Mavzu: yuksak o’simliklarning taksonomik tarixi reja



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix08.06.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126701
1   2   3   4
YUKSAK O’SIMLIKLARNING TAKSONOMIK TARIXI

1.rasm yalpiz 
O‘simliklar sistematikasidagi asosiy taksonomik birlik—tur hisoblanib, u 
tabiatning real hodisasidir. Masalak, na‘matak, olma, do‘lana bular o‘simliklarning 
real turlardir. O‘xshash turlar - turkumga, o‘xshash turkumlar oilaga oilalar esa 
sinfga sinflar esa eng katta taksonomik birlik bo‘limga birlashadi. 
Yer yuzasidagi barcha o‘simliklar shartli ikki guruhga bo‘linadi: 
Tuban o‘simliklar (Thallobinta) va 
Yuksak o‘simliklar (Kormobionta). 
Tuban o‘simliklar tuzilishi jihatdan sodda bo‘lib, tanasi tallom, 
deb atalib
, bir 
hujayrali, koloniya yoki ko‘p hujayrali bo‘lishi mumkin. Barg, poya, ildiz kabi 
qismlarga ega emas. Shuningdek, ma‘lum vazifani bajarishga moslashgan 
to‘qimalarga ham ega emas. Ba‘zibir tuban o‘simliklar mikroskospik bo‘lsa, 
ba‘zilarning tallomi esa 40m. gacha katgalikda bo‘lishi mumkin. 
Tuban o‘simliklar quyidagi bo‘limlarga bo‘linadi: 


1. Bakteriyalar (Vasteriophyta) 
2. Ko‘k - yashil suvo‘tlar (Suanophua) 
3. Yashil suvo‘tlar (Shlorophyta) 
4. Sariq - yashil suvo‘tlar (Хanthophyta) 
5. Хara suvo‘tlar (Sharophyta) 
6. Parrofat suvo‘tlar (Rurrophyta) 
7. Tillarang suvo‘tlar (Shrysopphyta) 
8. Diatom suvo‘tlar (Vasillariophyta) (Diatomophyta) 
9. Qo‘ngir suvo‘tlar (Rhaeophyta) 
10. Qizil suvo‘tlar (Khodophyta) 
11.Miksomitsetlar yoki shilimshiqlar (Myxophyta) 
12.Zamburug`lar (Musorhyta, Funge, Muosota) 
13.Lisheyniklar (Lchtnes)
2-rasm gulli o‘zimlik 
Yuksak o‘simliklar barg, poyali o‘simliklar yoki kormofitlar deb ataladi. Yuksak 
o‘simliklar maxsus, ma‘lum vazifalarni ba-jarishga moslashgan turlb to‘qimalarga 


(o‘tkazuvchi, mexanik, hosil qiluvchi va boshqalar) va haqiqiy ildiz, poyalarga 
ega. 
Yuksak o‘simliklar quyidagi bo‘limlarga bo‘linadi. 
1.Moxlar bo‘limi (Vryephyta} 
2. Rinofitlar (psilofitlar) bo‘limi (Rhyniorhyta) 
3.Plaunlar bo‘limi (Lycopodiophyta) 
4.Qirqbo‘g`imlilar bo‘limi (Yeuisetophyta) 
5. Poporotniklar yoki qirqquloqlar bo‘limi (Rteriophyta) 
6.Ochiq 
urug`lilar 
yoki 
qarag`aylar 
bo‘limi 
(Sumnospermfs, 
Rinophyta) 
7.Gulli o‘simliklar yoki magnoliofitlar bo‘limi (Anthophyta yoki Magnoliophyta). 
Tuban o‘simliklarning birinchi olti bo‘lim vakillarida xlo-rofil bo‘lib, shunga ko‘ra 
ular yorug`likda {SO
2
} karbonat angidrid-ni o‘zlashtirib mustaqil ravishda 
oziqlanadi va shu belgilariga asosan ular ko‘pincha "suv o‘tlari" degan umumiy 
nom bilan ham ay-tiladi. Bu esa ularning yashash joylari yoki yashash sharoita suv 
ekinligidan dalolat beradi. Suvo‘tlari jumlasiga kiradigan 6 bo‘lim o‘z filogeneziga 
ko‘ra mustaqil bo‘lishlaridir. 
Tuban o‘simliklarning oxirgi 3 bo‘limida - bakteriyalar, miksomitsetlar va 
zambrug`larda xlorofil bo‘lmaydi, ular foto-sintez qilish xususiyatiga ega emas
ular saprofit yoki parazit holida tayyor organik modda hisobiga yashaydi. 
Filogenetik sistematikada "bo‘lim" deyilganda ayrim evol-gatsiya shoxlari bilan 
ularning hamma tarmoqlari yoki o‘sha shox-larning uzoq tarixiy taraqqiyot 


bosqichlariga 
mos keladigan va yangi
, o‘ziga hos yashash sharoitlarida hayot 
kechirishga moslanish mu-nosabati bilan tuzilishning tubdan o‘zgarishi jihatidan 
avvalgi va kelgusi bosqichlardan ajralib turadigan qismlar tushuniladi. 
Yuksak o‘simliklarning guli o‘simliklar bo‘limidan boshqa hamma bo‘limlari, 
avvallari "arxegoniyli o‘simliklar" - deb, ham nomlangan. Chunki, ular urg`ochi 
jinsiy organlari ko‘p hujayrali bo‘lib "arxegoniy" - deb nomlangan. 
Gulli yoki yopiq urug`li o‘simliklar esa urug`chi — deb ataluvchi jinsiy organga 
ega bo‘lib, u birikib o‘sgan bir nechta meva bargdan iborat va urug`chi ichida 
urug`kurtaklar joylashgan bo‘lib, urug`lanishdan keyin urug` hosil bo‘ladi Shuning 
uchun ham bu bo‘limdagi o‘simliklar yopiq urug`li o‘simliklar, deb ham 
nomlanadi. Bu bo‘limning asosiy xususiyatlari - ularda jinsiy yo‘l bi lan ko‘payish 
organ - haqiqiy gul bo‘lishidir (gulli o‘simliklar bo‘limi). 
Ochiq (Qarag`aytoifa) va yopiq urug`li (Magnoliyatoifa)lar bo`limi. 
Yer yuzida ochiq urug`li o`simliklarning 660 ga yaqin turi borligi aniqlangan. 
Shulardan 18 turkumga mansub 40 ta turi O`zbekiston hududida uchraydi.. 
Ochiq urug`li o`simliklar bo`limi daraxt va butalardan tashkil topgan. Ular 
urug`lardan ko`payadi. 
Ochiq urug`li o`simliklarning urug`lari gulli o`simliklarnikiga o`xshash meva 
ichida yopiq holda emas, balki maxsus qubbalarda oshiq holda yetishadi. Shuning 
uchun ham ular ochiq urug`li o`simliklar deyiladi. 
Ochiq urug`li o`simliklarga misol qilib archa, saur, qarag`ay va qorqa qarag`ay 
kabi o`simliklarni keltirish mumkin. 
Hozirgi vaqtda Yer sharini qoplagan o`simliklarning asosiy qismini yopiq urug`li 
o`simliklar tashkil qiladi. 


Yopiq urug`lilar o`simliklar olamining boshqa guruhlariga qaraganda har 
taraflama, ancha murakkab tuzilgan. Ular gulli o`simliklardir. 
Bu bo‘limning ba‘zi bir vakillari juda katta gigant daraxtlar bo‘lib, bo‘yi 100 
metrdan ham baland bo‘ladi (gigant evkalipt). Shu bilan birga ba‘zi vakillar juda 
ham mayda-kichkina, kattaligi 1 mm gacha bo‘lishi mumkin.(suvda suzuvchi-
ryaska o‘simligi). 
Gulli o‘simliklar bo‘limi daraxt, buta, chalabuta ko‘p yillik va bir yillik o‘t 
o‘simliklari bo‘lishi bilan birga, tropik o‘rmonlarda chirmashib o‘suvchi 
vakillariga, shuningdek epifit o‘simliklariga ega. Umuman olganda, bu bo‘lim 
vakillari 100 mli. yildan ortiq yil moboynida quruqlikda ustunlik, xukumronlik 
qilib kelmoqda. 
Bu bo‘lim oz bo‘lsada saprofit va parazit holda 
yashovchi va-killarga ham ega

yopiq urug`li o‘simliklar urug`i meva ichida bo‘lishi, changi va urug`chiga ega 
bo‘lgan gulning bo‘lishi, ularning xilma-xil yo‘llar bilan changlanishi, ko‘sh 
urug`lanishning kuza-talishi va shuningdek urug` kurtakning urug`ga, 
tugunchaning esa mevaga aylanishi kabi o‘ziga hos belgilariga egadirlar. 
Zamonaviy botaniklarning ko‘pchiligi gulli o‘simliklar mo-nofiletik yo‘l bilai kelib 
chiqqan deb xisoblaydilar. 
Gul yoki yopiq urug`li o‘simliklarning kelib chiqish haqida ikki nazariya mavjud. 
Bular ichida eng qadimiysi, XX asrda Avstraliyalik botanik Rixard Vetteshteyn 
toyonidan taqdim etilgan psevdang-soxta gul nazariyasidir. Bu nazariyaga asosan-
gul efedranomalar, gayetnamolar qabilasiga mansub bo‘lgan erkak va urg`ochi 
gullalardan (to‘pgulidan) vujudga kelgan (mayda ko‘rimsiz gullar). 
Ikkinchi nazariya esa-evant (haqiqiy gul) nazariyasi, bo‘lib bunga asosan gul, 
bennetshtsimonlarning shakli o‘zgargan strobilidan iborat bo‘lib, o‘qning uchki 
qismining shakli, vazifasi o‘zgarib gul kosagacha aylangan (gullar yirik, gul 
kosachalarga ega). 


Haqiqiy gul yopiq urug`lilardan boshqa o`simlik guruhlarining hech birida 
bo`lmaydi. Haqiqiy gul gulqo`rg`on, changchi va urug`chidan tashkil topgan. 
Yopiq urug`li o`simliklarda urug`kurtak ochiq urug`lilardagiga o`xshash qubba 
tangachalari 
ustida ochiq holda emas
, balki urug`chining tugunchasi ichida, 
tuguncha devoir bilan uralgan holda yetishadi. 
Changlanish va urug`lanishdan so`ng urugkurtakdan urug, tugunchadan esa meva 
hosil bo`ladi. Demak, yopiq uruglilarning urug`I meva ichida yetishadi. Shuning 
uchun ham bu o`simliklar yopiq urug`lilar deb ataladi. Tugunchalar ichida 
yetiladigan urug`kurtaklar va meva ichida rivojlanadigan urug`lar muhitning 
noqulay sharoitidan: sovuq va ortiqcha issiqdan, qurg`oqchilik va ortiqcha 
namlikdan, zararkunanda va kasalliklardan myaxshiroq himoyalangan bo`ladi. 
Bu bo`limga xos eng muhim belgilardan biri qo`sh urug`lanishdir. 
Yopiq urug`li o`simliklar urug`ining yaxshi, sog`lom rivojlanish, tez va oson 
tarqalishi va o`sish xususiyatini tez yo`qotmasligi tufayli o`simliklar olamida asta-
sekin hukumronlik qila boshlagan. 
Yopiq urug`li o`simliklarning ichki tuzilishi ham ancha murakkab. Masalan, 
ularning idiz, poya va barglaridagi o`tkazuvchi to`qimalari uzun, yog`ochlashgan 
o`lik hujayralardan tashkil topgan naychalardan iborat. 
Yopiq urg`li o`simliklarning hayotiy shakllari har xil. 
Ular ichida bir yillik
, ikki 
yillik, ko`p yillik, chlabutalar, buta va daraxtlar mavjud. 
Hozirgi vaqtda fanga yo`piq urug`li o`simliklarning 250.000 dan ortiq turi ma`lum. 
Bu boshqa barcha o`simlik guruhlari turlarining umumiy soniga teng demakdir. 
Odamlar qadim zamonlardan beri o`simliklardan yem-xashak, oziq-ovqat sifatida, 
bo`yoqbor, dorivor va ziravor o`simlik sifatida foydalanib keiganlar. O`rta Osiyo 
olimlari Ibn Sino va Al Beruniy bundan deyarli ming yil ilgari o`zlarining 


tibbiyotga doir mashhur sarlarida yopiq urug`lilarga oid juda ko`p dorivor 
o`simliklar haqida ma`lumot keltirganlar. 
O‘zbekiston hududida 4500 ga yaqin yopiq urug‘li o‘simliklar o‘sadi. Shulardan 
3700 ga yaqini ikki urug‘pallalilar sinfiga kiradi. 
Shunday qilib
, yopiq urug‘li o‘simliklarga gul, meva va urug‘ga ega bo‘lgan o‘t, 
yarimbuta, buta va daraxtlar kiradi. 
Madaniy o‘simliklarning ko‘pchiligi yopiq urug‘li o‘simliklarga kiradi. 
Yopiq 
urug‘li 
o‘simliklar 
katta 
ikki 
sinfga 
bo‘linadi. 
1.Ikki pallalilar yoki magnoliyasimonlar (Magnolipipsida). 
2.Bir pallalilar yoki lolasimonlar (Monocotyledonese, Liliopcida). 
Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfiga 340 ta oilaga mansub 175 000 dan ortiqroq 
o‘simlik turlari kiradi. O‘zbekistonda bu sinfga 138 oilaga kiruvchi 37000 ga yaqin 
tur uchraydi. Ikki urug‘pallali o‘simliklarga: 
1. Ra`nodoshlar oilasi 
2. Karamdoshlar oilasi 
3. Sho‘radoshlar oilasi 
4. 
Gulxayridoshlar oilasi
 
5. Burchoqdoshlar oilasi 
6. Ituzumdoshlar oilasi 
7. Tokdoshlar oilasi 
8. Qovoqdoshlar oilasi 


9. Ziradoshlar oilasi 
10.Qoqio‘tdoshlar oilalari kiradi. 
Bu sinflar o‘rtasidagi farq asosan quyidagi belgilar bilan aniqlanadi: 
Ikki urug‘pallali o‘simliklarning asosiy farqlari. 
Ikki urug‘palli o‘simliklar sinfi (magnoliyasimonlar). 
1.Murtagi ikki urug‘pallali. Unayotgan o‘simlik tuproqdan ikkita urug‘pallabarg 
bilan chiqadi. 
2. Murtak ildizchasidan hosil bo‘lgan asosiy ildiz uzoq muddat yoki o‘simlik 
hayotining oxirigacha saqlanib qoladi. 
3. Barg yaprog‘i tomirlangan (patsimon yoki panjasimon). 
4. Poyasi kambiyli, yo‘onlasha oladi. 
5. Ko‘pincha gulqo‘rg‘oni murakkab gulkosachabarg va gultojbarglari halqada 4 -5 
tadan o‘rnashgan. 
Bir urug‘pallali o‘simliklarga: 
1.
Loladoshlar oilasi 
2.
Piyozdoshlar oilasi 
3.
Bug`doydoshlar (boshoqdoshlar) oilalari kiradi. 


Bir 
urug‘pallali 
o‘simliklarning 
asosiy 
farqlari. 
1.
Murtagi faqat bitta urug‘pallali. Unayotgan o‘simlikda bitta urug‘pallabarg 
bo‘lib, u yer ostida qoladi. 
2.
Murtak ildizchasidan hosil bo‘lgan asosiy ildiz tezda nobud bo‘ladi, uning 
o‘rnini esa murtak poyasidan o‘sib chiqqan bir to‘p qo‘shimcha ildizlar 
egallaydi. 
3.
Barg yaprog‘i yoysimon yoki parallel tomirlangan. 
4.
Poyasi kambiysiz, yo‘g‘onlasha olmaydi. 
5.
Gulqo‘rg‘oni oddiy, gultojbarglar halqada 3 tadan o‘rnashgan. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin