Междуродная конференция академических наук



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix02.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#171030
  1   2   3   4   5
ICAS06



МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
 
35 
PSIXOLOGIYADA SHAXS XARAKTERINING AHAMIYATLI 
XUSUSIYATI 
Aydin Dawkeeva
1
, Gulnaz Seytekova

1
NDPI Psixologiya kafedrasi dotsenti
2
NMPI Pedagogika va psixologiya mutaxasisligi, 2-kurs magistranti 
https://doi.org/10.5281/zenodo.6529495 
Psixologiyada "Xarakter" so’zi grekcha so’zdan olingan bo’lib " tamg’a, 
belgi" degan ma'noni anglatadi. Ijtimoiy turmushda hayot va faoliyat 
ko’rsatayotgan har qanday shaxs o’zining individual-psixologik xususiyatlari 
bilan boshqa insonlardan ajralib turadi va bu farqlar uning xarakter xislatlarida 
ifodasini topadi.
Xarakter borasidagi ta'limotlar tarixi uzoq o’tmishga borib tarqaladi. 
Xususan, 
Arastu
va 
Aflotun 
kishi xarakterini basharasiga qarab aniqlashni taklif 
qilgan edilar. Ularning xarakterologiyasi asosi qanchalik sodda bo’lsa, shunchalik 
g’aroyib faraz yotardi. Kishining tashqi ko’rinishida qandaydir hayvon bilan 
o’xshashlik belgisini topish tavsiya qilinardi, so’ngra esa uning xarakterini ana 
shu hayvonnning xarakteri bilan aynan bir xil deb qarash kerak edi. Jumladan, 
Arastuning aytishi bo’yicha, buqaniki singari yo’g’on burun ishyoqmaslikni 
bildiradi, chuchqanikiga o’xshash teshiklari katta-katta keng burun ahmoqlikni, 
arslonniki kabi burun mag’rurlikni, echkilar, g’ylar, va qyonlarniki singari 
junining mayinligi qo’rqoqlikni, sherlar va yovvoyi chuchqalarniki kabi junning 
dag’alligi botirlikni anglatadi.
Xarakterni aniqlashning bu va shunga o’xshash fiziologik tizimi aql-
sadosini biz, masalan, o’rta asrlik Suriyalik yozuvchi Abul-Faraj Bar Ebreyda 
ko’ramiz. Uning kitobida shunday ko’rsatma mujassamlashgandir: "Yo’g’on va 
kalta bo’yli kishi bo’yval singari qahr g’azabga kelishi moyilligiga ega". Uzun va 
ingichka bo’yli qo’rqoqlik alomati. Bunday kishi bug’u singari hurkadigan 
bo’ladiki, "Qaysi birining bo’yni juda kichik bo’lsa, tulki singari makkor bo’ladi". 
XVIII asrda Iogann Kaspar Lafaterning fiziologik tizimi mashhur bo’lib 
ketdi. U inson boshi "qalbini ko’rsatadigan oyna" bo’lib sanaladi va uning 
tuzilishini, bosh suyagining konfigurasiyani, imo-ishorasini o’rganish kishi 
xarakterini o’rganishning asosiy yo’li deb hisobladi. Lafater taniqli odamlar shaxsi 
ustidan bir qator oqilona kuzatishlar qoldirdi. Ular uning ilmiy jihatdan mutlaqo 
ahamiyatsiz, lekin juda qiziqarli "Fiziognomika" kitobida yig’ilgandir. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin