Menejement rivojlanishining tarixiy shart – sharoitlari


Menejmentda maqsadlar turlari



Yüklə 122,99 Kb.
səhifə9/49
tarix20.11.2023
ölçüsü122,99 Kb.
#163264
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49
Menejement rivojlanishining tarixiy shart – sharoitlari-fayllar.org

28. Menejmentda maqsadlar turlari.

Maqsadlar aniq yakuniy holatlar bolib, u yoki bu subyekt (tashkilot, jamoa, inson)ning faoliyati unga erishishga qaratiladi. Maqsadlar tashkiliy munosabatlarni belgilaydi, ularga motivatsiya va nazorat tizimlari asoslanadi. Maqsadlarning ikkita asosiy turlari mavjud: uzoq va qisqa muddatli. Odatda bir yil yoki kamroq muddatda erishiladigan maqsadlar qisqa muddatli, uch yil yoki ko'proq muddatda erishiladigan maqsadlar uzoq muddatli deb hisoblanadi.
29. Menejmentda motivatsiya va nazorat.

Motivatsiya — o‘zini va boshqalarni maqsadlarga erishish uchun faoliyatga undash jarayonidir. Rahbarlar doimiy ravishda xodimlarni, ular buni his qiladilarmi yoki yo‘qmi, undaydilar. Qadimgi vaqtlarda buning uchun qamchi va qo‘rqitishlar, tanlab olinganlar uchun mukofotlar xizmat qilgan. Boshqaruvning motivatsiya usullarini quyidagilarga ajratish mumkin: — iqtisodiy motivatsiya usullari — ish haqi, mukofot, imtiyozli foizlar, foydalarda ishtirok etish, aksiyalar paketi, qo‘shimcha ish haqi va boshqalar; — ijtimoiy motivatsiya usullari — ijtimoiy tan olinish, tashakkurnoma, qoyil qolish, ilohiylashtirish, nafratlanish va h.k.; — psixologik motivatsiya usullari - shaxs ahamiyatini his qilish, befarqlik, zararlilik, keraksizlik va boshqalar; — hukmronlik motivatsiya usullari — lavozimini oshirish, qo‘shimcha vakolatlar berish va boshqalar; — ijtimoiy psixologik motivatsiya usullari - ijtimoiy faollikni oshirish, tajriba almashtirish, tanqid, ishga doir boshqaruv, kasbiy etika va h.k.;
30. A.Maslou bo’yicha ehtiyojlar iyerarxiyasi.
Maslou konsepsiyasidan amaliy xulosalar quyidagilardir: — yuqori bosqich ehtiyojlari birlamchi ehtiyojlar (birinchi ikki bosqichdagilar) qondirilganligiga qadar undovlar bolishi mumkin emas; — ehtiyojlarning bosqichlari qanchalik yuqori bolsa, ular kishilarning shunchalik kamroq soni uchun faol faoliyatga rag‘batlar boladi; — qondirilmagan ehtiyojlar xodimlarni rag‘batlantirmaydi, qanoatlantirilganlari esa ta’sir etishni to‘xtatadi, shuning uchun ularning o‘rnini qanoatlantirilmaganlar egallaydi; — qandaydir bitta ehtiyojning qondirilishi yuqori bosqichdagi ehtiyojni avtomatik ravishda ishga tushishiga olib keladi. Maslou konsepsiyasi zamonaviy boshqaruv nazariyasi va amaliyotining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.


Yüklə 122,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin