Mexaniqa-mashinasozlik fakulteti



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə1/15
tarix03.06.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#124421
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
ISMOIL 2022 й Машиналар пухталиги ЛАБАРАТОРИЯ Автосохраненный


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI


MEXANIQA-MASHINASOZLIK FAKULTETI


«TEXNOLOGIK MASHINALAR VA JIHOZLAR» KAFEDRASI


«MASHINALAR PUXTALIGI VA KORROZIYADAN HIMOYALASH»
FANIDAN

LABORATORIYA MASHG’ULOTLAR


BAJARISH UCHUN USLUBIY KO`RSATMALAR
FARG`ONA- 2023
Mazkur uslubiy qo`llanma «TMJ» kafedrasi o`quv-uslubiy seminarining
2023 yil “____” ___________kunidagi ____-sonli yig`ilishida muxokama qilindi va fakultet ilmiy-uslubiy Kengashiga ko`rib chiqish uchun tavsiya etildi.
Kafedra mudiri: __________ Tojiyev R.J. «___» ________ 2023yil

Mazkur uslubiy qo`llanma Farg`ona politexnika instituti “Mexaniqa-mashinasozlik” fakulteti Uslubiy Kengashining 2023 yil “___ ” _________ - son majlisida muhokama etildi va ma’qullandi, hamda institut ilmiy - uslubiy Kengashiga ko`rib chiqish va nashr etish uchun tavsiya etildi.




Fakultet Kengash raisi: __________ Y. Xusanov «__» _________ 2023yil
(imzo)

FarPI O`quv-uslubiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan va nashr etishga tavsiya etilgan. Bayon № “____” “___” _________2023 yil.


Mualliflar:
TMJ kafedrasi assistenti I.L. Xalilov.
TMJ kafedrasi assistenti A.A. Mo‘ydinov.
Taqrizchi “Tatbiqiy mexaniqa”
kafedrasi dotsenti Y. Mirzaxonov

1 - Laboratoriya ishi

(2 soat)

I.Ishning nomi: Texnologik mashinalar va elektrodvigatelni beton zaminiga moslashtirish.




Ishdan maqsad: kompressorni beton zaminga o‘rnatish, kamar uzatmali yoki muftali birikmali elektrodvigatelni o‘rnatish, kompressor va elektrodvigatelni o‘zaro joylanilishini tekshirish.

Ishni o‘tkazishdan oldin o‘quv qo‘llanmadan dastgohlarni o‘rnatish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganish. Laboratoriya ishni o‘tkazish uchun quyidagilar lozim bo‘ladi: kompressor va elektrodvigatelni maxkamlash uchun maxsus boltlar o‘rnatilgan beton zamin, o‘rtacha ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan kompressor, ushbu kompressorga mos elektrodvigatel, qo‘l yuk ko‘tarish vositasi (tal), uch sharnirli birikmali moslama (57 x 3.5 yoki 76 x 3.5 mm diametrli po‘lat quvirli), ilmoqli po‘lat arqonlar (troslar). Bundan tashqari tagliklar to‘plami xar bir to‘plamda to‘rtadan, ularning xar birining qalinligi 1.5 mm, eni 60 mm, uzunligi 200 mm, to‘plamlar soni zamin boltlaridan 2 barobar ortiq va o‘zi 0.1-0.5 mm qalinlikka ega bo‘lgan metall zardan (polga) yasalgan shup qalinlikni o‘zgartirish uchun ponali moslamalar to‘plami to‘plamda 2 tadan moslama, to‘plamlar soni, zamin boltlaridan 2 barobar ortiq, o‘lchami 160x50 mm, yuzasi 10:1 burchakka og‘ma qilib ishlangan, satxni tekshiruvchi moslama (shayton), moyli idish, bolg‘acha, tekshirish chizg‘ichi, 3-5 mm diametrli simdan yasalgan ko‘rsatkich (strelka)li 2 x 15 mm o‘lchamli yog‘och bruslar, aylanma o‘qining ko‘ndalang va bo‘ylama siljishni o‘lchaydigan moslamalar.


Xozirgi davrda sovitish mashinalari agregat (yoyma) shaklda ishlab chiqarilmoqda, bu esa o‘z navbatida o‘rnatish ishlarini osonlashtiradi.
Ba’zi ta’mirlash ishlari o‘tkazilgandan so‘ng kompressor va elektrodvigatelni o‘zaro to‘g‘ri o‘rnatish katta axamiyatga ega.
Bu esa o‘z navbatida mashinani uzoq vaqt ishlashi va ishchi qismlarning
yemirilishiga ta’sir ko‘rsatadi.



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin