Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə48/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

Asosiy tayanch tushunchalar:
Mutlaq ustunlik nazariyasi — mamlakatlar mutlaq ustunlik sharoitida kam xara­jatlar bilan ishlab chiqarilgan tovarlarni eksport qilishadi va boshqa mamlakatlar­da mutlaq ustunlik sharoitida kam xarajatlar bilan ishlab chiqarilgan tovarlarni import qilishadi.
Muqobil narx — bir birlik tovarni ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatning ikkinchi tovarni ishlab chiqarishga zarur xarajat orqali ifodalanishi.
Nisbiy ustunlik nazariyasi — agar mamlakat boshqa mamlakatga nisbatan kam xarajatlar bilan ishlab chiqarish mumkin bo'lgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashsa, o'zaro savdo ikkala mamlakat uchun ham foydali bo'ladi. Bunda ish­lab chiqarish bo'yicha mutlaq ustunlik bo'lishi shart emas.
Foydali savdo — bu xalqaro savdoning har bir ishtirokchisi olishi mumkin bo'l­gan iqtisodiy samara bo'lib, unga ega bo'lish uchun mamlakat o'zi nisbiy ustunlik-ka ega bo'lgan tovarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi kerak.
O'zaro (yoki teskari) talab nazariyasi — import qilinadigan tovar narxi bu tovarning importini to'lash uchun eksport qilinishi kerak bo'lgan tovarning narxi orqali aniqlanadi, shuning uchun o'zaro savdoda yakuniy nisbiy narx har bir mam-lakatdagi ichki talab bilan aniqlanadi.
Ishlab chiqarish omillaridan foydalanishning intensivligi ko'rsatkichi — ma'lum bir tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan bitta ishlab chiqarish omilini ikkinchi ishlab chiqarish omiliga nisbati.
Ishlab chiqarish omillari bilan ta'minlanganlik ko'rsatkichi — mamlakat ega bo'lgan ishlab chiqarish omillarining bir-biriga nisbati.
Xeksher-Olin nazariyasi — mamlakat qaysi ishlab chiqarish omili bilan nis­batan yaxshi ta'minlangan bo'lsa, shu omilni nisbatan ko'proq talab qiluvchi tovar ishlab chiqarishiga ixtisoslashishi va uni eksport qilishi kerak.
Ishlab chiqarish omillari bahosining tenglashuvi nazariyasi (Xeksher-Olin-Samuelson nazariyasi) — xalqaro savdo bu savdoda ishtirok etuvchi mamlakat-lardagi gomogen ishlab chiqarish omillarining mutlaq va nisbiy narxining tengla-shishiga olib keladi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin