səhifə 37/54 tarix 21.10.2023 ölçüsü 1,39 Mb. #158828
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)
Shahar joylarida aholining necha qismi yashaydi? J: 1/4 qismi yashaydi
Eng katta shahri qaysi? J: mamlakat poytaxti Kobul shahri
Kobulning aholisi necha mln. atrofida? J: 3 mln. atrofida
Avg’onistonning nisbatan yirik shaharlari qaysilar hisoblanadi? J: Hirot hamda Mozori- Sharif
Aholining etnik tarkibi ancha murakkab bo'lib, kimlardan iborat? J: pushtunlar, tojiklar, o'zbeklar, xazorliklar, balujlar, turkmanlardan iborat
O'zbekistonga chegaradosh shimoliy hududlarida necha mln. o'zbeklar istiqomat qiladi? J: 2 mln. o'zbeklar
Afg'oniston iqtisodiy jihatdan qanday davlat? J: sust rivojlangan agrar davlat
Iqtisodiy rivojlanishida nima katta ahamiyatga ega? J: xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan ko'rsatilayotgan moliyaviy yordam
Qishloq xo'jaligining asosini qanday dehqonchilik tashkil etadi? J: sug'orma dehqonchilik
Umuman olganda, dehqonchilikda nima muhim rol o'ynaydi? J: boshoqli ekinlar, paxta, meva va uzum yetishtirish
Chorvachilik tarmoqlaridan qaysilar yetakchi ahamiyatga ega? J: qo'ychilik (jumladan, qorako'lchilik) va echkichilik
Qorako'l teri tayyorlashda Afg'oniston jahon bo'yicha nechanchi o'rinda turadi? J: 1- o'rinda
Sanoat korxonalari nima asosida qurilmoqda? J: jahon hamjamiyati tomonidan moliyaviy yordam asosida.
POKISTON
Pokiston Islom Respublikasi qaysi mintaqada joylashgan? J: Janubiy Osiyoda
Hududi janubda qaysi dengiz bilan yuviladi? J: Arabiston dengizi bilan
Geografik o'rnining ijobiy xususiyatlari nimadan iborat? J: xalqaro ahamiyatga ega dengiz va quruqlik transport yo'llari o'tganligi, salbiy jihatlari - siyosiy vaziyati beqaror mintaqada joylashganligidan iborat.
Siyosiy geografik holati qanday tavsiflanadi? J: Hindiston bilan Kashmir borasidagi ko'p yillik hududiy kelishmovchilik hamda Afg'oniston bilan chegaradosh hududlarining qo'shni davlatdan o'tgan «Tolibon» guruhlari nazorati ostida bo'layotganligi bilan
Pokiston boshqaruv shakli jihatidan qanday davlat? J: parlamentar respublika
Ma'muriy-siyosiy tuzilishi nuqtayi nazaridan esa qanday davlatdir? J: federativ davlat
Pokiston federatsiyasi qaysi hududlarni o'z ichiga oladi? J: 4 ta provinsiya va 2 ta federal hududni
Pokiston qachon mustaqillika erishgan? J: 1947-yil 14-avgust.
Pokistoning poytaxti qaysi shahar? J: Islomobod shahri
Pokistoning yer maydoni qancha? J: 803,9 ming km 2
Pokistoning aholisi necha kishi? J: 200,6 mln kishi (2018-y.).
Pokiston qanday relyef shakillariga ega? J: shimoliy va g'arbiy qismlari baland tog'lar bilan band bo'lsa, sharqiy va janubiy hududlari esa tekislik relyefiga ega
Mamlakatning katta qismini nima egallaydi? J: qo'shni Hindistondan boshlanadigan va Arabiston dengiziga quyiladigan Hind daryosining vodiysi
Pokiston qanday boyliklar va konlarga boy? J: Tekislik hududlari neft, tabiiy gaz, ko'mir, tuz zaxiralariga ega, tog'li qismi esa turli metallarning konlariga boy
Pokistonning asosiy hududida iqlim qanday tarkib topgan? J: issiq tropik iqlim hukmronlik qiladi, shuning uchun tekislik qismida cho'l va chalacho'l landshaftlari katta maydonlarda tarqalgan
Pokiston aholi soni bo'yicha jahon davlatlarining nechtaligiga kiradi? J: birinchi o'ntaligiga
Aholi zichligi 1km 2 ga necha kishi to’g’ri keladi? J: 249,5 kishi (2018- yil)
Yillik hisobidagi tabiiy ko'payish sur'atlari necha % dan baland? J: 2 % dan baland, ya'ni yiliga 4
-4,5 mln. kishiga teng
Urbanizatsiya darajasi necha % atrofida? J: 40% atrofida
Mamlakatdagi eng yirik shahar - Arabiston dengizi sohilida joylashgan Karachining aholisi necha kishidan ortiq? J: 15 mln. kishidan ortiq
Pokistonning boshqa yirik shaharlari qaysilar? J: Laxor, Feysalabad, Ravalpindi.
Aholining necha % ga yaqin qismi panjobliklarga tog'ri keladi? J: 45 % ga yaqin qismi
Aholining milliy tarkibida qaysi millatlarning ulushlari ham sezilarli? J: pushtunlar, sindlar, balujlarning ulushlari
Pokiston iqtisodiyoti qanday davlatdir? J: tez o'sayotgan industrial-agrar davlat
Sanoatining yetakchi tarmog'i qaysi? J: yengil sanoat
Ayniqsa qaysi sanoati eksportbop mahsulotni katta hajmda ishlab chiqaradi? J: to'qimachilik sanoati
Qishloq xo'jaligining asosiy tarmog'i dehqonchilik bo'lib, nimalar yetishtirishga ixtisoslashgan? J: bug'doy, sholi, shakarqamish, paxta yetishtirishga.
Mamlakat eksporti tarkibida nimalar yetakchi o'rinlarga ega ? J: gazlamalar, sholi, paxta, charm mahsulotlari, gilamlar yetakchi o’rinlarga ega.
MAVZU: XITOY XALQ RESPUBLIKASI.
Xitoy Xalq Respublikasi qaysi regionda joylashgan? J: Sharqiy Osiyoda
Qirg'oqlari sharqdan qaysi okean dengizlari bilan yuviladi? J: Tinch okean dengizlari bilan
Xitoy quruqlikda nechta davlat bilan chegaradosh? J: 15 ta
Jahonning eng qadimiy va yirik davlatlaridan hisoblanadigan hozirgi Xitoy nechanchi yilda tashkil topgan? J: 1949-yil 1-oktabrda Xalq Respublikasi sifatida tashkil topgan.
Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti qaysi shahar? J: Pekin shahri
Xitoy Xalq Respublikasining yer maydoni qancha? J: 1394 mln km 2
XXR jahon mamlakatlari orasida hududining kattaligi bo'yicha nechanchi o’rinda turadi? J: 3-o’rinda
Xitoy aholi soni va ishlab chiqarish hajmi bo'yicha esa nechanchi o'rinni egallaydi? J: 1- o'rinni
Dostları ilə paylaş: