Mavzu: Undosh tovushlar. Mavzuga oid tayanch tushunchalar


Mashg’ulotning texnologik xaritasi



Yüklə 171 Kb.
səhifə3/3
tarix02.01.2022
ölçüsü171 Kb.
#38063
1   2   3
2 sinf undosh tovushlar

Mashg’ulotning texnologik xaritasi

T|r

Mashg’ulot bosqichlari

Bajariladigan ish mazmuni

Bajariladigan ish shakli

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

O’quvchilarni mashg’ulotga tayyorlash. Navbatchi axboroti.

Suhbat.

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

O’tilgan mavzuni takrorlash. Savol va topshiriqlar berib, xulosalash.

Savol- javob.

10 daqiqa

3

Yangi mavzu ustida ishlash

Undosh tovushlar va harflar

Ko’rgazmalilik.

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Yozuv daftari bilan ishlash

Daftar bilan ishlash

10 daqiqa

5

Mashg’ulotni yakunlash va o’quvchilarni rag’batlantirish

Uyga vazifani tushuntirish

Rag’batlantirish.

2 daqiqa



I.Tashkiliy qism: Salomlashish, yo’qlama qilish, o’quvchilarni mashg’ulotga tayyorgarliklarini tekshirish.

II.O’tilgan mavzuni takrorlash:

1. O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.

2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.

III.Yangi mavzu bayoni:

1. O'yin, qo'shiq so'zlarini tovush tomondan tahlil qilish.

2. Birinchi bo'g'inda o', ikkinchi bo'g'inda i tovushi kelgan so'zlarni to'g'ri talaffuz qilish va to'g'ri yozish ko'nikmasini shakllantirish.

31-mashq.

O'quvchilar b, ch, k, j undoshlarini talaffuz qiladilar va suhbat yordamida undosh tovushlarni talaffuz qilganda, havo og'izda to'siqqa uchrashi, shuning uchun shovqin eshitilishi (ch, k) va shovqin bilan birga ozroq ovoz eshitilishi (b, j) ni aniqlaydilar. Undosh tovushlar undosh harflar bilan belgilanishini bilib oladilar.

2. Xulosani Darslikdan o'qish.

3. 32- mashq.

Bu mashqni bajarish bilan tovushning so'z ma'nosini farqlashdagi ahamiyati tushuntiriladi.



III. Muhim beigilariga qarab undosh tovushni unli tovushdan farqlash ko 'nikmasini o 'stirish.

Ikkita so'z tanlab, ular tovush tomonidan tahlil qilinadi va undosh tovush unli tovushdan uch asosiy belgisiga qarab farqlanishi aniqlanadi:

1) talaffuz qilish usuliga qarab (unli tovushni talaffuz qilganda havo og'izda to'siqqa uchramaydi, erkin o'tadi; undosh tovushni talaffuz qilganda esa havo og'izda to'siqqa uchraydi); 2) ovoz va shovqinning ishtirokiga qarab (unli tovush talaffuz qilinganda ovoz eshitiladi; undosh tovush talaffuz qilinganda, asosan, shovqin eshitiladi); 3) bo'g'in hosil qilish xususiyatiga qarab (unli tovushning o'zi bo'g'in hosil qiladi, undosh tovushlar unli tovush bilan birga bo'g'in hosil qiladi); 4) iqtisodiy bilim berish mashqi.

IV. Mashg’ulotni mustahkamlash.

33- mashq. Oila budjeti.

O'quvchilar matnni o'qiydilar. O'qituvchi yordamida matnda nima haqida gap borayotganini tushunib oladilar. So'ngra mashqning grammatik topshirig'i bajariladi.

Xattaxtaga yozilgan to'ti, to'lqin, o'ttiz, qo'shiq, ko'prik, ko'rik so'zlarini o'quvchilaiga o'qitish va to'g'ri yozilishini tushuntirib, so'z diktant yozdirish.
Undosh tovushlar - ogʻiz va boʻgʻiz boʻshligʻida turli toʻsiqlarga uchrab paydo boʻladigan, tarkibi fatsat shovqindan yoki ovoz va shovqindan iborat tovushlar. Ularning talaffuzida havo oqimi sirgʻalib yoki portlab chiqadi. Bu havo oqimi un paychalarini titratib yoki titratmay oʻtadi. Natijada turli jihatdan birbiridan farkli Undosh tovushlar hosil boʻladi. Dunyodagi har bir til oʻziga xos undoshlar tizimiga ega. Tildagi undoshlar tizimi konsonantizm (lot. consonans — undosh tovush) deyiladi. Undosh tovushlar soni turli tillarda turlichadir. Mas, hozirgi oʻzbek adabiy tilida Undosh tovushlar soni 25 ta boʻlsa, boshqa tillarda bundan kam (mas, turk tilida 17 ta) yoki ortiq boʻlishi mumkin. Bu miqdor rus tilida 34 tani, fin tilida 14 tani tashkil etadi.

Undosh tovushlar bir necha jihatdan tasnif qilinadi: 1) ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra; 2) hosil boʻlish oʻrniga (nutq aʼzolarining ishtirokiga koʻra;3) hosil boʻlish usuliga koʻra; 4) palatalizatsiyaga (tilning qattiq tanglay tomon koʻtarilishiga) koʻra. Ushbu tasniflarni hozirgi oʻzbek adabiy tilidagi 25 ta [b, v, g , d, j (jyuri), j (joʻja), d, y, k, l, m, n, ng , p, r, s, t, f, x, s, ch, sh, q, gʻ, h] Undosh tovushlar misolida koʻrib chiqish mumkin.

Ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra, Undosh tovushlar 2 asosiy turga boʻlinadi: sonorlar va shovqinlilar. Sonorlar (m, n, ng , l, r) tarkibida shovqinga nisbatan ovoz ustunlik qiladi. Sh o v qinlilar esa faqat shovqindan yoki shovqinga ovoz qoʻshilishidan qosil boʻladigan Undosh tovushlardir. Ovozning qatnashishi yoki qatnashmasligiga koʻra, shovqinli undoshlar ham 2 ga: jarangli undoshlar va jarangeiz undoshlarga boʻlinadi. Jarangli undoshlar (mas, b, v, g , d, z, y) shovqinga ovoz qoʻshilgan undoshlardir. Jarangeiz undoshlar esa (p, f, k, t, s, sh,4) faqat shovqinning oʻzidan iborat boʻladi.

Hosil boʻlish oʻrniga koʻra, Undosh tovushlar 3 ga boʻlinadi:lab undoshlari lablab undoshlari (p, b, m) va labtish undoshlari (v, f)dan iborat; til undoshlari — til oldi (b, p, d, t), til orqa (k, g), til oʻrta (y) va chuqur til orqa (q, gʻ, x) undoshlaridan iborat; boʻgʻiz undoshi (h).

Hosil boʻlish usuliga koʻra, Undosh tovushlar 4 ga boʻlinadi; portlovchilar — nutq aʼzolarining jipslashuvi va havo oqimi bosimining shu aʼzolarni yorib oʻtishi natijasida hosil boʻladigan p, b, t, d, k, g kabi undoshlar; sirgʻaluvchilar — nutq aʼzolari birbiriga yaqinlashib, havo oqimi shu tor oraliqdan sirgʻalib chiqishi natijasida hosil boʻladigan v, f, z, s, j, sh, x, gʻ kabi undoshlar; titroq tovush — til uchining yuqori milkka tegibtegmay titrashidan hosil boʻlgan r undoshi; affrikata — portlovchi tovush bilan sirgʻaluvchi tovushning yaxlit bitta tovush sifatida talaffuz qilinishidan hosil boʻlgan ch(t+sh), j(d+j), s(t+s) tovushlaridir.

V.Mashg’ulot yakuni:

Mashg’ulot umumlashtiriladi, o’quvchilar baholanadi.



VI. Uyga vazifa: Berilgan mashqni bajarish
Yüklə 171 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin