Mavzu: Xalqaro valyuta tizimining shakllanishi va rivojlanishi mundarija kirish i-bob valyuta va valyuta haqida tushuncha



Yüklə 376,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix01.08.2023
ölçüsü376,35 Kb.
#138318
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xalqaro valyuta tizimining shakllanishi va rivojlanishi




 
Mavzu: Xalqaro valyuta tizimining shakllanishi va rivojlanishi
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………….2
I-BOB VALYUTA VA VALYUTA HAQIDA TUSHUNCHA………………4
1.1Valyuta va valyuta munosabatlari tushunchasi…………………………...4
1.2 Valyuta va ularning asosiy ishtirokchilari………………………………..6
II-BOB JAHON VALYUTA TIZIMINING RIVOJLANISH 
BOSQICHLARI…………………………………………………………….….11
2.1Xalqaro valyuta munosabatlari va valyuta tizimi, jahon valyuta tizimining 
rivojlanish bosqichlari………………………………………………………….11
2.2Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari……………………………24
XULOSA…………………………………………………………………………30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………….32



KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi:
Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini zamonaviy 
modernizatsiyalash 
bosqichida 
mamlakatning 
xalqaro 
valyuta-kredit 
munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish borasida katta yutuqlarga erishildi. 
Xususan, tashqi savdo aylanmasining ijobiy salьdosi taʼminlandi, xalqaro moliya 
institutlari bilan samarali hamkorlik yoʼlga qoʼyildi. Eng muhimi - davlat tashqi 
qarzining 
meʼyoriy 
darajadan 
oshib 
ketishiga 
yoʼl 
qoʼyilmadi.
Bozor iqtisodiyotini asoslarini yaratish va rivojlantirish borasida amalga 
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tobora rivojlanish va byudjet munosabatlariga 
ta’sir etishining muhim omili bo`lgan byudjet va moliya tizimi ham shu tarzda 
isloh etishni, uning barqarorligi va samaradorligini oshirishni talab qiladi.
Dunyo miqyosida xalqaro valyuta-kredit munosabatlari sohasida jiddiy, 
olamshumul oʼzgarishlar yuz bermoqdaki, mazkur holat halqaro valyuta-kredit 
munosabatlariga bagʼishlangan yangi ilmiy tadqiqotlar olib borish, darsliklar va 
oʼquv qoʼllanmalar yozish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.Soʼnggi yillarda 
xalqaro valyuta munosabatlarida sezilarli oʼzgarishlar kuzatildi: jumladan, tashqi 
bozorlardagi valyutalar va ularning tovar taʼminoti oʼrtasidagi aloqadorlik 
yoʼqoldi; bozor ishtirokchilari uchun valyutalarning likvidliligi, ularning tovarga 
ayirboshlash qobiliyatidan koʼra muhimroq ahamiyat kasb eta boshladi; 
mamlakatlarning toʼlov balansidagi kapitallar va kreditlar harakati joriy 
operatsiyalar harakatidan hajm boʼyicha koʼpayib, oʼrnini almashtirdi; rezerv 
valyuta maqomi uchun rivojlangan mamlakatlar oʼrtasida raqobat kuchaygani 
kuzatildi. Har bir davlat oʼz valyuta kursi rejimini barqarorligini taʼminlash uchun 
yuqori likvidlilikka ega boʼlgan xorijiy valyutalarni zaxira sifatida yigʼishlariga, 
zarurat tugʼilganda esa, ular hisobidan kurs shakllannishi jarayoniga 
aralashishlariga 
toʼgʼri 
keldi.
Shu kabi holatlar xalqaro valyuta tizimida keskin islohotlarni taqozo etadi. Hozirgi 
kunda, jahon moliya tizimiga kriptovalyutalarni taʼsirini, ularni tebranuvchanligini 
prognoz qilish va kelajakdagi istiqbolini oʼrganish maqsadida oʼnlab, yuzlab 
tadqiqotlar 
amalga 
oshirilmoqda.




Yüklə 376,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin