Bunga ishchining mehnat ta’tili uchun hisoblangan ish haqi, yosh bolali
onalar bolalarini boqish uchun berilgan vaqt uchun hisoblangan ish haqi,
voyaga yetmaganlar uchun imtiyozli ish vaqti uchun hisoblangan ish haqi,
ishdan bo‘shashi munosabati bilan hisoblangan nafaqa va boshqalar.
5.3.
Mehnat haqi hisoblashni hujjatlashtirish
Ishchilami ishga qabul qilish mehnat shartnomasi (yoki shartnomai) va
u imzolanganidan keyin korxona rahbarining ishchini ishga qabul qilish
to‘g‘risida imzolagan buyrug‘i chiqarilishi bilan rasmiylashtiriladi.
Korxona bo‘yicha xodimlar jadvali ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, u
barcha xodimlaming ro‘yxati bo‘lib, ular maoshining miqdori ko‘rsatiladi.
Xodimlar bo‘limida har bir xodimga shaxsiy varaqa (kartochka) to‘ldiriladi,
rahbar xodimlar va mutaxassislarga, bundan tashqari, shaxsiy varaqa
yuritiladi. Har bir xodimga ishga qabul qilish paytida tabel raqami beriladi,
keyinchalik ish hajmi va ish haqini hisobga olishga doir barcha hujjatlarga
ushbu raqam qo‘yiladi. Korxonaning buxgalteriya xizmati tomonidan har bir
xodimga shaxsiy schyot ochiladi, unda xodimning ish haqi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar oyma-oy jamlanib boriladi.
Korxona va tashkilotlarda mehnat haqi hisobini to‘g‘ri tashkil qilish uchun,
eng avvalo, shaxsiy tarkib hisobini to‘g‘ri yuritish lozim.
Xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, boshqa ishga o‘tkazish,
ularga ta’til berilgani, tunda, ish vaqtidan tashqari vaqtda, bayram kunlarida
ishlaganligi haqida ishonchli ma’lumot bo‘lgandagina korxona xodimlari
bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilishi mumkin. Ana shu maqsadda korxona
kadrlar bo‘limi shaxsiy tarkib hisobini hamda boshqa xizmatlar bilan
birgalikda ish vaqtidan foydalanish hisobini olib boradi.
Shaxsiy tarkibni hisobga olish uchun hujjatlardan
foydalaniladi: T-l shakli. Ishga qabul qilish
haqida buyruq T-2 shakli. Shaxsiy varaqa. T-3
shakli. Shtat jadvali.
T-5 shakli. Boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq.
T-6 shakli. Ta’til berish haqida qayd.
T-8 shakli. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq.
T13 shakli. Tabel.
T-49 shakli. Hisob-kitob to‘lov vedomosti. T-51 shakli.
Hisob-kitob vedomosti.
T-53 shakli. To‘lov vedomosti.
Ish vaqtini hisobga olish uchun T-l2 shaklidagi maxsus tabeldan
foydalaniladi. Tabel – bo’lim, brigada, sex xodimlarining nomma-nom
ro‘yxati bo‘lib, undan ish vaqtini hisobga olish uchun foydalaniladi.
Har bir xodimga tabel raqami biriktiriladi va u mehnat, ish haqi
bo‘yicha ramiylashtiriladigan barcha hujjatlarda ko‘rsatilib boradi.