Menejment fakulteti iqtisodiyot kafedrasi buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit fanidan


Tadbirkorlik kapitali va uning xarakat bosqichlari



Yüklə 38,12 Kb.
səhifə2/5
tarix14.12.2023
ölçüsü38,12 Kb.
#178684
1   2   3   4   5
BUXGALTRIYA Mustaqil ish Bositbek

Tadbirkorlik kapitali va uning xarakat bosqichlari.
Tadbirkor ixtiyorida bo’lib, foyda olish maqsadida ishlatiladigan barcha moddiy vositalar tovarlar va pul mablag’lari birgalikda tadbirkorlik kapitali deb ataladi. Tadbirkorlik kapitali doimo ishlab chiqarish va muomala jarayonida xarakatda bo’ladi. Bu xarakatda kapital bir qancha bosqichlarni bosib o’tadi. Ishlab chiqarishga sarflanadigan har qanday sarmoya o’z harakatini pul shaklida boshlaydi. Pul tegishli resurslar bozoridan zarur tovarlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib olishga sarflanadi. Sotib olingan tovarlar ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan resurslardir.
Pul ko’rinishidagi kapital unumli kapital shakliga aylanadi. Kapital harakatdagi ikkinchi bosqich ishlab chiqarish jarayoni hisoblanib, uning natijasida unumli tovar shaklini oladi. Bu yerda hosil qilingan tovarlar qiymati ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchiga sarflangan qiymatdan ortiq bo’ladi.
Tovarlar qiymatida ishlab chiqarish vositalarining ko’chgan qiymati, ishchi kuchi qiymatining ekvivalinti va ular tomonidan vujudga keltirilgan qo’shimcha mahsulot qiymati ham mavjud bo’ladi.
Uchunchi bosqichda ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish sodir bo’ladi.
Tovarlarni sotishdan tushgan pul kapitali yana ishlab chiqarish omillari sotib olish uchun sarflanadi va jarayon takrorlanaviradi.
Tadbirkorlik kapitali (K) quyidagi formula orali aniqlanishi mumkin:
K=Td + (Ok + Os) + I, bu yerda Td- ishlab chiqarishning texnik unsurlari; Ok + Os – aylanma kapital va aylanma mablag’lar; I – intellektual mulk.
Tadbirkorlik kapitalining o’z harakatidagi 3 bosqichni izchil bosib o’tib, muntazam ravishda bir shakldan boshqa bir shaklga aylanib yana dastlabki shaklga qaytib kelishi uning doiraviy aylanishi deyiladi. Doiraviy aylanishning birinchi va uchunchi bosqichlari muomala sohasida, ya’ni resurslar va tovarlar bozorida, ikkinchi bosqich esa ishlab chiqarishda ro’y beradi.
Kapital birinchi bosqichda pul shaklida (P + T = (I/Ch. V), (I/k)), ikkinchi bosqichda unumli yoki ishlab chiqarish omillari (P + T = (I/Ch. V), (I/k)=I/ch=T”) va uchunchi bosqichda tovar shaklida yuzaga chiqadi.
Kapital doiraviy aylanish jarayonida uning har bir shakli alohida vazifani bajaradi va shunga ko’ra ular kapitalning xarakat shakllari deyiladi.
Kapital pul shaklining harakati iqtisodiy faoliyat uchun zarur shart-sharoitlari yaratishdan iborat. Bunga pulni ishlab chiqarish vositalari va ish kuchi sotib olishga avanslash orqali erishiladi. Kapital unumli shaklining harakati tovarlar ishlab chiqarish va xuddi shu jarayonda qiymatning o’sishiga erishishni ta’minlash vazifasiga qaratiladi.
Kapital tovar shaklining harakati orqali ishlab chiqarilgan tovarlar qiymatining baho shaklida ro’yobga chiqishi sodir bo’ladi va o’sgan qiymatning pulga aylanishi bilan tadbirkorning foyda olish maqsadi ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish uzluksiz davom etishi uchun tadbirkorlik kapitali o’zining bir shaklidan boshqa bir shakliga aylanib turishi va ayni paytda har uchala shaklda ham mavjud bo’lmog’i lozim. Agar tadbirkorlik kapitali bu shakllarning birortasida to’xtab qolgudek bo’lsa, uning harakatidagi uzluksizlik buziladi.
T adbirkorlik kapitalining har uchala shakli bir vaqtda o’z doiraviy aylanishiga ega bo’ladi.


Yüklə 38,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin