Ingliz siyosatshunosi R.Kibey esa mediasavodxonlikni turli xil shakllarda ma’lumotlarni uzatish, ularni tahlil etish va baholash deb tushunadi.
M.Guetterz esa multimediasavodxonligi o‘z ichiga multimedia hujjatlarini shakllantirishga qaratilgan tillarni bilish, axborotni qayta ishlashga qaratilgan qurilma va usullardan foydalana olish, yangi multimedia texnologiyalarini bilish va ularni baholay olish, mediamatnlarni tanqidiy qabul qilishni oladi, deydi.
Bugungi kunda mediasavodxonlik
Buyuk Britaniya va Avstraliyada gumanitar fanlar majmuasida alohida fan sifatida o‘tilsa
Finlyandiyada 1970-yildan o‘rta maktablarning, 1977-yildan esa oliy o‘quv yurtlarning o‘quv dasturlariga kiritilgan edi. 1990-yillarda esa mamlakatda mediasavodxonlik mediata’lim tushunchasi bilan almashtirildi.
Shvetsiyada u 1980-yildan boshlab ta’lim muassasalarida alohida fan sifatida o‘qitila boshlangan.
1990-yillarda Rossiyada mediata’limni ilmiy tadqiq etishga urinishlar bo‘lib, O.Baranov, S.Penzin, A.Fyodorov, A.Sharikova va boshqalarning tadqiqotlari bunga misol bo‘la oladi.
2002-yili pedagogika oliy ta’lim yurtlari uchun mediata’lim ixtisosligi bo‘yicha yo‘nalish ochildi.
2005-yili esa YuNYeSKO homiyligida “Mediata’lim” darsligi yaratildi va Rossiyada kinota’lim va mediapedagogika sayti ishga tushirildi.