Ishni bajarish tartibi 150-200 gramm yirik o‘ram-o‘ram metall qirindisi texnik tarozida tortib olinadi. Maydalash mashinasining jag‘lari kerakli o‘lchamga moslashtirili, ishga tushiriladi. Tortib olingan mahsulot kichik porsiyalar bilan maydalash mashinasining xom ashyo yuklash tuynukiga yuklanadi.
Maydalash mashinasidan jag‘idan chiqgan mahsulot mahsus idishga to‘planadi va granullometrik tarkibini aniqlash uchun elaklardan komplektidan o‘tqaziladi.
Har bir elak ustida qolgan turli o‘lchamdagi maydalangan mahsulot massasi torozda tortilib aniqlanadi. Olingan natijalar jadvalga kiritiladi.