Mavzu: zamonaviy sharoitida davlat budjeti xarajatlarini samarali ijrosini ta’minlash. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 174,68 Kb.
səhifə1/7
tarix13.12.2023
ölçüsü174,68 Kb.
#174662
  1   2   3   4   5   6   7
ZAMONAVIY SHAROITIDA DAVLAT BUDJETI XARAJATLARINI SAMARALI IJROSINI TA’MINLASH. MUROD BOYMATOV KURS ISHI


MAVZU: ZAMONAVIY SHAROITIDA DAVLAT BUDJETI XARAJATLARINI SAMARALI IJROSINI TA’MINLASH.


REJA:
I. KIRISH
II. ASOSIY QISM
1. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tashkiliy-huquqiy asoslari
2. Davlat budjeti xarajatlari ijrosining hozirgi holati
3. Zamonaviy sharoitida davlat budjeti xarajatlarini samarali ijrosini ta’minlash masalalari va istiqbollari
III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Budjetda markazlashtirilayotgan mablag’lar davlat hokimiyat organlari va mahalliy o’zo’zini boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib, ular davlat va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tegishli funktsiyalar va vazifalarning bajarilishi ta’minlaydi.
Budjetning barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning ijtimoiy sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biridir. Bizning mamlakatimizda zamonaviy budjetni barpo etish mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq boshlangan edi. Bu narsa mamlakat iqtisodiyoti oldida turgan juda keskin o’zgarishlarni amalga oshirish sharoitida sodir bo’lib, ular o’z navbatida, budjetning oldida turgan birinchi darajali vazifalarni ham aniqlab berdi.
Darhaqiqat davlat budjeti xarajatlarining asosiy qismi ijtimoiy sohalarni mablag’ bilan ta’minlashga yo’naltirilgan ekan, avvalo ushbu mablag’lardan foydalanish va davlat budjeti xarajatlari samarali ijrosini ta’minnlash dolzarb masaladir.
Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog‘ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi. 1
Istiqlolimizning tarixiy nuqtai-nazardan qisqa yillarida budjet masalalarida juda katta yutuqlarga erishilganiga qaramasdan, hamon bu erda muammolar mavjud. Budjet xarajatlarining qiyinchiliklar evaziga shakllantirilayotganligi, hamma vaqt ham budjet mablag’laridan oqilona foydalanilmayotganligi, budjet defitsiti darajasini belgilangan me’yorlar darajasida ushlab turishning zarurligi ana shunday muammolar qatoriga kiradi.
Mamlakatning budjet tizimi va budjetdan moliyalashtirishni ham takomillashtirishga muhtoj. Aynan shuning uchun ham biz tomondan tanlangan ushbu bitiruv-malakaviy ishi mavzusi bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari: O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti xarajatlarini amalga oshirishdagi muammolarni aniqlash va ularni hal qilish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
- Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishda davlat budjetining ahamiyatini o’rganish;
- Davlat budjeti xarajatlarining asosiy yo’nalishlari va ularning tashkiliy – huquqiy asoslarini o’rganish;
- Davlat budjeti xarajatlarining hozirgi holatini tahlil qilish;
- Davlat budjetidan mablag’ oluvchi budjet tashkilotlarini xarajatlarini to’lashning amaldagi tartibini tahlil etish;
- Davlat budjeti xarajatlarining g’azna ijrosini takomillashtirish masalalarini tadqiq etish;
- Natijaga yo’naltirilgan budjetlashtirish tizimini qo’llash orqali davlat budjeti xarajatlari samarali ijrosini ta’minlashni tadqiq etish;
- mavzuga oid bo’lgan umumiy xulosa va takliflar tizimini ishlab chiqish.
Davlat budjeti xarajatlari ijrosini samarali ta’minlashga qaratilgan amaliytavsiyalardan maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilishi mumkin.

Yüklə 174,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin