Mexanik pilla chuvish dastgohlari. Pilla chuvish avtomatlari



Yüklə 366,47 Kb.
səhifə1/4
tarix14.04.2023
ölçüsü366,47 Kb.
#97811
  1   2   3   4
5-Mexanik pilla chuvish dastgohlari


Mexanik pilla chuvish dastgohlari. Pilla chuvish avtomatlari


Mexanik pilla chuvish dastgohi (KMS-10, KS-10VU, KS-10)
KMS-8-VU мeхаnik pillа chuvish dаstgоhiga keltirilgan pillalarni pilla qobig’i tarkibidagi seritsin moddasini yumshatish va uchlarini topish uchun pishirish qozonida pishirilib olinadi. Pishirish uchun pillalar avval sovuq keyin issiq harorati 98-100oC li suvda ishlov beriladi. So‘ngra chyotkalar ishga tushirilib texnologik kartada ko‘rsatilgan rejim bo‘yicha ishlanadi. Pishirish chyotkasi xarakati to‘xtagach ko‘tariladi va undagi yopishgan pillalarni loslari ajratib ishchi qo‘lida ushlab olinadi. Loslari olingan pillalar suzgich yordamida oval tozga o‘tkazilib, silkitib uchi topiladi. Uchli pillalar chuvish qozoniga uzatiladi va bu yerda pillalarni chuvish texnologik kartada keltirilgan ish rejimlarini inobatga olgan holda zapravka qilinadi. Birinchi marta ishchi qo‘lida ilgich tagiga yettita - sakkizta pilla tashlab, dastasi hosil qilinib, sim bilan ilgichdan o‘tkaziladi va chirmov hosil qilinadi. Chirmov qilishdan maqsad iplarni bir-biriga yopishtirib, mayda nuqsonlarni yo‘qotadi, ortiqcha namlikni siqish orqali ketkazadi. So‘ng yo‘naltiruvchi roliklardan o‘tkazib, taxlagich ko‘zchasidan o‘tkazib, iplarni charxga boylanadi va ishga tushiriladi. Charxga o‘ralgan xom ipaklarni namligi quritish shkafi bug’ trubalari orqali quritiladi.
- bug’lash qozonidan, yakka uchini topish qozonidan, chuvish tozidan, ilgich, yo‘naltiruvchi blachoklardan, yig`ish uskunasidan iborat. Mexanik pilla chuvish dastgohida xom-ipakning chiziqli zichligi dasta tagidagi pillalar doimiyligi bilan rostlab turiladi (2.9-rasm).

2.9- rasm. KMS-10VU mexanik pilla chuvish dastgohi:
1-chuvish tozi; 2-pishirish іozoni; 3- ilgich; 4-іuritish shkafi; 5- yo‘naltiruvchi rolik; 6-charx; 7-kolorifer trubalari.
Ikkinchi turdagi mexanik pilla chuvish dastgohlari bug’lash, yakka uchini topish, chuvish bir dastgohda bо’lib, xom ipakni yig’ish moslamasi alohida shkafga о’rnatilgan bо’ladi. Ushbu shkaf asosiy chuvish qismidan 1 metr oraliqda joylashtirilgan. Bunday konstruksiya ipakni yaxshi qurishiga imkoniyat yaratadi (2.10-rasm).


Yüklə 366,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin