Menejerni Rahbarlik uslubi va boshqarishdagi o’rni


Boshqaruv funktsiyalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishida zamonaviy menejer



Yüklə 21,08 Kb.
səhifə2/10
tarix19.05.2023
ölçüsü21,08 Kb.
#117170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Menejerni Rahbarlik uslubi va boshqarishdagi o’rni-fayllar.org (1)

Boshqaruv funktsiyalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishida zamonaviy menejer:

Boshqaruv funktsiyalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishida zamonaviy menejer:


  • Rahbar-boshqaruvchi;

  • Rahbar-diplomat;

  • Rahbar-murabbiy, tarbiyachi;

  • Rahbar-inson;

  • Rahbar-tadbirkor;

  • Rahbar-innovator sifatida maydonga chiqadi.

      Har bir menejer o’ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub - bu ishlash, boshqarishdagi o’ziga xos yo’l, usul ma'nosini anglatadi. Shu nuqtai nazardan quyidagi tushunchalarni ajrata bilish lozim:


  • Boshqaruv uslubi;

  • Ish uslubi;

  • Rahbarning ish uslubi.

  • Boshqaruv uslubi - bu boshqaruv jarayonida yuzaga chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yo’llari majmuidir.

  • Ish uslubi - bu boshqaruv funktsiyalarini samarali bajarish maqsadida biror-bir organning yoki rahbarning bo’ysinuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta'sir ko’rsatish usuli va yo’llari majmuidir. Masalan:

      - mamlakat boshqaruv organlarining ish uslubi;

      - vazirlik, qo’mita, hokimlarning ish uslubi;

      - sud, prokuraturaning ish uslubi;

      - korxona, tsexlarning ish uslubi;

      - ayrim rahbarlarning ish uslubi va hk. Boshqaruvning turli pog’ona va bosqichlarida turgan boshqaruv organlari va rahbarlarning ish uslublari har xildir. Shu nuqtai nazardan ish uslubi g’oyat ko’p qirrali tushunchadir.


  • Rahbarning ish uslubi - bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning o’ziga xos yondoshishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qo’l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda o’z vazifalariga muvofiq ish ko’radi. Biroq, har bir rahbar bunda o’ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o’zi uchun mos bo’lgan, o’z rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan harakat qiladi. Mutlaqo bir xil ikki kishi bo’lmaganidek, rahbarlikda ham mutlaqo bir xil uslub yo’q. Rahbarlik uslubi rahbarlarning o’z qo’l ostidagilari bilan aloqasida, ularning o’zaro munosabatlarida tarkib topadi.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin