Mavzu: Umumiy òrta ta'lim maktablarida umumiy kòrinish va yiğish chizmalarida shartliliklar va soddalashtirishlar



Yüklə 55,43 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü55,43 Kb.
#182147
Mavzu Umumiy rta ta\'lim maktablarida umumiy k rinish va yi ish


Mavzu: Umumiy òrta ta'lim maktablarida umumiy kòrinish va yiğish chizmalarida shartliliklar va soddalashtirishlar

Reja:
Kirish



  1. Umumiy ko‘rinish chizmasini detallarga ajratib chizish

  2. Buyumning yig’ish chizmasini tuzish

  3. Oddiy yig'ish chizmalarini o'qish

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
KIRISH
Umumiy ko‘rinish chizmasiga asosan buyum tarkibiga kiruvchi detallarning ish chizmalarini chizish jarayonini detallarga ajratib chizish deyiladi. Bajaruvchilar detallarga ajratib chizish jarayonida oldingi olgan bilimlarini buyumning ish jarayonini aniqlash va ularning tarkibiy qismlarini o‘zaro joylashuvi, buyum va detalning shakllarini taxlil qilishda tadbiq qiladilar. O‘quv jarayonida detallarni chizmasini chizish ish chizmalarini chizishning asosi bo‘lib, ularda detallarning kerakli bo‘lgan ko‘rinishlari, qirqimlari, kesimlari, barcha elementlarni o‘lchamlari ko‘rsatiladi. Biroq detallarning sirtlari sifatiga qo‘yiladigan talablar, o‘lchamlarining aniqliklari hamda turli spesifik talablar ko‘rsatilmaydi.

Detallarga ajratib chizishdagi ketma-ketlik. Detallarga ajratib chizish topshirig‘i umumiy ko‘rinish chizmasidan, uning texnik ta’rifi va savollardan tashkil topgan bo‘ladi. Har bir bajaruvchiga alohida topshiriq varianti beriladi.


Detallarga ajratib chizishni quyidagi tartibda bajarish tavsiya qilinadi:


topshiriq bilan tanishish;


rejalashtirishni ishlab chiqish;


chizmalarni chizish;


o‘lchamlar qo‘yish va chizmani tekshirib chiqish;


chizmalarni qoraytirish.




1. Umumiy ko‘rinish chizmasini detallarga ajratib chizish
Buyum bilan tanishish. Tasvirlangan buyumni tushuntirish matni bo‘yicha chizmasini o‘qish quyidagilardan iborat. Buyumning vazifasi, tuzilishi va ishlash jarayoni, shuningdek, uning tarkibiy qismlarini shakllari va o‘lchamlari, detallarning o‘zaro joylashuvi, biriktirilishi va bir-biriga nisbatan munosabatlarini hamda buyumni yig‘ish va ajratish ketma-ketligini aniqlash va tasavvur etishdan iborat. Barcha detallarning shakllari va elementlari chizmalarini o‘qib ko‘z oldiga keltirishga harakat qilinadi.

Agar ba’zi-bir sabablarga ko‘ra buyumning tushuntirish matni bo‘lmasa, unga o‘xshash buyumni adabiyotlardan topib tushuntirish qismi bilan tanishiladi.


Rejalashtirishni ishlab chiqish. O‘quv jarayonida xamda bir qator ishlab chiqarishlarda chizmalarni bajarish tizimlarini qo‘llab, bitta chizma qog‘oziga bir necha detallarning chizmalari joylashtiriladi.


Detallarning chizmalarini chizishdan avval chizma qog‘ozini rejalashtiriladi, ya’ni chizma qog‘oziga har bir detallar tasvirlari uchun aloxida format ajratilishi lozim. Bu ishni bajarishdan oldin detal shaklini va tuzilishini ifodalashda uchun ko‘rinishlar sonini aniqlab chizma formatlari tanlash tavsiya etiladi.


Chizma formatlari detalning murakkabligiga, ko‘rinishlar soni va masshtabga binoan aniqlanadi. Murakkab detallarning chizma formatini to‘g‘ri tanlash uchun umumiy ko‘rinish chizmasidagi xar bir detalning ko‘rinishlarini kalka qog‘oziga yoki yupqa qog‘ozga chizib olinadi. So‘ngra, bu tasvirlar bo‘yicha ularni ko‘rinishlar sonini iloji boricha kamaytiriladi.


Qolgan tasvirlarda konturdan tashqarida qo‘yiladigan o‘lchamlar uchun joy ajratiladi. Tasvirlarni o‘lchamlariga qarab zonalar bo‘yicha standart format maydonlariga joylashtiriladi.


Barcha chizmalarda chap tomondan tikish uchun 20 mm joy, qolgan tomonlaridan format chegarasigacha 5 mm dan joy qoldiriladi. O‘quv jarayonida sodda detallar uchun A4 formatni teng ikkiga bo‘lib ishlatishga ham ruxsat etiladi.


Butun chizma qog‘ozini rejalashtirish mas’uliyatli bosqich bo‘lib, bu yerda bosh ko‘rinish, ko‘rinishlar soni va formatlar tanlanadi. Noto‘g‘ri rejalashtirilgan hollarda ularga qayta tuzatishlar kiritiladi.


Chizmalarni ingichka chiziqlarda bajarish. Rejalashtirish to‘g‘ri bajarganligini aniqlangandan so‘ng, chizmalarni ingichka chiziqlarda chiziladi. Bajarilgan tasvirlarni to‘g‘ri chizilganini tekshirib bo‘lingandan so‘ng, ularga o‘lcham qo‘yishga kirishiladi.


O‘lchamlar qo‘yish. Ko‘pchilik detallarning chizmalariga o‘lcham qo‘yishni ishlab chiqish detallarni chizmalarini chizishdan ham qiyin bo‘lishi mumkin. Detal elementlarining o‘lchamlari bevosita berilgan topshiriqdagi chizmadan masshtabni e’tiborga olgan holda o‘lchab olinadi. O‘lcham sonlarini qo‘yishda tutashuvchi yuzalarga e’tibor berish kerak, chunki bu o‘lchamlar birikuvchi detallar uchun bir hil bo‘ladi. Qoraytirish. O‘lcham qo‘yishlar to‘g‘ri bajarilganligini aniqlangandan keyin chizmalar qoraytirilib kafedrada o‘rnatilgan tartibga asosan saqlash uchun topshiriladi.


Shtrixlash. Birikmaga berilgan qirqim va kesim hamda ularning yuzalaridagi shtrixlash yo‘nalishi va ular orasidagi masofalarni turlicha tanlash muhim ahamiyatga ega. Yonma-yon joylashgan detallarni bir-biridan farqlash uchun shtrixlash yo‘nalishlari qarama-qarshi bo‘lishi kerak


Chizma — qogʻoz, kalka (qora qogʻoz), taxta, yer sirti va boshqa ga chizilgan loyiha; maxsus chizmachilik asboblari (reysfeder, sirkul, reysmus, reysshina, chizgʻich va boshqalar) yordamida qalam, tush bilan maʼlum qoidalar asosida chizilgan grafik tasvir. Mashinalar, mexanizmlar, bino va inshootlar, vertolyot va samolyotlar, raketa va kosmik kemalar, radio va televizorlar, xullas korxonalarda tayyorlanadigan, qurilish maydonlarida quriladigan narsalar va obʼyektlarning qismlarini tayyorlash, buzilganda taʼmirlash (tuzatish), tekshirish uchun Ch.dan foydalaniladi. Mashinasozlikda qoʻllanadigan Ch. 3 turga boʻlinadi: turkumlab va koʻplab ishlab chiqarish Ch.lari, yakka tartibda ishlab chiqarish Ch.lari va taʼmirlash Chlari. Ch.larda tayyorlanadigan, taʼmirlanadigan va tekshiriladigan narsalarning oʻlchamlari, materiali, vazifasi, aniqlik, tozalik sinflari va boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi. Qurilishdagi Ch. umumiy qoʻrinish Chlari va ishchi (qurish) Ch.lariga boʻlinadi.


Yig’ish chizmalarni xaqida umumiy ma’lumot, yig’ish chizmalarini o’qish.


O’quvchilar o’quv ustaxonalarida yig’im chizmalari xaqida boshlang’ich ma’lumotlar olganlar. So’ngra detallar birikmalarining chizmalari ustida ishlash jarayonida bu ma’lumotlar rivojlantirilgan, chuqurlashtirilgan edi va ayniqsa muximi o’quvchilar eng sodda yig’ish chizmalarini o’qishga o’rganadilar.
Xalq Xo’jaligining turli soxalarida qo’llaniladigan yig’ish chizmalari xaqidagi ma’lumotlarni bundan keyin chuqurlashtirish va kengantirish uchun yetarli darajada bilim va ko’nikma xamda malakalar yaratildi.
Ma’lumki yig’ish chizmalarini muvoffaqiyatli ravishda o’qiy oladigan bo’lish uchun, nazariy materialni bilishdan tashqari, yetarli darajada rivojlangan fazoviy tasavvur ham bo’lishi, o’ziga xos malakalar xosil qilish xam kerak bo’ladi. O’quvchining ma’lum sistemaga rioya qilmasdan chizmani o’qishga kirishishga yo’l qo’yish kerak emas. Yig’ish chizmasini o’qishga ma’lum tartibda kirishsalar unda yig’ish chizmasini tekshirish, uning ma’lumotlarini o’rganish va detallarning tuzilishini birma-bir, asta-sekin aniqlab, butunicha buyum xaqida tasavvur xosil qilish maqsadga muvofiq bo’lsin.
Yig’ish chizmasini o’qish rejasi quyidagilardan iboratdir:
I bosqich. Chizma bilan umumiy tanishtirish
II bosqich. Buyumning asosiy yozuvchi va gabarit o’lchamlqrini o’qish:
1. Buyumning nomi
2. Tasvirning masshtabi;
3. Buyumning gabarit o’lchamlari.
III bosqich. Tasvirlarni o’qish:
1. Buyum tasvirilarining xarakteristikasi.
2. Barcha detallarning miqdori, joylanishi va shakli.
IV bosqich. Buyumning konstruksiyasini o’rganish:
1. Detallar birikmasining turlari.
2. Detallar xarakatining xarakteri.
3. Buyumning konstruksiyasi va tuzilishi.
V bosqich. Chizmaning yozuvlarini va qolgan barcha ma’lumotlarni o’qish:
1. Montaj, moslash va boshqa o’lchamlar.
2. Texnik talablar va boshqa ko’rsatmalar.
Yig’ish chizmalarini o’qishning bu rejasi darslikda keltirilgan reja bilan moslashtirilgan bo’lib, o’quvchilard bunday chizmalarni o’qiy olishni shakllantirish buyich qiladigan ishlarida asos bo’lib xizmat qilishi kerak Chizmani o’qishning yana quyidagi reja tariqasida xam ak ettarish mumkin.
1. Chizma bilan umumiy tanishish.
2. Buyumning nomini va uning masshtabini aniqlash.
3. Chizma qanday tasvirlar berilganini aniqlash.
4. Xar bir detalning shakliii spenifikaniyadan va chizmada berilgan barcha ma’lumotlardan foydalanis o’rganish.
5. Detallarni biriktirish usullarini tekshirish va buyumning xarakatlanuvchi qismlari ishlash vaqtida qanday siljishini aniqlash. Uning tuzilishini taxlil qilish va boshqalardir.
6. O’quvchiga yig’ish chizmasining proeksiyalarini qarab chiqish. Detallar formasi xarakterini va boshqa detallar bilan birikish xarakterini, qo’shimcha ko’rinishlarni va xokazolarni qarab chiqish taklif qiladi.
7. Spetsifikatsiy va ayrim detallarning proeksiyalarini qarab chiqib, o'quvchilar har bir detalning nomini, qanday materialdan tayyorlanganligini va uning markasini bir xil detallar sonini, ularning nomerdarini va xokazalarni aniqlashlari lozim
8.Yig’ish chizmasidagi ayrim qo’shni detallar orasidagi chegaraga jalb qilinadi, bajarilgan bir detalning hamma proeksiyalarda shtrix chiziqlari bir xil yo’nalishga va bu chiziqlar
O’qituvchining vazifasi - o’quvchilarda chizmani o’qishda aqliy xarakatlarning ma’lum tartibda bo’lishini tarbiyalash, ya’ni yig’ish chizmalarini o’qish sistemasini shakllantirishga yordam berishdan iborat.
Yig’ish chizmalarini o’qishda ba’zi maxsus mashqlardan muvaffaqiyatli ravishda foydalanish mumkin. Bu mashq modellashdan iboratdir. Buyum tarkibidagi ayrim detallarni plastilindan, sabzavotlardan, penoplastdan, yog’ochdan va boshqa materiallardan qirqib olish mumkin. Yig’ish chizmasini turli rang bilan bo’yash xam yaxshi natija beradi, bunda ayrim detallarning tasviri turli rang bilan bo’ladi. Bunda chizmani buzib qo’ymaslik uchun shaffof materiallardan foydalanish mumkin.
Yig’ish chizmasini bajarish va o’qishda quyidagilarga e’tibor beriladi.
1. Yig’ish chizmalari haqida umumiy tushuncha berish.
2. Konstruktorlik loyixa xujjatlarida buyum ayrim qismlarining va detallarning konstruktiv tuzilishlari xamda buyumning ishlash prinsipini tushuntiruvchi umumiy ko’rinish chizmalari, loyixaning tushuntirish yozuvlari va boshqa xujjatlar aks ettiriladi.
3. Konstruktiv ish xujjatlariga buyumlar va ularning tarkibiga kiruvchi yig’ish chizmalari kiradi.
4. Asosiy yozuv va yig’ish chizmasining spedifikariyasiga tushuncha berish.
5. Spetsifikasiyani tuzish (xujjatlar: komplekslar, yig’ma birliklar: detallar, standart buyumlar, boshqa buyumlar materiallar, komplektlar va x.z)ga tushuncha berish.
6. Spesifikasiya grafalarida (format, zona, nomi, soni, va b) ga tushuncha berish.
7. Chizmalarda detal buyumlarning nomlarini yozish xaqida tushuncha berish.
8 Chizmalarda detal va buyumdar materialini yozilishi.
9. Chizmalarda detallar va buyumlarning og’irligi.
10. Yig’ish chizmalariga pozisiya nomerlarini qo’yish.
11. Yig’ish chizmalarida qirqimlar va o’lchamlar qo’yishni tushuntirish (gabarit o’lchamlar: o’rnatish o’lchamlar, mantaj o’lchamlari, xarakterli o’lchamlar).
12. Yig’sh chizmalaridagi shartliliklar va «soddalashtirishlarni ko’rsatmali plakatlar yordamida tushuntirish.
13. Asliga qarab yig’ish chizmalarini chizish tartiblar (tayyorgarlik ishlari detallarning eskizini chizish).
14. Yig’ish chizmalarini bajarish.
15. Yig’ish chizmalarida shartlilik va soddalashtirishladi.
Qurilish chizmasi va sxemalarni o’qishni o’rgatish.
O’qituvchi qurilish chizmalarining namunalari bilan tanishitirishi lozim, didaktik materialni namoyish qilish jarayonida grajdan va sanoat inshootlari, turar joy, maktab, kasalxona, teatr va zavodlar qurish uchun tuzilgan chizmalar qurilish chizmalar deb atalishini oydinlashtiradi.
Binolar qanday maqsadlarga mo’ljallanganligiga qarab quyidagilardan tashkil topadi:
1. Arxitektura - qurilish chizmachiligi, bunga turar joy, maktab, kasalxona, sex, sklad va boshqalar kiradi. Qurilish chizmachiligining grajdan va sanoat qurilish chizmalarini o’rgatadigan bo’limni arxitektura qurilish chizmachiligi deyiladi.
2. Injenerlik -qurilish chizmalariga ko’prik, yo’l, kanal, to’g’on, shaxta va mudofaa inshootlari kiradi.
Topografik - qurilish chizmachiligida yer sirtining tuzilishi tasvirlanadi.
Mavzuni o’qitishda qurilish chizmalariga taaluqli bo’lgan umumiy tushunchalarni berish. ularning xususiyatlarini mashinasozlik chizmalarigi bilan taqqoslab tekshirib chiqish kerak.
O’quv plakatida qurilish chizmasining xususiyatlarini va uning boshqa texnik hujjatlardan, mashinosozlik chizmachilaridan farqini xarakterlovchi asosiy ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerak.
O’quvchilarni bosh plan tanishtirib, binokorlik chizmalaridagi tasvirlarining xarakteristikasiga, fasad, plan, qirqim, ularning vazifasi, xususiyatlari va joylanishi haqida tushuncha berishga o’tish mumkin. So’ngra otmetkalar va ularning chizmalarga qo’yib chiqish qoydalari xaqida ma`lumot berish, qurilish chizmalarining dastablari haqidagi, chizmalarga o’lchamlar qo’yish haqidagi masalani taxlili qilish, eksplikatsiyani ko’rib chiqish kerak, bularni darslikda keltirilgan chizmalarni o’qish jarayonida mustahkamlanadi.
Aytib o’tilgan ma’lumotlarni mustahkamlab olganlan keyin qurilish chizmalarida qo’llaniladigan asosiy shartli belgilarni bayon qilishga o’tish mumkin. bular esa standartlashtirilgandir.
Bu mavzuni o’rganish davomida o’quvchilar qurilish chizmasining quyidagi xarakterli belgilarni mustahkam o’zlashtirishlari kerak.
A) binoning olddan, orqadan va chap yondan kurinishlari (proeksiyalari) fasadlar, ustdan ko’rinishi esa tom plani deb ataladi. «Plan» deganda binoning gorizontal qirqimi tushuniladi;
B) ayrim hollarda bino ko’rinishlari proeksion bog’lanishlarni xisobga olmay bajariladi, chunki ular katta o’lchamlarga ega bo’ladi;
V) qurilish chizmalari mashinasozlik chizmalariga qaraganda juda kichik masshtablarda bajariladi;
G) qurilish chizmalarida asosiy kontur chizmalar mashinasozlik chizmalariga qaraganda xamma vaqt ingichkaroq chiziq bilan o’tkaziladi, shunga muvofiq qolgan chiziqlar shu talabni xisobga olgan holda bajariladi;
D) qurilish chizmalarida o’lcham chiziqlarini chegaralovchi strelkalar qisqa qiya chiziqlar bilan almashtiriladi.
E) buyumlarning xaqiqiy o’lchamlarini ifodalovchi o’lcham sonlari millimetr yoki santimetrlar hisobida qo’yiladi, qurilish chizmalarida, u yoki bu o’lchamni ko’satuvchi odatdagi raqam belgilaridan tashqari yana boshqa belgilar qo’yiladi, ya’ni bino bo’lagi balandliklari shartli tekislik ustida olinadi, bu tekislikning balandligi nol deb qabul qilinadi.
Bu mavzu materialini bayon etishda,o’quvchilar o’zlarining ish daftarlarida yozib va chizib borishlari zarur. Talabalar mavzuni ilmiy va uslubiy ishlab chiqqandan so’ng berilgan topshiriqni bajaradilar (yashash joyining plani. Fasadi, qirqimi, ayrim detallarini xamda bosh plani bajarish maqsadga muvofiqdir).
Qurilish chizmachiligini o’rgatishda quyidagilarga e’tiborni qaratish zarur:
a) qurilish chizmaligi qanday o’qitildi;
b) chizma masshtabi, chiziq turlari GOSTga asosan bajarilishini;
v) o’lchamlar qo’yish; binoning tashqi va ichki o’lchamlari qay tarzda qo’yishlik;
g) bino elementlarining balandlik bo’yicha o’lchamlari balandlik otmetkalar belgisini ya’ni binoning umumiy balandligi to’rt qismdan iboratligi:
Oddiy yig'ish chizmalarini o'qish
Kutiladigan natijalar:
Bilimlar: Oddiy yig'ish chizmalarini o'qish bo'yicha yig'ish birligini yig'ish uchun zarur barcha ma'lumotlarni o'z ichiga olgan chizmani yig'ish chizmasi deb atalishi, detallardagi o'yiq, teshik, rezba, faska va shu kabilar umumiy nom bilan detal elementlari deb atalishi, yig'ish chizmasidagi detallarning pozitsiya raqami, nomi, soni, materiali ko'rsatilgan yozuvni spetsifikatsiya deb atalishi, unda detallarning pozitsiya raqamini va ular haqidagi ma'lumotlarni yuqorigi satrdan boshlab yozilishi, pozitsiya raqamlarining gorizontal tokchalari o'zaro vertikal ustun yoki gorizontal qator ko'rinishida joylashtirilishi va boshqa qoidalarni bilish.
Ko'nikmalar: Oddiy yig'ish chizmalarini o'qishni to'g'ri bajara olish.
Malakalar: Oddiy yig'ish chizmalarini o'qish qoidalaridan amalda foydalana olish.
Joriy nazorat uchun savollar va javoblari:
Quyidagi savollarga javob yozing:
1. Detallardagi o'yiq, teshik, rezba, faska va shu kabilar qanday umumiy nom bilan ataladi? Detal elementlari deb ataladi.
2. Yig'ish birligini yig'ish uchun zarur barcha ma'lumotlarni o'z ichiga olgan chizma qanday ataladi? Yig'ish chizmasi deb ataladi.
3. Yig'ish chizmasida detallarning pozitsiya raqamini ko'rsa- tuvchi chiziqlar qanday chiziq bilan chiziladi? Ingichka uzluksiz chiziq bilan chiziladi.

