujudga keladi, bunda suv toshib dalalarni, qishloqlarni bosgan paytlari
ko‘p bo‘lgan.
Tiqilishga misol qilib Amudaryoni Chorjo‘y qo‘prigiga kelib tiqilgan muzlarni,
suv toshib Chorjo‘y shahrini bosganini aytib o‘tish mumkin.
Muzning zarbasi
inshootlarning mexanik jihozlari, zichlagichlari, ustun va yon devorlari, energiya
so‘ndirgichlarini shikastlantirishi mumkin. Muz va mayda muzlarining mavjudligi
toshqin suvlarini xavfsiz o‘tkazishni, baliqlarni himoyalovchi
inshootlarni ishini
qiyinlashtiradi.
Past harorat
to‘g‘onlar drenaj qurilmalarini qisman yoki batomom muzlashiga,
qiyaliklarida yoriqlar hosil bo‘lishiga, zichlagichlarni ochilishiga, quvurlarni
muzlashiga, gil tuproqni shishib chiqishiga olib kelishi mumkin. Bulardan tashqari
mexanik jihozlarni moylari qotib qoladi, panjaralar, zatvorlar yurish yo‘l (paz) lari
va zichlagichlari muzlab qoladi, sun’iy materiallar - plastmassa,
polietilin,
rezinalarning mustahkamlik va elastik hususiyatlari pasayadi.
Yuqori xarorat
beton va jihozlarning metall qisimlarini kengay- ishiga olib
keladi, shikastlantiradi, mikroyoriqlar hosil qiladi. Juda katta haroratda moylash
materiallari oqib chiqib ketadi, qiyalaklarni mustaxkamlovchi plitalar choklaridagi
bitum yumshab chiqib ketadi va h.k va sh.o‘.
Atmosfera yog‘ingarchiligi
uzoq muddat va ko‘p miqdorda bo‘lsa suv
omborlarini to‘ldirib, toshishiga, natijada to‘g‘onni yuvilishiga olib kelishi mumkin.
1968 yil 27-28 apreldagi yog‘ingarchilik va sel Toshkent suv omborini to‘ldirib
yuborgan, xavfni oldini olish maqsadida favqulodda suv tashlamadan 300 m
3
/s suv
tashlangan, bu suv yo‘ldagi yog‘ingarchilik va sel suvlari bilan bilan qo‘shilib 500
m
3
/s miqdorida Oqqo‘rg‘on gidrouzeli oldida to‘plangan, so‘ng himoya dambalarini
yuvib ketgan.
Ko‘p miqdordagi yomg‘ir to‘g‘onlarni pastki qiyaligini egat shaklida yuvib
ketishi, buzushi, yomg‘irni yig‘ib tushirib yuboridigan novlarni buzushi mumkin.
Manfiy haroratda qor bilan yomg‘ir
inshootlarni muzlatib, ishlatishni
qiyinlashtiradi.
Shamol va to‘zonlar
ba’zi holatlarda, respublikamiz sharoitida inshootlarni qum
bostirmoqda, yuk ko‘targich jihozlarni ishdan chiqarmoqda. Bunday qum bosish
holatlari Qarshi magistral kanali nasos stansiyalari kaskadida, Xorazm viloyati
Divanko‘l kollektorida, Buxoro viloyatining GVST kollektorlarida kuzatilgan.
To‘zonlar zatvorlarini ko‘targichlari moyini qotirib, ko‘targichlarni ishlashishini
cheklab qo‘ygan holatlar ko‘p o‘chraydi.
Quyosh radiatsiyasi
qorlarni erishini tezlashtirib toshqin bo‘lishiga olib keladi,
rezina materiallari, plastmassa va boshqa sun’iy materiallarga salbiy ta’sir o‘tkazadi.
35
Seysmik ta’sirlar
yer qimirlash balliga bog‘liq
ravishda gidrotexnika
inshootlarini to‘lig‘icha buzulishiga olib kelishi mumkin. Kichik balli yer
silkinishlarida inshootlar elementlarida yoriqlar hosil bo‘ladi, zatvorlar qiyshayib
yurmaydigan bo‘lib qoladi, choklar zichlagichlari joyidan chiqib ketadi, drenaj
tizimlar konstruksiyalari buzuladi va x.k. va sh.o‘.
Inshoot va asosning bir-biricha o‘zaro ta’sirida
suv omborini to‘lish darajasiga
qarab zo‘riqish holati,
egiluvchanlik moduli, asos, qirg‘oqning geologik tuzilishi
o‘zgaradi. Kuchsiz asoslarda, ba’zi holatlarda, inshoot elementlarining notekis
cho‘kishi vujudga keladi. Bu beton (grunt) to‘g‘onlar
tanasida yoriqlar hosil
bo‘lishiga, ularning suvni sizib o‘tishiga qarshi qurilmalarini buzulishiga, yo‘l
qo‘yib bo‘lmaydigan darajada suvning sizib chiqishiga, yoxud inshootning
turg‘unligini yo‘qolishiga olib keladi. Ba’zi holatlarda zatvorlar qiyshayib qoladi.
Yuqorida gidrotexnika inshootlariga bo‘ladigan asosiy ta’sirlar va ularning
oqibatlari sanab o‘tildi, bunday holatlar inshootlarini ishlatishda judayam ko‘p
kuzatilishi mumkin.
Gidrotexnika inshootlariga berilayotgan ko‘pchilik ta’sirlar
ekspluatatsiya
xizmatidan o‘z vaqtida texnik qarov (ekspluatatsion tadbirlar), inshootlarni texnik
kuzatish, ta’mirlash ishlarini o‘tkazishni talab qiladi. Shu ishlar amalga oshirilsa
inshootlarning ishonchli ishlashi ta’minlanadi.
Gidrotexnika inshootlarining xizmat muddatlari
1.1-jadval
Dostları ilə paylaş: