Mehribon onajonim Musallam Karimovaga bag`ishlanadi Beshavqat hayotdan ko`p shavqat kutdim



Yüklə 27 Kb.
tarix03.05.2023
ölçüsü27 Kb.
#106504
Ona - Asqar Azimov


ONA
(Mehribon onajonim Musallam Karimovaga bag`ishlanadi)

Beshavqat hayotdan ko`p shavqat kutdim,


Yolg`onchi dunyoga aldandim goho.
Hatto o`zimni ham ba’zan unutdim,
Lek, unuta olmadim onamni tanho.
Ba’zan ishni o`ylab uzoqda bo`ldim,
Sizdan hol so`rmadim, onaizorim.
Musofir yurtlarda angladim, bildim,
Duoyingiz ekan mening madorim.
Gul kabi qalbimga shabnamsiz, ona,
Dardlarimga davo malhamsiz, ona.

Ko`plab kitob o`qib, izlardim doim,


Taqlid qilmoqlikka biror-bir daho.
O`ttiz yil deganda bildim xatoyim:
“Millionta dahodan onam bebaho!”
Onajon, men sizdan suv so`rgan chog`im,
Menga ummonlarni hadya etgansiz.
Qorong`u kechalar bo`lib chirog`im,
Qancha g`am-tashvishni ichga yutgansiz.
Buyuklardan buyuk odamsiz, ona,
Saxiylikda tengsiz Hotamsiz, ona.

Endi ko`kragimga shamol tekkanda,


Nogahon otamdan ayrilib qoldim.
Yosh boshimga taqdirdan mushtlar yeganda,
Soxta do`stlar tashlab ketishin bildim.
Bu dunyoda hammasi ekan omonat,
Xudodan boshqasi berganin oldi.
Faqat onam lafziga qilmay xiyonat,
Bo`g`zidagi luqmasin og`zimga soldi.
Siz mening yerdagi Xudomsiz, ona,
Otamning o`rniga otamsiz, ona.

Sizsiz kerak emas menga mol-dunyo,


Oltinga almashmam izlaringizni.
Sizningsiz dunyo ham shunchaki ro`yo,
Onajon, sog`indim ko`zlaringizni.
Beshavqat hayotdan ko`p shavqat kutmay,
Yolg`onchi dunyoga aldanmas bo`lsam.
Har doim, har lahza o`zni unutmay,
Sizni unutaman – qachonki o`lsam!
Men uchun o`zgacha olamsiz, ona,
Dunyo dosh berolmas nolamsiz, ona.
Asqarjon AZIMOV
Yüklə 27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin