Mehnat bozorida yoshlarning ish bilan bandligini



Yüklə 35,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü35,17 Kb.
#208523
  1   2
769-Article Text-1217-1-10-20231005



482 
MEHNAT BOZORIDA YOSHLARNING ISH BILAN BANDLIGINI 
TA’MINLASH. 
Xuvaydullayeva Iroda Xusniddin qizi 
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil tadqiqotchisi 
xuvaydullayevairoda@mail.ru
 
Annotatsiya 
Aholini ish bilan ta’minlash inson ijtimoiy rivojlanishining eng muhim 
jihatlaridan biri bo‘lib, u mehnat masalalari bilan bog‘liq muammolarni hamda 
mehnatga bo‘lgan taklif va talablarni qondirish yo‘llarini ochib beradi. Shuning uchun 
bugungi kunda yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida mamlakatimiz yangi 
loyihalarni amalga oshirmoqda.
 
Kalit so’zlar: 
yoshlar bandligi, milliy iqtisodiyot, mehnat bozori, ishsizlik,yangi 
ish o’rinlari. 
Iqtisodiy taraqqiyot va inson salohiyatini rivojlantirishda aholini ish bilan 
bandligi muhim omil hisoblanadi. Aholini ish bilan bandligini ta’minlash uning takror 
ishlab chiqarilishi uchun zarur shartdir. Chunki kishilarning turmush darajasi, 
iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari uchun kadrlar tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash 
va ularning malakasin oshirish, ishga joylashtirish, ishsizlarni moddiy va psixologik 
jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun qilinadigan sarflar aholini ish bilan ta’minlanishiga 
bog‘liqdir. Shuning uchun aholini ish bilan bandligini ta’minlashning ijtimoiy-
iqtisodiy va tashkiliy jihatlarini tadqiq etish bugungi kundagi ijtimoiy-iqtisodiy 
muammo sifatida alohida ahamiyatga egadir. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.01.2022 yildagi PQ-92-sonli 
qarorida “Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, 
ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita 
mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy 
ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
68
3.
mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq 
o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, besh muhim tashabbus 
loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish; 
4.
yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va 
tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish, 
deb PQ belgilandi. 
Yoshlarga Prezidentimiz tomonidan berilayotgan yuksak e’tiborni biz “Vazirlar 
Mahkamasining 07.06.2022 yildagi “2022-2023 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida 
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 310-
son qarori qabul qilindi.
69
Unda Prezidentning 2021 yil 13 iyuldagi PF-6260-son
70
68
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.01.2022 yildagi PQ-92-sonli qarori

69
Yoshlarga Prezidentimiz tomonidan berilayotgan yuksak e’tiborni biz “Vazirlar Mahkamasining 
07.06.2022 yildagi qarori 
70
https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/2022-
2023_yillarda_eshlarga_oid_davlat_siesatini_amalga_oshirish_dasturi_tasdiqlandi 


483 
Farmoniga muvofiq yoshlar tomonidan koʻtarilgan taklif va tashabbuslar, muammo 
hamda masalalar yechimi yuzasidan har yili “Yoshlar kuni” arafasida hukumatning 
dasturi, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 
shahar, tuman va shahar hokimliklarining alohida hududiy dasturlari qabul qilinadi. 
Mazkur dasturlar yoshlarning bilim va kasb-hunar egallashi, ular uchun munosib ish 
va turmush sharoitini yaratish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan 
kompleks chora-tadbirlardan iborat boʻladi” ko’rishimiz mumkin. 
Akademik Q.Abdurahmonov tomonidan “...ish bilan bandlikning eng kam 
deganda to‘rt ijtimoiy jihatini
 
hisobga olish lozimligini, ish bilan bandlikning 
insonning Konstitutsiyada belgilab berilgan eng muhim huquqi – mehnat huquqi bilan 
mustahkam bog‘liqligi, turmush darajasi va munosib hayot kechirish shart-sharoitlarini 
shakllantirishda ish bilan bandlik hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Aynan ish bilan bandlik 
mehnat faolligini oshirish, mehnatga qobiliyatli fuqarolar va ular oilalarining turmush 
darajasini oshirishning eng muhim kafolati, har kimning va umuman, jamiyat 
farovonligining negizi bo‘lgan yuqori unumli mehnatning yangi omilini shakllantirish, 
aynan mehnat faoliyati insonni o‘zgartiradi, uning kasbiy imkoniyatlarini ochib beradi 
va ko‘paytiradi, shaxsning rivojlanishini rag‘batlantiradi”

, iqtisodchi olimlardan 
I.M.Aliev, N.A.Gorelov, L.O.Ilinalar ushbu tushunchaga: “ Ish bilan bandlik ijtimoiy-
iqtisodiy hodisa sifatida fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan 
bog‘liq hamda mehnatdan daromad (ish haqi) keltiruvchi ijtimoiy foydali mehnat 
sifatida namoyon bo‘lishi mumkin”
71
deb takidlangan. 
Bugungi yoshlar eng bilimli avloddir. Biroq, ular mehnat bozoriga kirish va uni 
saqlab qolishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Ularning ko'pchiligi uchun ishga 
o'tish muammoli. Yoshlarning ish bilan ta’minlanishi iqtisodiyotning umumiy ahvoli 
va mamlakatdagi umumiy bandlik holati bilan bog‘liq. Shu bilan birga, ularga 
yoshlarning ta’lim va ko‘nikmalari, bu ko‘nikmalarning mehnat bozoriga mosligi, 
yoshlarga ushbu ko‘nikmalarni qo‘llash va ulardan foydalanish imkoniyatlari ham 
ta’sir qiladi.
Ushbu omillar o'rtasidagi nomuvofiqlik ishsizlik davrlari yoki past 
malakali va xavfli ish bilan bog'liq bo'lgan uzoq vaqt ish qidirishga olib kelishi 
mumkin. Bu esa yoshlarning o‘zlariga, shuningdek, o‘z mamlakatlari iqtisodiyoti va 
jamiyatlariga katta muammo bo‘ladi. 
Milliy iqtisodiyotni isloh qilish va barqaror rivojlantirish istiqbollarida xususiy 
sektorlarda asosiy ish o‘rinlarini ta’minlovchi sifatida yoshlar uchun yangi va yaxshi 
ish o‘rinlarini topishda muhim rol o‘ynaydi. Shu munosabat bilan ko'plab 
mamlakatlarda alohida kompaniyalar yoki ish beruvchilar uyushmalarining mahalliy 
va milliy darajadagi tashabbuslari gullab-yashnamoqda. Bu tashabbuslar ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy va institutsional kontekstga, yoshlarni ish bilan ta’minlash 
masalalariga, ma’lum bir mamlakatdagi biznes hamjamiyatining ehtiyojlari va 
imkoniyatlariga qarab turlicha bo‘lishi shart.
Biroq, umuman olganda, ular 
2.Қ.Абдураҳмонов. Меҳнат иқтисодиёти: Назария ва амалиёт / Дарслик. Қайта ишланган ва 
тўлдирилган 3-нашри. Т.: Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси «FAN» нашриёт давлат 
корхонаси, T.: 2019. – 257 
71
Экономика труда: учебник /И.М.Алиев,Н.А.Горелов, Л.О.Ильина-М.:Издательство Юрайт, 2012. с. 
123 


484 
kompaniyalar va ish beruvchilar yoshlar bandligiga e'tiborni kuchaytirayotganidan 
dalolat beradi. 
Ushbu eng yaxshi amaliyot qo'llanma menejerlar va ish beruvchilar uchun 
mo'ljallangan. Bu yosh ishchilarni yollash va inklyuziv va qo‘llab-quvvatlovchi ish 
muhitini yaratishda istiqbolli yondashuvni qo‘llashning afzalliklarini tushuntiradi. 
Maktabdan ishga o'tish katta qadamdir. Oldinga fikrlaydigan ish beruvchilar yosh 
ishchilarning ish kuchiga o'tishlari va ishda ijobiy ishtirok etishlariga yordam berish 
muhimligini tushunishadi. Bu korxonalar biznes va uning xodimlarining ehtiyojlarini 
qondiradigan amaliy, qo'llab-quvvatlovchi va moslashtirilgan siyosatlarni amalga 
oshiradilar. Har bir ish joyi yosh ishchilarni yollashda ilg'or yondashuvdan 
foydalanishi mumkin.
Amalga oshirilgan tadqiqot natijalari asosida mehnat bozorida ijtimoiy mehnat 
munosabatlarida yoshlarni ish bilan bandligini ta’minlash bo’yicha quyidagi takliflar 
shakllantirildi: 
6.
Xalqaro tajribalar asosida mehnat bozorida ehtiyojlari asosida yosh 
kadrlarni tayyorlash tarkibini takomillashtirishga xizmat qiladigan ko’nikmalarni 
aniqlash va baholash tizimini ishlab chiqish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
7.
Ta’lim muassasalarida malakali yosh kadrlarni tayyorlash, ilg’or tajriba 
va zamonaviy texnologiyalar asosida ularning malakasini oshirib boorish lozim. 
8.
Bilim, malaka va ko‘nikmalarning samarali almashinuvini ta’minlaydigan 
milliy axborot va maslahat xizmatlari tarmog‘ini rivojlantirish kerak. 
9.
Mehnat bozorida ilmiy izlanishlar olib borayotgan, yosh kadrlar 
tayyorlayotgan barcha turdagi davlat ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining 
o‘zaro hamkorligini ta’minlash zarur.
10.
Mehnat bozori ehtiyoji asosida mutaxassislarini qayta tayyorlash va 
ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish maqsadga muvofiq.

Yüklə 35,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin