Mavzu: Xamirning barcha turlari va undan tayyorlanadigan mahsulotlar Reja



Yüklə 5,85 Kb.
tarix14.06.2023
ölçüsü5,85 Kb.
#130085
Somsa va xamir turlari-fayllar.org


Somsa va xamir turlari

Mavzu: Xamirning barcha turlari va undan tayyorlanadigan mahsulotlar

Reja:


  • 1. Xamir turlari va uning xususiyatlari.

  • 2. Xamir tayyorlash bosqichlari.

  • 3. Somsa tayyorlash.

  • 4. Xulosa

Qatlamali xamir turlari.

Oshirmali:

Bunday xamir xamirturush va yog’ hisobiga ko’tariladi. Pishirish vaqtida yog’ bug’lanib ketadi va qavatlar hosil bo’ladi. Xamirturush solingan xamir boshqalariga nisbatan yumshoqroq chiqadi. Bunday xamirdagi qavatlar unchalik ham yaxshi ko’rinmaydi. Oshirma qatlamali xamirlar bulochkalar va har xil shirin pishiriqlar, masalan gulli qatlamalarga to’g’ri keladi.

Xamirturushsiz:

Bunday xamir faqat yog’ hisobiga ko’tariladi va biroz quruqroq chiqib, uning qavatlari yaqqol ko’rinib turadi. Bunday xamir qatlamali pishiriqlarga juda yaxshi, masalan «Napoleon» torti, somsa va qatlamarda. 

Tez pishar:

Bunday xamir tig’iz paytda, ya’ni muzlatgichda saqlashni talab qilinmaydigan shoshilinch vaziyatlarda yaxshi bo’lib, juda qo’l keladi. Uni muzdek suvda, muzdek sariyog’ bilan aralashtirib qorishadi. Shu sabab ham uni sovutgichga qo’yish shart emas. U qatlamali xamirning boshqa turlariga nisbatan, biroz qattiqroq chiqadi. Lekin bunday xamirdan somsa va har xil pishiriqlar ham pishirishadi. 

Pechenye xamiri.


  • Pechenye xamiri- Italiyaning ixtirosi, shakar, un va tuxumni tayyorlash uchun xamir xamiri. Ushbu xamir tarkibidagi asosiy tarkib shakar va un bilan 5: 0.5: 0.5 nisbati bilan qovurilgan tuxum hisoblanadi. Xamirni yamoqqa tayyorlash uchun oq va sariqlarni alohida-alohida qirqib tashlash kerak: sariq shakar bilan, oq esa hech qanday qo'shimchalarsiz, so'ngra sarig'i bilan unni yutib, oq suyuqliklarga quyiladi. Xamir moylangan shaklga quyiladi va 180-200 darajada pishiriladi.

Xamir tayyorlash bosqichlari.


  • Un quruq elangan bo’lishi kerak.

  • Suyuqlik- sut, qatiq yoki suv. Qatiq solib qorilgan xamir yaxshi va tez oshadi. Xamir suyuq bo’lib qolmasligi uchun ozgina tuz solinadi.

  • Shakar- xamir qorishda mayda shakar ishlatiladi. Qand yoki yirik shakarni ishlatishdan oldin eritiladi. Ortiqcha shakar solingan xamir og’r bo’lib, oshishi qiyinlashadi va pishishiga yaqin yoyilib ketadi.

  • Tuxum- sarig’i xamirni yaxshi oshirib, og’rlashtiradi. Tuxum o’rnida tuxum kukuni ishlatish ham mumkin (1dona tuxumga 1-osh qoshiq tuxum kukuni bilan 3 osh qoshiq suv to’g’ri keladi)

  • Yog’, sariyog’, margarin, o’simlik, hayvon yog’lari- qo’shilgan xamir yumshoq bo’ladi. Ortiqcha yog’ qoshilsa ham xamirning oshishi qiyinlashadi.

  • Opara. Iliq suv(yaxshisi sut)ga 1 choy qoshiq drojja va 1 osh qoshiq shakar qo’shilib, yaxshilab aralashtiriladi, so’ng unsolib, qaymoq holiga kelguncha aralashtiriladi. Tayyor bo’lgan eritma oshishi uchun bir oz vaqt olib qo’yiladi. Bu masalliq xamirni yaxshi oshiradi.

  • Tuz. Tuzni xamir qoriladigan suyuqlikda eritish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, tuzni oparga ham qo’shish mumkin emas. 1 kg un yoki 0,5 l suvga 10 g, o’tkirroq mahsulot uchun 20 g tuz solinadi. Chunki tuz oshish jarayoniga salbiy tasir ko’rsatadi.

Somsa tayyorlash


  • Somsa uchun xamirni tayyorlash uchun 250 ml iliq suvga (bir stakan) ga 5 gramm tuz qo’shib, aralashtiring. Stolga yoki idishga 500 gramm unni elab soling, tuzlangan suvni qo’shib, oddiy xamir qoring.

  • Xamirni zuvala qilib, ustini idish bilan yoping va 20-30 daqiqaga dam olishga qoldiring.

  • 20 daqiqadan so’ng, xamirni to’rtburchak shaklda, 0,5 mm qalinlikda qilib yoying. Bu qavatli xamir o’ziga xosdir. Bunda klassik fransuzcha xamirdan farqli o’laroq, qatlamlar stolga perpendikulyar bo’ladi.

  • Yoyilgan xamirga 100 gramm eritilgan yog’ yoki sariyog’ yoki margarin surting.

  • Yog’langan xamirni zich rulet qilib o’rang va 18 ta teng qismga bo’lib oling.

Somsa tayyorlash


  • Kesilgan xamirning har bir qismini ko’ndalang qilib qo’yib, kaft bilan bosib, kulchacha shaklini bering. Somsa uchun xamir bo’lakchalarini taxtaga qo’yib, ustini plyonka bilan yopib, yarim soat muzlatgichga yoki ikki soat sovutgichga qo’ying.

  • Somsa uchun go’shtli nachinka tayyorlash uchun 0,5 kg piyozni kubik shaklida to’g’rab oling, 0,5 kg go’shtni ham tomonlari 0,5 sm bo’lgan kubik qilib kesib oling, xohishga ko’ra go’shtni qiymalagichda maydalab olish yoki aksincha, yirikroq qilib to’g’rash ham mumkin.

  • Idishga go’sht va piyozni soling. Nachinkaga bir choy qoshiq tuz va bir choy qoshiq murch qo’shing, ta’bga ko’ra bir choy qoshiq maydalangan zira qo’shish ham mumkin. Barchasini yaxshilab aralashtiring, so’ng ustini yopib, chetga olib qo’ying.

  • Sovutgichdan somsa uchun tayyorlangan xamirlarni olib, har birini qalinligi 1 ml bo’lgan yupqa doira qilib yoyib oling. Har bir doirachaning o’rtasiga qiyma qo’yib, uni teng qilib taqsimlang.

Somsa tayyorlash


  • Xamirni uch tomonidan bir-birini ustiga qo’ygan holda navbati bilan qiyma ustiga ko’tarib tuging, unga uchburchak shaklini berish lozim. So’ng uchta burchagini ham alohida qatlab, bukish kerak.

  • Somsa pishirish listiga chokini pastga qaratgan holda teriladi. Yuzasiga tuxum sarig’i surtiladi, xohishga ko’ra kunjut sepish mumkin.

  • Qatlamli somsa 30 daqiqa davomida 180-200 °C haroratda oldindan qizdirilgan pechda pishiriladi.

  • Tayyor bo’lgan somsa dasturxonga issiqligida tortiladi.


http://fayllar.org
Yüklə 5,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin