o ‘lchash yoki voltmetr yordamida ikki kuchlanish orasidagi farqni
o ‘lchashni olish mumkin, bunda kuchlanishlardan biri juda yuqori
49
2.2-rasm. Elektr qarshiligini muvozanatlash usulida o‘lchash.
2.3-rasm. Qarshiliklar magazini yordamida tekshirilayotgan rezistorning
qarshiligini topish.
aniqlikda m a’lum, ikkinchisi esa izlanayotgan kattalik hisob
lanadi:
DU = U0 - U
x;
Ux = U0 - DU.
(2.11)
Ux
bilan U0 qanchalik yaqin bo‘lsa, o ‘lchash natijasi ham shun-
chalik aniq bo‘ladi.
Nolga keltirish usuli o ‘lchov bilan taqqoslash usulining bir turi
hisoblanadi. Bunda kattalikning taqqoslash asbobiga ta’siri nati-
jasini nolga keltirish lozim bo‘ladi. Masalan, elektr qarshiligini qar-
shiliklar ko‘prigi bilan to‘la muvozanatlashtirib o ‘lchash (2.2-rasm).
Almashlash usuli — o ‘lchov bilan taqqoslash usulining turi hisob-
lanib, o ‘lchanayotgan kattalikning o ‘lchov orqali yaratilgan ma’lum
qiymatli kattalik bilan o ‘rin almashishiga asoslangan. Misol uchun,
o ‘lchanadigan massa bilan tarozi toshini bir pallaga galma-gal qo‘yib
o ‘lchash yoki qarshiliklar magazini yordamida tekshirilayotgan
rezistorning qarshiligini topish (2.3-rasm).
50
Bunda «К» ni ikkala holatda (1, 2) qo‘yganda a 1= a 2 shart
bajarilishi kerak:
Mos kelish usuli — o ‘lchov bilan taqqoslash usulining turi.
O‘lchanayotgan kattalik bilan o ‘lchov orqali yaratilgan kattalikning
ayirmasini shkaladagi belgilar yoki davriy signallarni mos keltirish
Dostları ilə paylaş: |