Menejment va statistika



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə1/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org


Menejment va statistika


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
MENEJMENT VA STATISTIKA” KAFEDRASI
STATISTIKA” fanidan

MA’RUZALAR MATNI

Mavzu. STATISTIKANING UMUMIY NAZARIYASI VA PREDMETI

REJA


  1. Statistika fanining predmeti va usullari


2. Statistika fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi

3. Statistika fanining bozor iqtisodiyoti sharoitidagi asosiy vazifalari

4. Hozirgi sharoitda O‘zbekistonda statistikaning tashkil etilishi
1. Statistika fanining predmeti va usullari
Ijtimoiy - iqtisodiy hodisalarni ifodalashda statistika juda ko‘p ishlatiladi. Iqtisodchi - mutaxassislar esa korxonalar, tashkilotlar faoliyatida statistik ko‘rsatkichlardan muntazam foydalanishadi. Aslida “Statistika” atamasi lotincha «Status» so‘zidan olingan bo‘lib, hodisaning holati, ahvoli ma’nosini anglatadi. Bu so‘z asosida bir qancha shunga o‘xshash so‘zlar paydo bo‘lgan. Jumladan, italyancha “Stato” so‘zi ham undan kelib chiqqan bo‘lib, “davlat” ma’nosini bildiradi. Statistika so‘zi ham davlat to‘g‘risidagi bilimlar, ma’lumotlarni anglatadi. Keyinchalik statistika deganda ijtimoiy - iqtisodiy hodisalarning turli tomonlarini ifodalaydigan ma’lumotlar tushuniladi. Lekin statistika so‘zini dastlab fanga nemis olimi Gotfrid Axenval kiritgan. U Germaniya universitetlaridagi o‘qitiladigan “Davlatni yuritish” fanini 1746 yilda “Statistika” deb atashni taklif etgan.
Hozirgi vaqtda statistika so‘zi bir necha ma’noda ishlatiladi. Statistika deganda ijtimoiy - iqtisodiy hodisalarni turli tomonlama o‘rganadigan mustaqil fan, iqtisodiy sektorlar bo‘yicha iqtisodiy ma’lumotlar to‘plovchi «Statistika organlari”ni, hamda ijtimoiy - iqtisodiy hodisa, voqealarni ifodalovchi turli ma’lumotlar - raqamlarni tushuniladi.
Ijtimoiy - iqtisodiy hodisalar deganda moddiy ne’matlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq voqea, hodisalar tushuniladi. Ma’lumki tabiat va jamiyat uzviy birlikda, bir - biri bilan bog‘liqlikda. Mavjud moddiy dunyodagi har bir hodisa miqdor va sifat tomonlariga ega, lekin ular yagona birlikda namoyon bo‘ladi. Sifat deganda hodisaning mohiyati, rivojlanish qonun va qonuniyatlari bilan bevosita bog‘liq muhim belgilari, xususiyatlari tushuniladi. Miqdor deyilganda hodisaning xususiyatlari, belgisining yuzaga chiqish (tashqi belgisi) soni va darajasi tushuniladi.
Tabiiy hodisalarning sifat tomonlarini maxsus tibbiyot fanlari: odam organizmining tuzilishini - anotomiya, hayvonot dunyosini - zoologiya kabi fanlar o‘rganadi. Ijtimoiy hodisalarning sifat tomonini - ijtimoiy fanlar: iqtisodiy nazariya, tarmoqlar iqtisodi kabi fanlar o‘rganadi. Ijtimoiy hodisalarning miqdoriy tomonini statistika o‘rganadi. Ijtimoiy hodisalar murakkab va ko‘pqirrali bo‘lib, vaqt (zamon) mobaynida ham miqdor, ham sifat jihatdan o‘zgarib turadi. Statistika ijtimoiy - iqtisodiy hodisalar miqdorini aniq vaqt va joy sharoitida qanday o‘zgarayotganligini o‘rganadi. Statistika - yaratilgan yalpi mahsulot, milliy daromad, milliy boylik, mehnat resurslari, mehnat unumdorligi kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning miqdoriy o‘zgarishini sifat tomonlari bilan bog‘liq holda o‘rganadi.
Ijtimoiy hodisalar madaniy, ta’lim - tarbiya sohasidagi hodisalarni ham o‘z ichiga oladi. Madaniy muassasalar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, maktablar, kutubxonalarda sodir bo‘ladigan jarayonlarning miqdoriy tomoni va ulardagi o‘zgarishni ham statistika o‘rganadi.
Ijtimoiy taraqqiyot tabiiy resurslarga: er maydoni, o‘rmon xo‘jaligi, tabiiy boyliklari, ulardan foydalanish darajasini ham statistika o‘rganadi.
Statistika tabiiy hodisalarni: zilzila, suv toshqini va boshqa tabiiy ofatlarni ijtimoiy hayot bilan bog‘liqlikda o‘rganadi.
Ijtimoiy hayotni siyosiy va mafkuraviy hodisalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Saylovlar, saylovda qatnashganlar soni, ovozlar taqsimoti, namoyishlar va shu kabilar statistika ob’ekti hisoblanadi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin