Maktabgacha talim tashkiloti qisqa muddatli guruhida yozgi sog’lomlashtirish davrining
TAXMINIY KUN TARTIBI
8 00 _ 8 30
Ochiq havo (ayvonchada) bolalarni qabul qilish, ertalabki filtr
8.30 - 9.00
Bolalar bilan suxbat, Ochiq havoda ertalabki badantarbiya
9 00 _ 9 30
Nonushtaga tayyorgarlik, nonushta
9.30 - 11.00
Rejalashtirilgan tadbirlar (rivojlantiruvchi markazlarda ta'limiy-tarbiyaviy faoliyat, umumiy guruhlarda
mashg'ulotlar, ochiq havoda o'yinlar, ko'ngiolochar tadbirlar)
11.00 -1135
Chiniqtirish tadbirlari (qumda o'ynash, yalangoyoq o'tda yurish, suv bilan o 'yinlar)
11.35 -12.00
Ota-onalar bilan suhbat. Bolalarni uyga kuzatish
Izoh: kun tartibi maktabgacha ta'lim tashkilotining ichki imkoniyati, shart-sharoiti va har bir guruhning yosh xususiyatini inobatga olgan holda tuziladi.
Guruhlar
Chiniqtirish tadbirlari
Vaqti
qisqa guruhlar uchun
Havo vannasi
Quyosh vannasi
Basseynda cho'milish
G'adir-budur yo'lakchalarda yurish
Kun davomida
10.00-11.00 gacha
10 daqiqa Tashkilot jadvaliga ko'ra
25 daqiqa Kunduzgi uyquga yotishdan avval
15 daqiqa
Chiniqtirish tadbirlari
Yoz davrning muhim sanalari
1 iyun
Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni (1949)
5 iyun
Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni (1972)
Iyun
Yengil sanoat xodimlari kuni (har yili iyun oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi)
16 iyun
Butunjahon bolalar futboli kuni
Iyun
Olimpiya yugurish kuni (har yili iyun oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi)
23 iyun
Xalqaro Olimpiada kuni
27 iyun
O'zbekiston Matbuot va OAVlari xodimlari kuni (1993)
1 Iyul
O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasi - so'm muomalaga kiritilgan kun (1994)
1 iyul
Butunjahon me'morlar kuni
2 iyul
O'zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilingan kun
11 iyul
Butunjahon xalqlari kuni (1989)
14 iyul
Xalqaro Baliqchilar kuni (har yili Iyuloyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi)
20 iyul
Butunjahon shaxmat kuni
20-21 iyul
Imom al-Buxoriy kuni
Avgust
Mahallalar kuni (har yili avgust oyining birinchi shanbasida nishonlanadi)
Avgust
Fizkulturachilar kuni (har yili avgust oyining ikkinchi shanbasida nishonlanadi)
Avgust
Temiryo'lchilar kuni (1936) (har yili avgust oyining ikkinchi yakshanbasi)
Avgust
“O'zbekiston - Vatanim manim” qo'shiq bayrami kuni (1996) (har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi)
Avgust
O'zbekiston Respublikasining Havo floti kuni (1995) (har yili avgust oyining 3-yakshanbasida nishonlanadi)
Ns
Sog'lamlashtirish shakl va metodlari
Mazmuni
1
Sog'lom turmush tarzini yaratish
Yengillashtirilgan rejim
Moslashtirilgan rejim
Yoz davrida guruh hayotini o'ziga xos tarzda tashkil etish.
Ichimlik rejimiga rioya qilish
2
Jismoniy mashq
Ertalabki badantarbiya
Jismoniy tarbiya va sog'lomlashtirish mashg'ulotlari, mashqlar, ko'ngilochar o'yinlar
Harakatli va ta'limiy o'yinlar
Profilaktika gimnastikalari (qomatni tik tutish, yassi oyoqlikni oldini olish, ko'rish qobiliyatini yaxshilash va h.o.)
Sport o'yinlari
Jismoniy va dam olish daqiqalari
3
Gigiyenik va suv muolajalari
Yuvinish.
Qo'llarni tirsakkacha yuvish
Suv va qum bilan o'yinlar
4
Havo vannasi
Xonalarni shamollatish (elvizak)
Derazalar ochiq holda uxlash
Kuniga 2 marta toza havoda sayr qilish
Harorat rejimini ta'minlash
5
Faol dam olish
O'yin-kulgi va bayramlar
Qiziqarli o'yinlar
Salomatlik kunlari
MTT hududi va undan tashqarida sayr va sayohatlar
6
Musiqa terapiyasi
Kun davomidagi tadbirlarni musiqa va qo' shiqlar jo'rligida tashkillashtirish
Musiqa ostida o'yin, mashq,
ko'ngilochar tabdirlarni olib borish
Yoz davrida musiqiy va teatrlashtirilgan faoliyat
7
Autotrening va psixogimnastika (ruhiy xotirjamlikni saqlash)
1. Hissiy sohani rivojlantirish uchun o'yin va mashqlar
Asab tarangligini yumshatuvchi o'yin- treninglar
Psixogimnastika
O'z-o'zini massaj qilish o'yini
Nafas olish va barmoq mashqlari
8
Chiniqtirish
Hovli va o'yin maydonchasida yalangoyoq yurish
O'yinli massaj
Guruhda mashq yo'lagi (tugmali, g'adir-budur, tuzli, yormali, halqachali, to'siqli)
Hovli va maydonchalardagi “Salomatlik yo'laklari”
Oyoqlarga suv quyish
9
Sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish
Maslahat, suhbatlar tashkil etish
10
V itaminoterapiya
Ovqatlanish ratsioniga sharbatlar,
mevalar, sabzavotlar va ko'katlar kiritish
Oy mavzusi
Hafta mavzusi
Yosh guruhlari
Qisqa muddatli guruh
Iyun
Baxtli bolalik
1-hafta: Baxtli bolalik
Baxtli bolalik
2-hafta: Gullar va qushlar
Gulzordagi gullar
3-hafta: Tabiat qo'ynida
Jonli va jonsiz tabiat
4-hafta: Ertak qahramonlari
- bizning mehmonimiz
Ertak qahramonlari mehmonda
Iyul
Quvnoq yoz
1-hafta: Yoz o'tmoqda soz
Yoz - soz
2-hafta: Sport - salomatlik garovi
Biz yosh
sportchilarmiz
3-hafta: Kitoblar olamiga sayohat
Qiziqarli uchrashuvlar
4-hafta: Suv bayrami
Suvning xususiyatlari
Avgust
Quvnoq va sog'lom bolalar
1-hafta: Vitaminlar
Vitaminlarning sarguzashtlari
2-hafta: Buni bilishimiz kerak
Buni bilish foydali
3-hafta:O' ynaymiz- quvnaymiz
O'ynab o'rganamiz
4-hafta: Yoz taassurotlari
Yoz o'tdi soz
IYUN
OY MAVZUSI: BAXTLI BOLALIK
Guruh
Qisqa
Mavzu
Baxtli bolalik
Muddati
Iyun 1-hafta
Rivojlanish sohalariga oid maqsadlar
Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi
Oyoqlar uchidan tovonga almashtirib yuradi. Yugurishning har xil turlarini: ilonizi, zigzag, mokisimon, to'siqlarni engib o'tib bajaradi. Turli usullar bilan sakraydi. Bir necha predmet oralab emaklaydi. Koptokni klyushka bilan to' siqlarora olib o'tadi. Qumli xaltachani nishonga otadi.
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
Mustaqil o' ziga faoliyat turini tanlaydi. Tushunarli asarlarni qiziqish bilan tinglaydi va ularga hissiyotlarini namoyon etadi.
Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari
Rasm asosida hodisa va voqealarni tushuntirib beradi. Nutqning monologik shaklini qo'llaydi. Sevimli badiiy adabiyot nomlari va ularning mualliflarini biladi.
Bilish jarayonining rivojlanishi
Turli hajmli geometirik figuralar (kub, silindr, g'isht, plastina, piramida)dan uy qura oladi, ular nomlarini va belgilarini biladi. Rasmdagi syujetni eslab qoladi va uni gapiradi. Ketma-ketlikni saqlagan holda fikr yuritadi, mulohaza qiladi.
Ijodiy rivojlanish
Bayram taasurotlarini qog'ozda aks ettirishga harakat qiladi. Mayda qo'l motorikasi, tasavvuri rivojlanadi, estetik bezatish, jamoa bilan ishlashni biladi. O'zining ijodini chiroyli bezatadi. Bayramona kayfiyat, zavq-shavq oladi. Musiqiy asarga hissiy munosabat bildiradi. Musiqaga monand harakatlar o'ylab topadi. Qog'ozdan applikatsiyalar yaratadi