Metodik uyushmaga rahbarlik qilish Tayanch tushunchalar


Pedagogik kengash mavzusi maktabgacha ta’lim muassasasi yillik ish rejasida aniqlanadi, kerak bo’lganda unga qo’shimchalar va aniqliklar kiritilishi mumkin



Yüklə 25,46 Kb.
səhifə2/6
tarix21.10.2022
ölçüsü25,46 Kb.
#65687
1   2   3   4   5   6
Metodik uyushmaga rahbarlik qilish Tayanch tushunchalar

Pedagogik kengash mavzusi maktabgacha ta’lim muassasasi yillik ish rejasida aniqlanadi, kerak bo’lganda unga qo’shimchalar va aniqliklar kiritilishi mumkin.
Kun tartibidagi asosiy masala pedagoglarning ish natijalari hisoblanadi:
Bolalar taraqqiyoti darajasi, ularning salomatligi; pedagog va ota- onalarning hamkorlikda olib boradigan ishlari- shular jumlasidandir.
Pedagogik kengash tashkillashtirilish shartli ravishda quyidagicha bo’lish mumkin.
Tashkillashtirilishiga ko’ra
a) an’anaviy pedagogik kengash:
bu pedagogik kengash aniq kun tartibiga ega bo’lib, hamma masalalarni reglamentga rioya qilgan holda hal qilinadi, ular bo’yicha qarorlar chiqariladi.
b) pedagoglarni faollashtiruvchi alohida usullardan foydalangan holda o’tkaziladigan noan’anaviy pedagogik kengash.
Bunda pedagogik kengash o’tkazishda rais hamma ishtirokchilarga turli usullarni taklif etishi mumkin., masalan, vaziyatga kura vaziyatli masalani yechishi yoki “o’yin”tarzida o’tishi mumkin.
Ishchanlik o’yinlari, konferensiya tarzida o’tish mumkin. Bunday pedagogik kengashni tayyorlashda alohida ssenariylar, ishtirokchilarni guruhlarga bo’lish va rollarni aniqlab o’tkazish mumkin. Biroq shuni ta’kidlash lozimki, turli ko’rinishdagi pedagogik kengashning yakunida jamoa ishini takomillashtirish bo’yicha qarorlar qabul qilinishi shart.
Maqsadiga ko’ra:
a) Reja asosida o’tkaziladigan pedagogik kengash;
b) yakuniy pedagogik kengash:
v) navbatdan tashqari pedagogik kengash.
Maktabgacha ta’lim muassasasi ishini to’g’ri tashkil etishda majburiy shart- sharoitlardan biri- bu jamoaviy rahbarlik va har bir xodimning o’z ishiga mas’uliyatidir. Yig’ilishda xulosa chiqarish davrida pedagoglar ta’lim-tarbiyaviy jarayonni takomillashtirish, tarbiyachilarning attestatsiyasida, tajriba-sinov ishlarining tashkil etish bo’yicha bitta qarorga keladilar. Pedagogik kengashda muassasa taraqqiyoti rejalari aniqlanadi. Pedagogik kengashning moddiy- texnika ta’minotini muassasa rahbari ta’minlaydi. Muassasaning pedagogik tarkibi 3 nafardan kam bo’lmagan taqdirda pedagogik kengash tashkil etilmaydi. Pedagogik kengash qarorlari jamoaning har bir a’zosi tomonidan ijro etilishi lozim. Qarorlarning ijrosi mas’ul xodimlar tomonidan nazorat qilinadi, shuning uchun bu qarorlar tushunarli, mas’ullar belgilanishi va ijro muddati belgilangan bo’lishi kerak.
Pedagogik kengash qaysi shaklda o’tkazilishidan qat’iy nazar albatta qaror chiqarilishi shart. Qarorlar pedagogik kengash baynnomalarida qayd qilinadi, ularni qayd qilinishi aniq talablar asosida olib boriladi.
Ko’pincha quyidagicha savol beriladi: Har bir pedagogik kengashda nechta qaror qabul qilinadi? Bu kun tartibiga qo’yiladigan masalalar soniga bog’liq. Qarorlar aniq, mas’ullar belgilangan, muddati belgilangan bo’lishi lozim. Har bir pedagogik kengash oldingi pedagogik kengash qarorlarining ijrosi haqidagi ma’lumot bilan boshlanadi. Pedagogik kengash qaroridan norozi bo’lgan kengash a’zosi ushbu qarorni tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limi muhokamasiga qo’yishi mumkin. Har bir maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik kengash bayonnomasi olib boriladi.U XTVning 2005 yil 23 apreldagi “Maktabgacha ta’lim muassasalari ish hujjatlari to’g’risida”gi 96 – sonli buyrug’i asosida olib boriladi va uni olib borishda va yuritishda bir qator aniq talablar qo’yiladi. Pedagogik kengash bayonnomasi daftari davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun (shahar) xalq ta’limi bo’limi tomonidan, nodavlat ta’lim muassasalari uchun ta’sischi tomonidan tikilgan, raqamlangan, muhrlangan bo’lishi kerak. Bayonnoma daftarida ishtirok etganlar va ishtirok etmaganlar soni ko’rsatiladi. Kun tartibi aniq yoziladi. Taklif va kamchiliklar, qarorlar har bir masaladan keyin yoritiladi. Har bir bayyonnoma rais va kotiba tomonidan imzolanadi. Pedagogik kengash bayonnomasi har o’quv yili boshida yangidan raqamlanadi.
Pedagogik kengash jamoani bir fikrga kelishida yordam beradi, o’z pedagog nuqtai nazarini tahlil qilishda va baholashda sharoit yaratadi, ilg’or amaliyotni hayotga tadbiq etish tamoyillariga rioya qilishga harakat qiladi.
Pedagogik kengash boshqaruv tashkiloti, uning qarorlari amalga oshirilishi va ular bolalar bilan ishlashni yaxshilanishiga ta’sir etadigan bo’lishi uchun har bir yig’ilishga barcha xodimlar sidqidildan tayyorlanishlari, o’z faoliyatlariga tanqidiy qaray bilishlari, pedagogik kengashga qilingan tahlil asosida xulosalar bilan kelishlari lozim. (bolalar bilan ishlashda nimalarga erishiladi va bu kamchiliklarni qanday to’g’rilash mumkin.)
Uslubchi va mudira pedagoglarga o’z bilimlarining natijalarini taqqoslashga, malaka va ko’nikmalarini dastur talablariga mosligini ifodalashga, ishda asosiy yo’nalishni topishga o’rganadi.
Tajribali pedagogga diagnostik xaritani yoki o’z-o’zini tahlil qiladigan savolnomani, boshlayotgan mutaxassisga bilim, malaka va ko’nikmani aniqlaydigan uslubni tavsiya qilish kifoya. Muassasa rahbari va uslubchi tashkiliy daqiqalarni to’g’ri rejalashtirishlari lozim.
Oldindan metodik xonada muhokama qilinayotgan mavzu bo’yicha adabiyotlardan ko’rgazma tashkil etiladi, ilg’or pedagoglarning ish tajribalarini yorituvchi hujjatlar (qo’llanmalar, matnlar, bolalar bilan olib borilayotgan ish rejalari) taklif etiladi. Tarbiyachilarga topshiriqlar beriladi. Masalan: Guruhingizdagi bolalardagi o’z-o’ziga xizmat malakalarini baholab, shartli ravishda 3 guruhga:

  • turg’un malakali bolalar

  • qisman shakllangan, ammo noturg’un malakali bolalar

  • u yoki bu ko’nikmalar umuman bo’lmagan bolalar.

Bunday darajadagi turli- tumanlilikni belgilovchi sabablarni izohlang, ikkinchi va uchinchi guruhga kiruvchi bolalar bilan ishlash tartibini izohlab bering.
Bunday topshiriqlar pedagogik kengashda ijodiy xulosa chiqarish va izlanishlarni talab etadi.Metodist pedagogik kengashning har-bir mavzusini chuqur o’rganib chiqadi (pedagoglarni faollashtiruvchi tomonlarni o’ylab topadi.)
Pedagogik kengashni tayyorlashda asosiy shart- sharoitlardan biri- bu ko’rib chiqiladigan masalalarning dolzarbligidir. Pedagogik kengashlar yangi pedagogik texnologiyalar, mualliflik ishlanmalardan iborat bo’lishi mumkin. Shuning uchun oldingi zerikarli ma’ruzalar orqada qolib ketdi. Umuman nazariy ma’ruzalar va axborotlarni boshqa ish shakllariga, masalan, nazariy seminarlarga kiritish mumkin.
Pedagogik kengashda muhokama qilingan mavzular aniq va tarbiyachilarga yaqin bo’lishi kerak. Bir qancha savollarni tayyorlab qo’yish va pedagoglarga ularni ballarda baholash taklif etilishi mumkin, bu rahbarga eng dolzarb, ko’pchilikni qiziqtiradigan savollar bo’lishi va ular pedagogik kengashning kun tartibiga kiritish mumkin. (1 jadval).

Pedagogik kengashda muhokama qilinadigan masalalar ro’yxati

Juda qiziq

Juda qiziq va dolzarb

E’tiroz bildirmayman

Qiziq
emas, dolzarb emas

E’tiroz bildiraman

1.

3ball

3 ball

2 ball

1ball

0 ball

Bunday jadval o’quv yili uchun dolzarb masalalarni tanlashga yordam beradi. Ta’lim- tarbiya muammosi har bir pedagogik kengashda muhokama qilinishi mumkin.


Mavzuni aniqlagach, pedagogik kengashga tayyorgarlikni olib borish mumkin. Bunda ishchi guruhni tashkil qilish lozim, chunki u pedagogik kengash shaklini o’ylashga, joylarni jihozlashga, o’rganish uchun adabiyotlarni tuzishga yordam beradi. Uslubiy xonada
“Pedagogik kengashga tayyorlanayapmiz” mavzusida ko’rgazma tayyorlash mumkin.Bunda ish tajribalarini, qo’llanmalarni tavsiya qilish mumkin. To’liq kun tartibi, muhokama qilinadigan mavzular pedagogik kengashdan 2-3 hafta oldin e’lon qilinadi. Pedagogik kengashning natijasi aynan unga qanday tayyorgarlik ko’rishga bog’liq.

Yüklə 25,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin