Alohida e'tibor qaratiladi: o'simliklarga suv quyish jarayonida suv miqdorini bilish.
Sanat
Mavzu: Moychechak
Maqsad: bolalar moychechak gulini boshqa gul turidan farqlay oladilar, mustaqil ravishda moychechak gulini turli usullarda tasvirlaydilar.
Kerakli jihozlar: moychechak guli, qaychi, yelim, namuna.
Faoliyatning borishi:
Namunani kuzatish
Ijodiy ish.
Bajarilgan ishlar ko'rgazmasi.
Qo'shimcha: tayyor ishni do'stlariga sovg'a qilish taklif qilinadi.
IYUN
OY MAVZUSI: BAXTLI BOLALIK
Guruh
Qisqa
Mavzu
Jonli va jonsiz tabiat
Muddati
Iyun 3-hafta
Rivojlanish sohalariga oid maqsadlar
Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi
To'siqlarni aylanib yoki xatlab o'tadi; gimnastika skameykasida muvozanatni saqlagan holda qadamba qadam yuradi; qiya doska ustida to'g'ri va yoni bilan yuradi; koptokni osmonga irg'itib, tutib oladi;uzatilgan koptokni turli usullar bilan ilib oladi.
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
Qurish jarayonida g'oyalar taklif etadi. O'yin mobaynida do'stlari bilan o'z hissiyotlari va kechinmalari bilan o'rtoqlashadi. O'rtoqlariga yordam ko'rsatadi.