4. KURS ISHI BAJARISHNI TASHKIL ETISH
Kurs ishining topshirish muddati o„quv rejasiga binoan belgilanadi. Kurs ishi
rahbari talaba bilan birgalikda kurs ishi topshiriqlarini va ularni bajarishning taqvimiy
jadvalini ishlab chiqadi. Rahbar va talaba tomonidan imizolangan bu hujjat tasdiqlash
uchun kafedra mudiriga taqdim etiladi.
Kurs ishini bajarish rahbar tomonidan tasdiqlangan topshiriqlarga va taqvim
jadvaliga qat‟iy muvofiq holda amalga oshirilishi lozim.
4.1.Adabiyot manbalari bilan ishlash
Kurs ishining mavzusi tanlangandan so„ng, ushbu mavzu bo„yicha adabiyotlarni
tanlash, o„rganish va tahlil qilish bosqichi amalga oshiriladi. Adabiyotlar quyidagicha
tanlanadi:
-
kurs ishi mavzusiga bog„liq masalalar aniqlanadi;
-
ushbu mavzuga oid adabiyotlar (monografiyalar, darsliklar, ilmiy ishlar
to„plami) va oylik nashrlar (jurnallar, to„plamlar, gazetalar va bosh.) ko„rib chiqiladi.
Tanlangan kurs ishi mavzusiga muvofiq, talaba mustaqil ravishda adabiyotlarni,
rasmiy hujjatlarni va idoraviy materiallarni o„rganadi. Adabiyotlarni o„rganish
talabaga tadqiqotning nazariy asoslarini aniqlab olish, ya‟ni mavzuga aloqador
6
bo„lgan menejment faoliyatini tashkil etish va boshqaruv texnologiyasining asosiy
masalalari hamda tushunchalarini, o„rganilayotgan jarayonlarning rivojlanish
qonuniyatlarini va ilmiy atamalar tizimini bilib olish imkonini beradi.
Kurs ishini bajarish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishni, bozor iqtisodiyotiga
o„tishni ta‟minlovchi O„zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va
Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti
asarlari, shuningdek O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy qoidalarini
o„rganishni nazarda tutadi. Mavzu bo„yicha materiallarni o„rganayotganda
«Ekonomika
va
Statistika»,
«O„zbekiston
iqtisodiy
axborotnomasi»,
«Экономический вестник», «Экономическое обозрение», «Bozor pul va kredit»
kabi jurnallar va «Коммерческий вестник», «Turkiston», «Savdogar», «Halq
so„zi», «Экономическая газета» ro„znomalarida bosilgan maqolalarga alohida
e‟tiborni qaratish lozim. Shuningdek, umumdavlat Statistikasi materiallaridan ham
keng foydalanish kerak.
Adabiy manbalarni o„rganayotganda fikr-mulohazalarni xomaki tarzda yozib
borish maqsadga muvofiqdir. Bu keyinchalik kurs ishi rejasiga binoan materiallarni
tartibga solishni va umumlashtirishni yengillashtiradi.
Tadqiqot manbaining hisobot ma‟lumotlari kamida so„nggi uch yillikli qamrab
olishi kerak. O„zaro taqqoslash uchun bir xil sharoitlarda faoliyat ko„rsatayotgan
ilg„or sanoat korxonalari (tashkilotlari)ning tajribalarini o„rganish muhimdir.
To„plangan materiallar o„rganilayotgan masalaning hozirgi axvolini ifodalashga,
rivojlanish jarayonlari va yo„llarini aniqlashga imkon beradi, ko„rib chiqilayotgan
muammoni hal qilish va uni takomillashtirish uchun zamin yaratadi.
Ayrim hollarda o„rganilayotgan muammo bo„yicha zarur ma‟lumotlarga ega
bo„lish uchun maxsus kuzatuvlar o„tkaziladi.
To„plangan raqamli ma‟lumotlar tahliliy jadvallarda tartibga solinib
umumlashtiriladi. Bu jadvallar iqtisodiy tahlillar, xulosalar va tavsiyanomalar uchun
asos bo„lib xizmat qiladi.
Olingan materiallarni tahlil qilish natijalari o„rganib bo„lingach, kurs ishini
bajarishning yanada qiyinroq bosqichiga - xulosa va takliflarni asoslashga kirishiladi.
Xulosa va takliflar kurs ishining mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqishi hamda
aniq bir sanoat korxonasi boshqaruv faoliyatini yaxshilashga va takomillashtirishga
yo„naltirilishi lozim.
Adabiyot manbalari o„rganilib chiqilayotgan davrda ushbu adabiyotlardan
ko„chirmalar qilish lozim. Adabiyotlar bilan tanishib chiqqandan so„ng ulardan
asosiylarini tanlab, bibliografiya, ya‟ni foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati
tayyorlanadi. Tanlangan adabiyotlar faqat kurs ishiga, uning maqsad va vazifalari,
shuningdek unda ko„rib chiqiladigan masalalarga bag„ishlangan bo„lishi lozim.
7
Adabiyotlarni tanlash va bibliografik ro„yxat tuzish talaba mehnatining sifatini
va mustaqil ijodiy ishini ko„rsatadi.
Manbalarni to„plashda talaba uning chop etilgan yiliga ham alohida e‟tibor
berishi lozim. Eski manbalardan olingan ma‟lumotlar bugungi kundagi dolzarb
hisoblangan muammolarni yechishda yetarli ahamiyatga ega bo„lmasligi mumkin.
Talaba bir nechta manbalarni qiyosiy tahlil qilgan holda o„ziga eng ma‟qul deb
topgan ma‟lumotlarni olgandagina kurs ishi samarali bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: |