Detallarning pozitsiya raqamini ko'rsatuvchi chiziqning uchlari qanday ko'rinishda bo'ladi? Bir uchi nuqta, boshqasi gori­zontal tokcha ko 'rinishida bo'ladi.


Yig'ish chizmasidagi detallarning pozitsiya raqami, nomi, soni, materiali ko'rsatilgan yozuv nima deb ataladi? Spetsifikatsiya deb ataladi.


Spetsifikatsiyada detallarning pozitsiya raqamini va ular haqidagi ma'lumotlarni qaysi satrdan boshlab yoziladi? Yuqorigi satrdan boshlab yoziladi.


Gorizontal tokchalar o'zaro qanday joylashtiriladi? Vertikal ustun yoki gorizontal qator ko 'rinishida joylashtiriladi.


Kesim yuzasi qoraga bo'yab tasvirlangan detalni ko' rsatuvchi chiziqning uchi qanday chiziladi? Strelka ko 'rinishida chiziladi.


2. BUYUMNING YIG‘ISH CHIZMASINI TUZISH.


9.1. Buyumning yig‘ish chi/masini tuzish qoidalari. Chizmachilikda ikki va undan ortiq detallarni birgalikda tasvirlash muhim ahamiyatga ega. Chunki oddiy narsalarning alohida o’zidan kamdan-kam hollarda foydalaniladi. Masalan uy-ro’zg’or buyumlaridan pichoqni olsak, unda eng kamida ikkita detal tig’ va sop mavjud. Choy qutida qutining o’zi va qopqoq va qopqoqni ochib-yopish uchun oshiq-moshiq bor. Texnikada ikkita, uchta detal bir-biri bilan bolt, gayka, vint, parchin mix va boshqa biriktirish detallari yordamida biriktiriladi. Tarkibi ikki va undan ortiq detallardan tashkil topgan yig’ma birliklarning yig’ilgan (yaxlit) holatda bajarilgan chizmasigayig’ish chizmalari deb ataladi.
Har qanday mashina va mexanizm juda ko’p hilma-xil detallardan yig’ilgan bo’ladi. Detallarning har biri o’z o’rniga qo’yilsagina mashina ishlaydi. Har bir detalni o’z o’rniga qo’yish uchun barcha detallarning yig’ilgan holdagi chizmasi bo’lishi kerak. Har qanday mashina yig’ish chizmalari yordamida yig’ib tayyorlanadi.
Yig’ish chizmalarini tuza oladigan va ularni o’qiy biladigan insonlar yig’ish chizmalari yordamida mashina detallarining harakatini, ular o’zaro qanday ishlashini kuzata oladilar. Yig’ish chizmalaridan faqat mashinalarni yig’ishda emas, balki ulardan joriy va kapital ta’mirlashda, buzilganda esa ularni tuzatishda va yangi ixtirolar qilinganda foydalaniladi.
Eshik, deraza romlarning burchaklari mustahkam bo’lishi uchun birida o’yiq, ikkinchisida turum yasaladi. So’ngra ular bir-biriga kiritilgandan keyin yanada mustahkam bo’lishi uchun yelimlab yopishtirishdan tashqari kichkina silindrik teshik ochib mix cho’p qoqib qo’yiladi. Shunda yig’ish chizmasi hosil bo’ladi. Oddiy yig’ish chizmalarida boltli birikma, vintli birikma, parchin mixli birikmalar tasvirlangan bo’lib, unda yonma-yon joylashgan detallar qirqimda ikki tomonlama shtrixlanadi.
Buyumlarning o’ziga qarab yig’ish chizmalarini tuzish ko’pincha o’qish jarayonida bajariladi. Buyumning o’ziga qarab uning yig’ish chizmalarini quyidagi tartibda tuzish mumkin.

Buyum diqqat bilan ko’zdan kechiriladi: uning vazifasi, ishlash prinsipi va konstruktiv xususiyatlari aniqlanadi.


Buyum yig’ma birliklar va detallarga ajratiladi. Buyum tarkibiga kiruvchi barcha detallarning shakllari, elementlari, ularning bir-biri bilan o’zaro birikishi usullari aniqlanadi. Tarkibi bir necha yig’ma birikmalardan tashkil topgan buyumlarning har bir yig’ma birligini alohida-alohida detallarga ajratilgani ma’qul.


Buyumning tarkibiga kiruvchi yig’ma birikmalar va barcha detallarning spetsifikatsiyasi tuziladi.


Buyumning tarkibiga kiruvchi har bir standart bo’lmagan detalning eskizi tuziladi.


Buyumning asosiy va qo’shimcha tasvirlari soni, ko’rinishlar, qirqimlar, kesimlari belgilanadi.


Buyumning murakkabligi va katta-kichikligiga qarab uning masshtabi tanlab olinadi. Chizmalarni buyumning haqiqiy kattaligida (1:1masshtabda) tasvirlash eng qulay va afzalroq bo’ladi.


Qog’ozning formati tanlab olinadi. Qog’ozning ramka chiziqlari ingichka qilib chiziladi. Asosiy yozuv va spetsifikatsiyaga joy qoldiriladi.


Chizma qog’ozi yuzasida ko’rinishlar rejalashtiriladi, har bir tasvirning simmetriya o’qlari o’tkaziladi. Har bir ko’rinishi, qirqim va kesimlari, shuningdek, qo’shimcha ko’rinishlarining joylanishi aniqlanadi.


Chizmaning barcha qirqim va kesimlari bajariladi, hamda shtirixovka qilinadi.


Chizmaning o’lchamlari va zarur hollarda detallarning o’tkazish usullari qo’yiladi.


Chizmaning kontur chiziqlari yo’g’onlashtiriladi, avval simmetriya o’qlari va o’lcham chiziqlari, aylana va egri chiziqlar yo’g’onlashtiriladi. Asosiy yozuv, spetsifikatsiya chiziqlari yo’g’onlashtiriladi, detallarning bir-biriga tutashgan joylaridagi kontur chiziqlarning yo’g’onligi o’zgartirilmasdan, bir xil yo’g’onlikda chiziladi.


Detallarning pozitsiya nomerlari qo’yiladi.


Detal eskizini bajarish. Chizmachilik asboblari ishlatilmasdan va masshtabga rioya qilmasdan buyumning nisbatlarini saqlagan holda ko’zda chamalab, bajarilgan chizma eskiz hisoblanadi.


Eskizlar detallarning ish chizmalarini tuzish uchun material bo’lib xizmat qiladi. Eskizlar, shuningdek, buyumlar va detallarni loyihalashda, ularni ta’mirlashda qo’llaniladi hamda detalning o’ziga qarab tuziladi. Ishlab chiqarishda, ba’zi hollarda, detallar bevosita eskiz bo’yicha ham tayyorlanadi. Shunga ko’ra, eskizda detalning ish chizmasida beriladigan barcha ma’lumotlar berilishi shart. Eskizda tasvirning kattaligi detalning o’lchamiga, murakkabligiga va chizma qog’ozining bichimiga qarab chiziladi, hamma kerakli o’lchamlari, belgilari, texnik talablari va boshqa ma’lumotlarni yozishga imkon berishi lozim.
Eskizlarni quyidagi tartibda chizish tavsiya etiladi:
- eskiz chizish uchun detalga moslashtirib chizma bichimi tanlanadi va bichim hoshiyasi, asosiy yozuv o’rni belgilab chiqiladi;

detalning tashqi va ichki qiyofasi yaxshilab o’rganiladi va ko‘rinishlar soni aniqlanadi. Bosh ko‘rinishning o’rni unga nisbatan boshqa ko‘rinishlarning joylari belgilab chiqiladi. Bu yerda detalga beriladigan o’lchamlarga joy qoldirilishi hisobga olinadi;


detalning tashqi qiyofasi barcha ko‘rinishlarda ingichka chiziqlar bilan chizib chiqiladi;


detalning ichki qiyofasi ham qirqimni hisobga olgan holda barcha ko‘rinishlarda chizib chiqiladi;


zarur bo’lgan qirqim (kesim) lar bajariladi;


talab qilinadigan barcha o’lchamlari qo’yib chiqiladi;




ortiqcha chiziqlar o’chirilib, chizma chiziqlari ustidan yurgizib chiqiladi va chizma taxt qilinadi;
Yüklə 55,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin