Mehnat va ish haqi hisobi



Yüklə 311,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix30.09.2023
ölçüsü311,84 Kb.
#151064
1   2   3   4   5   6   7
5 MAVZU Мехнат хаки

vaqtbay - mukofot 
shaklida tarif stavkaga 
asosan beriladigan ish haqidan tashqari, korxona ishlab chiqilgan 
mukofotlash to‘g‘risidagi nizomga, jamoat shartnomasiga yoki korxona 
rahbari buyrug‘iga asosan miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini bajarganligi 
uchun qo‘shimcha ravishda mukofot berish ko‘zda tutiladi.
Asosiy ish haqi
bu ishchining ishlagan vaqti, bajargan ishining 
miqdori va sifatiga asosan hisoblangan ish haqidir: ishbay ishlagani uchun 
hisoblagan ish haqi, tarif stavkalari, okladlar, mukofotlar, asosiy ish vaqtidan 
tashqari ishlagan ish vaqtiga hisoblangan qo‘shimcha ish haqi, ishchi aybiga 
bog‘liq bo‘lmagan holda turib qolishlarga hisoblangan ish haqi.
Qo‘shimcha ish haqi, 
bu mehnat qonunchiligida ko‘zda tutilgan 
ishchining ishlamagan ish vaqti uchun hisoblangan ish haqidir.


Bunga ishchining mehnat ta’tili uchun hisoblangan ish haqi, yosh bolali 
onalar bolalarini boqish uchun berilgan vaqt uchun hisoblangan ish haqi, 
voyaga yetmaganlar uchun imtiyozli ish vaqti uchun hisoblangan ish haqi, 
ishdan bo‘shashi munosabati bilan hisoblangan nafaqa va boshqalar.
5.3. 
Mehnat haqi hisoblashni hujjatlashtirish

Ishchilami ishga qabul qilish mehnat shartnomasi (yoki shartnomai) va 


u imzolanganidan keyin korxona rahbarining ishchini ishga qabul qilish 
to‘g‘risida imzolagan buyrug‘i chiqarilishi bilan rasmiylashtiriladi.
Korxona bo‘yicha xodimlar jadvali ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, u 
barcha xodimlaming ro‘yxati bo‘lib, ular maoshining miqdori ko‘rsatiladi.
Xodimlar bo‘limida har bir xodimga shaxsiy varaqa (kartochka) to‘ldiriladi, 
rahbar xodimlar va mutaxassislarga, bundan tashqari, shaxsiy varaqa 
yuritiladi. Har bir xodimga ishga qabul qilish paytida tabel raqami beriladi, 
keyinchalik ish hajmi va ish haqini hisobga olishga doir barcha hujjatlarga 
ushbu raqam qo‘yiladi. Korxonaning buxgalteriya xizmati tomonidan har bir 
xodimga shaxsiy schyot ochiladi, unda xodimning ish haqi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar oyma-oy jamlanib boriladi.
Korxona va tashkilotlarda mehnat haqi hisobini to‘g‘ri tashkil qilish uchun, 
eng avvalo, shaxsiy tarkib hisobini to‘g‘ri yuritish lozim.
Xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, boshqa ishga o‘tkazish, 
ularga ta’til berilgani, tunda, ish vaqtidan tashqari vaqtda, bayram kunlarida 
ishlaganligi haqida ishonchli ma’lumot bo‘lgandagina korxona xodimlari 
bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilishi mumkin. Ana shu maqsadda korxona 
kadrlar bo‘limi shaxsiy tarkib hisobini hamda boshqa xizmatlar bilan 
birgalikda ish vaqtidan foydalanish hisobini olib boradi.
Shaxsiy tarkibni hisobga olish uchun hujjatlardan 
foydalaniladi: T-l shakli. Ishga qabul qilish 
haqida buyruq T-2 shakli. Shaxsiy varaqa. T-3 
shakli. Shtat jadvali.
T-5 shakli. Boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq.
T-6 shakli. Ta’til berish haqida qayd.
T-8 shakli. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq. 
T13 shakli. Tabel.
T-49 shakli. Hisob-kitob to‘lov vedomosti. T-51 shakli. 
Hisob-kitob vedomosti.
T-53 shakli. To‘lov vedomosti.
Ish vaqtini hisobga olish uchun T-l2 shaklidagi maxsus tabeldan 
foydalaniladi. Tabel – bo’lim, brigada, sex xodimlarining nomma-nom 
ro‘yxati bo‘lib, undan ish vaqtini hisobga olish uchun foydalaniladi.
Har bir xodimga tabel raqami biriktiriladi va u mehnat, ish haqi 
bo‘yicha ramiylashtiriladigan barcha hujjatlarda ko‘rsatilib boradi.

Yüklə 311,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin