Asosiy tayanch tushunchalar: Mutlaq ustunlik nazariyasi — mamlakatlar mutlaq ustunlik sharoitida kam xarajatlar bilan ishlab chiqarilgan tovarlarni eksport qilishadi va boshqa mamlakatlarda mutlaq ustunlik sharoitida kam xarajatlar bilan ishlab chiqarilgan tovarlarni import qilishadi.
Muqobil narx —bir birlik tovarni ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatning ikkinchi tovarni ishlab chiqarishga zarur xarajat orqali ifodalanishi.
Nisbiy ustunlik nazariyasi — agar mamlakat boshqa mamlakatga nisbatan kam xarajatlar bilan ishlab chiqarish mumkin bo'lgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashsa, o'zaro savdo ikkala mamlakat uchun ham foydali bo'ladi. Bunda ishlab chiqarish bo'yicha mutlaq ustunlik bo'lishi shart emas.
Foydali savdo —bu xalqaro savdoning har bir ishtirokchisi olishi mumkin bo'lgan iqtisodiy samara bo'lib, unga ega bo'lish uchun mamlakat o'zi nisbiy ustunlik-ka ega bo'lgan tovarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi kerak.
O'zaro (yoki teskari) talab nazariyasi — import qilinadigan tovar narxi bu tovarning importini to'lash uchun eksport qilinishi kerak bo'lgan tovarning narxi orqali aniqlanadi, shuning uchun o'zaro savdoda yakuniy nisbiy narx har bir mam-lakatdagi ichki talab bilan aniqlanadi.
Ishlab chiqarish omillaridan foydalanishning intensivligi ko'rsatkichi —ma'lum bir tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan bitta ishlab chiqarish omilini ikkinchi ishlab chiqarish omiliga nisbati.
Ishlab chiqarish omillari bilan ta'minlanganlik ko'rsatkichi — mamlakat ega bo'lgan ishlab chiqarish omillarining bir-biriga nisbati.
Xeksher-Olin nazariyasi — mamlakat qaysi ishlab chiqarish omili bilan nisbatan yaxshi ta'minlangan bo'lsa, shu omilni nisbatan ko'proq talab qiluvchi tovar ishlab chiqarishiga ixtisoslashishi va uni eksport qilishi kerak.
Ishlab chiqarish omillari bahosining tenglashuvi nazariyasi (Xeksher-Olin-Samuelson nazariyasi) —xalqaro savdo bu savdoda ishtirok etuvchi mamlakat-lardagi gomogen ishlab chiqarish omillarining mutlaq va nisbiy narxining tengla-shishiga olib keladi.