Mehmonxona web-sayti


Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish



Yüklə 428,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/17
tarix04.05.2023
ölçüsü428,83 Kb.
#107532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish. Faning xususiyati, talabalarning bilim darajasi 
va qobiliyatiga qarab ishchi o‘quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga 
mustaqil ravishda o‘zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy 
mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni 
tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar 
va axborot manbalarini ko‘rsatish lozim. 
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o‘quv 
adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch 
iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob 
tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o‘zlashtirish qiyin bo‘lsa, savollar paydo bo‘lsa, 
adabiyotlar etishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k.) o‘qituvchidan 
maslahatlar oladilar. 
Mustaqil o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha tayyorlangan matn kafedrada himoya 
qilinadi. 
Referat tayyorlash. Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, 
qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo‘lgan biror mavzu bo‘yicha referat 
tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha 
adabiyotlardan xmonografiyalar ilmiy, uslubiy maqolalar, Internetdan olingan 
ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari va h.k.) foydalanib materiallar yigadi, 
taxlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo‘yicha imkon darajasida to‘liq, keng 
ma’lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda o‘qituvchidan maslahat va 
ko‘rsatmalar oladi. 
Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi. 
Ko‘rgazmali vositalar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va 
yaxshiroq o‘zlashtirish uchun yordam beradigan ko‘rgazmali materiallar (jadvallar, 
chizmalar, rasmlar, xaritalar, maketlar, modellar, grafiklar, namunalar, musiqiy asar, 
kichik badiiy asar va h.k.) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o‘qituvchi tomonidan 
aniqlanib, talabaga ma’lum ko‘rsatmalar, yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Ko‘rgazmali 
vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. 
Bunday vazifani bir mavzu bo‘yicha bir necha talabaga topshirish ham mumkin. 
Talaba ko‘rgazmali materiallardan foydalanish bo‘yicha yozma ravishda 
tavsiyalar tayyorlaydi va kafedrada himoya qiladi. 

Yüklə 428,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin