Metallarni flyus qatlami ostida payvandlash. Elektr-shlak ostida payvandlash


Plastinkasimon elektrod bilan payvandlash



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə4/8
tarix17.10.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#156394
1   2   3   4   5   6   7   8
Ishlab chiqarish unumdorligini oshiruvchi flyus ostida payvandlashning usullari.

2. Plastinkasimon elektrod bilan payvandlash. Bu usuldan qalinligi 500
mm dan ortiq, uzunligi esa 1,5 mm dan ortiq bo‘lmagan zagatovkalarga to‘g‘ri chiziqli choklarni bostirishda payvandlanadi. Plastinkasimon elektrodning qalinligi zazor ening 1/3 qismiga teng, uzunligi esa chok uzunligidan 3,5 marta katta olinadi. Payvandlash vaqtida elektrod shlak vannasiga maxsus mexanizm yordamida tushurib turiladi. Bu usulda kuchli tok manbaalaridan (har bir plastinkasimon elektrod uchun 1500-2000 a) foydalanish bu usulning kamchiligidir.
3. Suyuqlanuvchan mundshtuk bilan payvandlash. Bu usuldan yuqorida
tanishilgan elektrod-simli va plastinkasimon elektrod bilan payvandlash usullarining kombinatsiyasi bo‘lib, o‘garuvchan kesimli, egri va murakkab shaklli juda katta qalinlikdagi (>500mm) choklarni bostirishda foydalaniladi. Suyuqlanuvchan mundshtuk payvandlashda payvandlanadigan buyumlar oralig‘idagi zazorga kiritiladi, u payvandlash davrida qo‘zg‘almaydi. Mundshtukning shakli va o‘lchami payvandlanadigan buyumning qirqimiga mos bo‘lib, uning teshigi orqali elektrod-simlar payvandlash zonasiga uzatiladi. SHunday qilib, payvandlash davrida uzluksiz uzatib turiladigan sim va mundshtuk suyuqlanib, payvandlanadigan buyumlar oralig‘idagi bo‘liqni to‘ldira boradi. Payvandlanadigan buyumga mos ximiyaviy tarkibli sim va suyuqlanuvchan mundshtuk belgilansa, kutilgan sifatli choklarga erishish mumkin. Elektr shlak usulida payvandlash flyus qatlami ostida elektrik yoy yordamida avtomatikaviy payvandlashga qaraganda tubandagi asosiy avzalliklarga ega:

  1. Protsessning uzluksizligi, bir o‘tishda istalgan qalinlikdagi chokni

chetlarini kertmasdan bostirilish va ish unumining yuqoriligi.

  1. CHoklarning shlak qo‘shimchalaridan holi, g‘ovaksiz va darzlarsiz tekis

strukturali bo‘lishi.

  1. Buyum chetlarini maxsus tayyorlashni talab etmasligi, flyus va elektr

energiyasining kam sarflanishi va boshqalar.
Hozirgi vaqtda uglerodli po‘latlarni bu usulda payvandlashda AN-8, FS - 7, OSS-45, AN-348 flyuslaridan, legirlangan po‘latlarni payvandlashda esa asosiy (kalsiy ftoritli) flyuslardan foydalanilmoqda.
SHuni qayd etish lozimki, og‘ir mashinasozlik sanoatida quyma va bolg‘alash yo‘li bilan olingan yirik konstruksiyalar tayyorlashda (jumladan, kuchli press staninalari, gidroturbina vallari, rotorlar) bu usul katta texnologik effekt beradi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin