10-mavzu: “Nonvoylar mehnati bilan tanishtirish” mavzusi
Ta’limiy maqsadi
: Bolalarga nonvoylar mehnati haqida tushuncha berish, nonni bug`doy
o`simligidan kelib chiqishini tushuntirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:
Nonni yasash orqali qo`l matorikasini rivojlantirish. Bolalardan
nutq, muloqot orqali so`z boyligini oshirish yangi so`zlarni to`liq to`g`ri aniq talaffuz qilishga
o`rgatish. Matematik tasavvurlarini kengaytirish nonni shakli, xajmi, sanog`ini bilishga
o`rgatish. Ijodkorlik qobilyatini o`stirish
Kutilayotgan natija:
Bolaga nonvoylar kasbini qadrlashni o`rganish, bolada nonni yasash
orqali qo`l matorikasi rivojlanadi. Bolalarda nutq, muloqot orqali so`z boyligi oshadi.
Kerakli jixozlar:
Tandir, surpa, Chekich, yengicha,rapida, oq halat, oq qalpoqcha, fartuk,
hampa rangli rasmlar.
Til va nutq markazi:
Faoliyatning borishi: Salomlashish
Tarbiyachi:
Assalomu alaykum bolajonlar
Bolalar:
Assalomu alaykum
Tarbiyachi:
Bolajonlar bugungi mashg`ulotimizni boshlaymiz
Tandirchi:
stoli ustida yangi uzilgan non turadi
Tarbiyachi:
Bolajonlar hozir xonamizdan qanday hushbo`y hid taralyabdi;
Bolalar:
Nonni hidi
Tarbiyachi:
Juda to`g`ri. Bolajonlar non qanday ne’mat ekanligini bilasizlarmi;
Bolalar:
- Non dunyodagi eng aziz ne’mat
Tarbiyachi:
Nonni qanday bo`lib bizga yetib kelishi bilasizlarmi?
Bolalar:
Ha… (eshik taqillaydi)
Tarbiyachi:
Voy bolalar kim keldi ekan? (eshikdan Nonvoy aka kirib keladi)
Nonvoy:
Assalomu alaykum bolajonlar
Tarbiyachi:
Xush kelibsiz
Bolalar salomlashadi
Tarbiyachi:
Guruhimizga hush kelibsiz. Bolajonlar nonvoy aka bizga nonvoychilik kasbi
haqida gapirib beradilar.
Dostları ilə paylaş: |