Mavzu№1: Korxona jihozlari fanining predmet va vazifalari



Yüklə 17,48 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü17,48 Kb.
#182264
1 mavzu


Mavzu№ 1: Korxona jihozlari fanining predmet va vazifalari

Reja:

1.Uskunalar tarixi va rivojlanish tendensiyalari.
2.Noorganik moddalar ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladigan uskunalar to‘g‘risida umumiy ma'lumotlar.
3.Uskunalarni ishlatish sohasidagi respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy isloxatlar natijalari, xududiy muammolar va ilm-fan, texnika va texnologik yutuqlar.
4.Fanning vazifasi.

Uskunalar tarixi va rivojlanish tendensiyalari.


Kundan kunga kimyo sanoati mahsulotlariga talab ortib bormoqda. Ayniqsa, jonajon O‘zbekistonimizning yanada gullab yashnashida kamyob sanalgan metall va yog‘och materiallar o‘mini polimerlar egallayotganligi, kimyo texnologiyasida ishlab chiqarilayotgan xalq iste’mol mollari turlarining oshib borayotganligi muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning miqdori va sifati avval bor qo‘llanilayotgan uskunalarning samarali va ishonchli ishlashiga bog‘liq.
«Korxona jihozlari» fani kimyo texnologiyasida, nometall va bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan jihozlarning tuzilishi va ishlash prinsipini ularni loyihalash hamda takomillashtirish usullarini o‘rganadi. «Kimyoviy texnologiya» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olgan har bir mutaxassis kimyo texnologiyasi uskunalarini tizimini va ishlash prinsipini ularni to‘g‘ri eksplutatsiya qilishni va hisoblashni bilishi lozim. Bunga ular «Korxona jihozlari» fanini chuqur o’zlashtirish bilangina erishishlari mumkin. Fanni o‘qitishda unga ajratilgan soatdan kelib chiqib jihozlarning qaysi texnologiya tarkibiga kirishiga qarab emas balki qo‘llanish maqsadiga qarab ular turlariga bo‘lingan. Chunki bir xil mashina va uskunalar turli texnologiyalarda qullaniladi. Jihozlarni bunday turlash ularni o‘rganishni osonlashtiradi. Masalan nasoslar, (suyuqliklarni haydovchi mashinalar) ko‘p jinsli sestimalarni ajratuvchi mashina va uskunalar, issiqlik almashtirgichlar va boshqalar. Ba’zi jarayonlarni amalga oshirishda bir necha uskunalarni o‘z ichiga oladigan qurilmalar (bug‘latish, rektifikatsiya va boshqalar) qo‘llaniladi. Ma’ruzalarda bunday qurilmalar va faqat ayrim texnologiyalargagina xos bo‘lgan uskunalar alohida ko‘rib o‘tiladi.
Fanni o‘rganishda barcha umummuxandislik fanlaridan va asosan «Kimyo texnologiyaning jarayonlari va uskunalari», «Kimyoviy texnologiya nazariy asoslari», «Mineral o‘g‘itlar texnologiyasi», «Organik sintez texnologiyasi», «Bog‘lovchi moddalar texnologiyasi», «Soda texnologiyasi» kabi fanlardan olingan bilimlarga tayaniladi.
Noorganik moddalar ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladigan uskunalari to‘g‘risida umumiy ma'lumotlar.
Kimyo texnologiyasi jarayonlarining yuqori bosim va temperaturada amalga oshirilishi, ishlanadigan moddalarning zaharliligi, yong‘inga va portlashga xavfliligi jihozlarning yetarlicha mustahkam germetik bo‘lishini, belgilangan xizmat muddati davomida ishonchli ishlashni talab etadi. Albatta jihozlar ishlab chiqarilganda muhitlarning xossalari va parmetrlari hisobga olingan bo‘ladi. Lekin ularning, ayniqsa mashinalarning mustahkamligi to‘g‘ri eksplutatsiya qilish, vaqtida va sifatli texnik xizmat ko‘rsatishga ham bog‘liq.
Jihozlarning unumdorligi (quvvat) degan ular ishlanadigan moddalarning yoki olinadigan mahsulotning miqdori tushuniladi. Unumdorlikni uskunaning hajmini kattalashtirish yoki ichki qurilmalarni ko’paytirib konstruksiyasini murakkablashtirish tufayli oshirish mumikn. Lekin bu tadbir bir qancha noqulayliklarni to‘g‘diradi: metall sarfi, ishlab chiqarish maydoni, energitek xarajatlar va boshqalar oshadi, ishlatish qiyinlashadi. Shuning uchun jihozlarning konstruksiyasi boshqa barcha sharoitlar bir xil bo‘lgani holda yuqori unumdorlikni ta’minlashi kerak.
Olinadigan mahsulot tannarxi va sifatiga jihozlarning ishlashi ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Chunki ularning yomon ishlashi natijasida xom ashyo, oraliq va oxirgi mahsulotlar qisman yo‘qotilishi mumkin. Masalan: suspenziya tarkibidagi qattiq zarrachalar qimmatli va ularni filtrlash yordamida ajratib olish mo‘ljallangan bo‘lsa, filtrning yomon ishlashi natijasida kristallarni bir qismi filtrat bilan o‘tib ketadi va yo‘qotiladi. Bundan tashqari suyuqlik va gazalrni uzatishda sarflanadigan elektr energiyasi miqdori ham jihozlarning tuzilishiga bog‘liq «Uskunalar va loyihalash asoslari» fanidan ma’lumki asosiy jarayonlar, ularning borish tezligi qaysi qonuniyatlarga bo’ysinishiga qarab turga bo‘linadi. Shunga mos ravishda kimyo sanoatida ishlatiladigan mashina va uskunalarni qo‘yidagi turlarga bo‘lish mumkin va «Korxona jihozlari» fanini o‘rganish ana shunday turlanish bo'yicha amalga oshiriladi:
-gidromexanik mashina va uskunalar (nasoslar, ventlyatorlar, kompressor, tindirgichlar, filtrlar, sentrifugalar, siklonlar va boshqalar);
-issiqlik almashtirishgichlar (isitkichlar, sovitgichlar, kondensatorlar, qaynatgichlar, bug‘latish uskunalari va boshqalar);
modda almashinish uskunalari (absorberlar, rektifikatsiya kolonnalari, ekstraktorlar, adsorberlar, quritkichlar va boshqalar);
-reaktorlar;
-mexanik jarayonlarning amalga oshiruvchi mashinalar (maydalagichlar, saralagichlar va boshqalar);
Mashina va uskunalar ishlash prinsipiga qarab davriy yoki uzluksiz ishlaydigan bo‘lishi mumkin. Davriy ishlaydigan jihozga to‘xtab turgan paytida xom ashyo kiritiladi va keyin ishga tushiriladi. Materialga ishlov berilgandan keyin uskuna to’xtatilib mahsulot chiqarib olinadi. Shunday qilib davriy uskunada xom ashyoni kiritish, uni ishlash va mahsulotni chiqarib olish turli vaqtlarda amalga oshiriladi.
Uzluksiz ishlaydigan jihozlarda esa materialni kirishi, ishlanishi va chiqishi bir vaqtda va uzluksiz davom etadi. Albatta uzluksiz ishlaydigan uskunalarning afzalliklari ko‘p: unumdorligi katta, avtomalashtirish va mexanizatsiyalash qulay, ishlashi barqaror, ixcham va kam xarajat talab qiladi va hakoza.
Bulardan tashqari mashina va uskunalar konstruksiyasiga qarab ham turlarga bo‘linadi. Masalan, issiqlik almashtirgichlarni olsak: kojux - trubali, plastinkali, spiral va hakoza. Uskunalarning konstruksiyasi bo‘yicha turlanishiga kengroq har qaysi bobning o‘zida to‘xtalamiz.
Uskunalarni ishlatish sohasidagi respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy isloxatlar natijalari, xududiy muammolar va ilm-fan, texnika va texnologik yutuqlar.
Yuqorida takidlanganidek kimyo sanoati mahsulotlarini miqdori, sifati va tannarxiga texnologiyada qo‘llanilayotgan jihozlarning konstruksiyasi katta ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p hollarda ishlab chiqarishdagi ayrim uskunalarning unumdorligi olinadigan mahsulot miqdorini chegaralab turadi. Agar shu uskunani takomillashtirib uning unumdorligi oshirilsa ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi oshadi. Suuningdek jihozlarni takomillashtirib xom ashyo va boshqa materiallar sarfini kamaytirishga erishish mumkin. Masalan «Navoiyazot» AJ ammiak ishlab chiqarishdagi soturatsiya minorasini rekonstruksiya qilish katta miqdordagi bug‘ni iqtisod qilishga yoki ammiakli selitra sexidagi tuzli (sokli) bug‘ni yuvish uskunasini takomillashtirish oldin yo‘qotilgan o‘g‘itni ushlab qolib sexning unumdorligini oshirishga olib keldi.
Kimyo sanoati mashina va uskunalari asosan quyidagi yo‘nalishlarida takomillashtiriladi:
*mashina va uskunalarning ishonchliligini oshirish; (avariya yoki boshqa biror saba tufayli ishlab chiqarishni bexosdan to’xtatish juda katta ziyon etkazishi mumkin);
*mashina va uskunalarning ishlashini jadallashtirish;
*uskunalaming o’lchamlarini o‘zgartirmagan holda, ularni takomillashtirish, ya’ni ish yuzasini maksimal oshirish yoki biror bir usul bilan amalga oshirilayotgan jarayonni jadallashtirish hisobiga jihozlarning ishlashini yaxshilash katta samara beradi;
*jihozlarning o’lchamlarini oshirish katta hajmli, ya’ni yuqori unumli uskunalar bir necha kichkina uskunaga qaraganda kam joy egallaydi, quvurlar va ularning jihozlari hamda o’lchov asboblari kamroq qo‘llaniladi; metall kamroq sarflanadi; xizmat xodimlar soni kamayadi.

4.Fanning vazifasi.


« Korxona jihozlari » fanini o‘qitishdan maqsad 60710100 «Kimyoviy texnologiya» (noorganik moddalar) sohasi bo‘yicha bakalavr malaka standartiga javob beradigan yuqori darajali mutaxassis tayyorlashdan, xamda o‘qitilayotgan fanning asosiy maqsadi - asosiy jarayonlarning nazariyasi, ushbu jarayonlarni amalga oshiradigan mashina va qurilmalarning tuzilish prinsiplari va ularni hisoblash uslublarini o‘rgatishdan iborat.
Fanning vazifasi - bu turli xil jarayonlarni hisoblash va taxlil qilish, ularning optimal parametrlarini aniqlash, zarur qurilmalarni hisoblash va loyihalashdan iborat. Undan tashqari, ushbu kursda laboratoriya sharoitidagi jarayon va qurilmalardan sanoat jarayon va qurilmalariga masshtab usulida o‘tish qonuniyatlari ham o‘r ganiladi. Bu qonuniyatlarni bilish, ko‘p tonnalik sanoat jarayon va qurilmalarini loyihalashga yordam beradi. Shu bilan birgalikda soxaning mustaqil Respublikamiz xalk xo‘jaligida, ayniksa kimyo va konchilik sohasida tutgan o‘rni, barcha inson turmush tarzi uchun kerakli bo‘lgan maxsulotlarning kimyoviy jarayoni va qurilmalari texnologiyasi bilan tanishtirish, hamda shu sohani chuqur egallashga nisbatan qiziqish uyg‘otishdir.
Tayanch iboralari:
Jihozlarning ahamiyati, konstruksiyasi, ishlash prinsipi va qo ‘llanish maqsadi, idish, uskuna, mashina, jihoz, mustahkamlik, unumdorlik, tejamkorlik, muhitlarining xossalari, gidrodinamika jihozlar, issiqlik almashtirgichlar, davriy, konstruksiya turlash, ishonlilik, jarayonini jadallashtirish, katta ulchamli uskunalar.

Sinov savollari:


1.«Kimyo sanoati jihozlari» fani nimani o ‘rganadi?
2.Fanni o ‘rganishda qaysi fanlardan olingan bilimlarga tayanailadi?
3.Idish, uskuna, mashina va jihozlar nima?
4.Kimyo sanoati jihozlariga qanday talablar qo ‘yiladi?
5.Jihozlarning unumdorligi nima?
6.Kimyo texnologiyasi jihozlari qanday turlanadi?
Yüklə 17,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin