Menejment fakulteti iqtisodiyot kafedrasi buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit fanidan


Kapital qiymatining aylanish usuli



Yüklə 38,12 Kb.
səhifə4/5
tarix14.12.2023
ölçüsü38,12 Kb.
#178684
1   2   3   4   5
BUXGALTRIYA Mustaqil ish Bositbek

Kapital qiymatining aylanish usuli.
Qiymatning aylanish usuli bo’yicha asosiy kapital qiymati ikkiga bo’linadi, qiymatning mahsulotga o’tgan qismi tovarlar va xizmatlar bilan birga muomalada bo’ladi va doiraviy aylanish jarayonida tovar shaklidan pul shakliga o’tadi, xamda qoplash fondi shaklida asta-sekin jamg’ariladi, mahsulotga o’tmagan qismi ishlab chiqarish doirasida mavjud bo’lgan asosiy kapitalda gavdalanganicha qolaveradi. Iste’mol qilingan mehnat predmetlari qiymati to’la-to’kis aylanib, yangi mahsulotlar qiymati tarkibiga kiradi. Mehnat vositalari o’z aylanishi davomida bir qator izchil doiraviy aylanishlarda ishtirok etadi, vaholanki mehnat predmetlarining aylanish vaqti bir doiraviy aylanish davrigato’g’ri keladi.
4. Qayta tiklanish usuli.
Qayta tiklanish usulida asosiy kapitalning ishlab chiqarish natijlariga o’tkazilgan qiymati, bu vositalar bir qator doiraviy aylanishlarni o’z ichiga olgan muayyan davr davomida yedirilib, ishdan chiqqandan keyin pul shaklidan yangi asosiy kapital shakliga aylanadi. Aylanma kapital har bir doiraviy aylanishdan keyin ashyoviy buyum shaklida qaytib tiklanadi.
Barcha mehnat vositalari asosiy kapital tarkibiga kirmasdan faqat ularning inson mehnati bilan vujudga keltirilgan qismi shunday kapital hisoblanadi. Shu sababli yer, o’rmonlar va boshqa tabiiy resurslar mehnat vositalari hisoblansada odatda asosiy kapital tarkibiga kirmaydi.
Shu bilin birga muomala doirasida ishlab chiqarish jarayoni ma’lum darajada davom etganligi tufayli bu yerda ham qo’shimcha unumli kapital masalan, muzlatish uskunalari, qadoqlash, o’lchash mashinalari, idish materialari va boshqalar mavjud bo’ladiki, bular ham asosiy va aylanma kapitalga bo’linadi.
Tadbirkorlik kapitali o’z harakatida ishlab chiqarish va muomala bosqichlarini bosib o’tadi. Shu sababli uning aylanish vaqti ishlab chiqarish vaqti va muomala vaqtiga barobar.
Sarflangan mablag’larning ishlab chiqarish jarayonida bo’lish vaqti, ya’ni ishlab chiqarish vositalari sotib olingandan tayyor tovar bo’lgan davrgacha o’tgan vaqt ishlab chiqarish vaqtini, muomala jarayonida bo’lish vaqti, ya’ni ishlab chiqarish vositalari sotib olish va tayyor tovarlarni sotish uchun ketgan vaqt muomala vaqtini tashkil etadi. Ishlab chiqarish vaqti uch qismdan iborat bo’ladi.
1. Bevosita mehnat jarayoni yoki ish davri
2. Turli tanaffuslar davri
3. Ishlab chiqarish vositalarining ishlab chiqarish zaxiralarida bo’lish davri
Ish davri - ishlab chiqarish vaqtining asosiy tarkibiy qismidir. Bu vaqt davomida mahsulot mehnatning bevosita ta’siri ostida bo’ladi. Ish davrining uzunligi ishlab chiqariladigan mahsulot xususiyatiga, qo’llaniladigan mehnatning miqdori va uning unumdorligi darajasiga bog’liqdir.
Tanaffuslarni ikki sabab: tabiiy jarayonlarning mehnat buyumlariga ta’sir ko’rsatish zarurligi va tashkiliy sabablar taqazo etadi. Birinchi holda, mehnat buyumlari u yoki bu darajada uzoq davom etadigan jismoniy, kimyoviy va biologik jarayonlarning ta’siri ostida bo’ladi. Buning natijasida muayyan foydali samaraga erishiladi yoki iste’mol qiymatlarining shakli o’zgaradi. Bunda mehnat jarayoni qisman yoki to’liq to’xtaydi, ishlab chiqarish jarayoni esa davom etadi. Tashkiliy sabablarga ko’ra tanaffuslar vaqti korxonalarning ish rejimi bilan, shuningdek, ishlab chiqarishni tashkil qilish xususiyatlari bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarish vositalarining zaxira va ehtiyotlar sifatida bo’lish vaqti bu, ularning ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash uchun zarur bo’lgan davrdir. Tez quritadigan, tez achitadigan, umuman texnologik jarayonlarni tezlashtiradigan yangi texnika va texnologiyalarning qo’llanilishi tanaffus davrining va binobarin ishlab chiqarish vaqtining qisqarishiga olib keladi. Transport shaxobchalarini rivojlantirish, xo’jalik aloqalarining samarali tizimini belgilash, ishlab chiqarish vositalari bozorini shakllantirish, ehtiyojlarni puxta hisobga olish, muomala vaqtini qisqartirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Kapitalning aylanish tezligi ulardan foydalanish samaradorligiga jiddiy ta’sir qiladi. Aylanish tezligi muayyan davr ichida qilingan aylanishlar soni yoki bir aylanishning uzun-qisqaligi bilan belgilanadi:
Turli sohalarda kapitalning aylanish vaqti ularning ishlab chiqarish va muomaladagi sharoitiga qarab turlicha bo’ladi. Masalan, yengil sanoatda band bo’lgan kapitalning aylanish vaqti, kemasozlik va mashinasozlik sanoatlaridagi kapitalning aylanishiga nisbatan qisqa bo’ladi.
Avanslangan qiymatning aylanish tezligi ko’pgina omillarga bog’liq. Bulardan eng muhimlari: unumli kapitalning qanday nisbatda asosiy va aylanma kapitalga bo’linishidir. Shu sababli asosiy va aylanma kapital tushunchalari iqtisodiy mazmunini qarab chiqamiz.


Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, tadbirkorlik kapitalini davlat tomonidan qullab quvatlash va rivojlantirish quydagi tamoyillarga asosan davom etishi lozim :
- biznes uchun qulay xuquqiy sharoitlarni takomillashtirish ( soliqlarni kamaytirish xususiylashtirish);
- fuqarolarning shaxsiy jamg’armalarini mamlakatning muhim investisiya resurslariga aylantirishni rag’batlantirish ishlarini davom yettirish
- Oilaviy tadbirkorlikni qullab quvvatlash imkoniyatlarini kengaytirish orqali rasmiy ro’yhatga olingan tadbirkorlikni rivojlantirish;
Shu bilan bir qatorda bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotini innovasion yo’liga olib chiqishdagi ahamiyatidan kelib chiqib, sanoat sohasidagi innovasion tadbirkorlikni rivojlantirish lozim. Bu sohadagi tadbirkorlikka narhlardan imtiyozlar berish lozim. Davlat buni soliq va kredit siyosati, huquqiy ta’minot hamda boshqa bir qator choralar bilan rag’batlantirishi lozim. Ayniqsa gaz, elektr energiyasi, yuk tashish xarajaatlari bo’yicha imtiyozli narxlarni yo’lga qo’yish lozim . Davlat iqtisodiyotni isloh qila borib, tadbirkorlik menejmentiga alohida e’tibor qaratishi, iqtisodiyotni zamonaviy boshqaruvchi kadrlar bilan ta’minlash orqali korxonalarning barqaror ishlashlarini ta’minlash mumkin bo’ladi.

Yüklə 38,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin