Mavzu: uzoq muddatli iqtisodiy o’sish modellari. Reja: Iqtisodiy o'sish omillari va tiplari


Iqtisodiy о‘sishning E.Domar modeli



Yüklə 20,99 Kb.
səhifə2/3
tarix30.09.2023
ölçüsü20,99 Kb.
#150840
1   2   3
Iqtisodiy o\'sish omillari va tiplari Iqtisodiy o\'sishning E. Dom-fayllar.org

. Iqtisodiy о‘sishning E.Domar modeli
Iqtisodiy о‘sish modellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli kо‘payishini taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi. Boshqa iqtisodiy modellar singari iqtisodiy о‘sish modellari ham real jarayonlarni mavhum va soddalashgan kо‘rinishda, shartli tarzda grafiklarda va tenglamalarda aks ettiradi.
Iqtisodiy о‘sishning keynscha va neoklassik modellari mavjud.

Keynscha modellarning mohiyati quyidagicha asoslanadi:
ularning barchasi Keynsning yalpi talab tо‘g‘risidagi bosh g‘oyasiga tayanadi. Ya’ni ularni tuzishda mualliflar iqtisodiyotni uzoq muddatli mutanosib rivojlanishining hal qiluvchi shart – yalpi talabni oshirish deb qaraladi;
iqtisodiy о‘sishning asosiy omili investitsiyalar hisoblanadi, boshqa ishlab chiqarish omillari e’tiborga olinmaydi.
Keynscha iqtisodiy о‘sish modelidan farqli va soddaroq model 40-yillarda E.Domar tomonidan taklif etilgan. Keyns о‘z tahlilida investitsiyalarnig yalpi talabga ta’sirini о‘rgangani holda, yalpi taklifga ta’sirini kо‘rib chiqmaydi. Undan farqli tarzda Domar modelida mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud, bu baholarni barqaror holatda ushlab turadi, investitsion lag (Lag kapitalnix vlojeniy – razriv vo vremeni mejdu kapitalnimi vlojeniyami v proizvodstvo i polucheniyem ekonomicheskogo effekta. Ishlab chiqarishga kiritilgan investitsiyadan olinadigan samaradorlikning namoyon bо‘lishi uchun ketgan vaqt) «0» ga teng, kapital quyilmalarning chegaraviy unumdorligi doimiy deb olinadi.
E.Domar investitsiyalarni ham talab ham taklif omili deb qaraydi. Ya’ni, investitsiyalar nafaqat multiplikativ ta’sir kо‘rsatib yalpi talabni oshiradi, balki ishlab chiqarish quvvatlarini yuzaga keltirib, ishlab chiqarishni rivojlantiradi, tovarlar taklifini oshiradi – degan fikrni olg‘a suradi. Shunday ekan, yalpi talabning о‘sishi yalpi taklifning о‘sishiga teng bо‘lishi uchun investitsiyalar qanday о‘sishi kerak degan savol paydo bо‘ladi. Bu savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani о‘z ichiga olgan tenglamalar sistemasini tuzadi, bu:
  1. taklif tenglamasi;


  2. talab tenglamasi;


  3. talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama.





1. Taklif tenglamasida investitsiyalar ishlab chiqarish omillarining qanchaga qо‘shimcha о‘sishini kо‘rsatadi. Agar berilgan sharoitda investitsiyalar I о‘ssa, yalpi ishlab chiqarish DKα miqdorga о‘sadi, ya’ni: DYs= DKα
DK investitsiyalar hisobiga ta’minlanganligi uchun tenglikni: DYs= Iα deb yozish mumkin. Bunda, α – kapital quyilmalar (investitsiyalar)ning chegaraviy unumdorligi. Agar bir yilda yalpi ishlab chiqarishni 1 mlrd. sо‘mga oshirish uchun 4 mlrd sо‘m investitsiya talab etilsa α=0,25 bо‘ladi. α=DYs / I bir sо‘mlik investitsiya hisobiga yaratilgan yangi mahsulot miqdorini kо‘rsatadi.



Yüklə 20,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin