Organizmga antigen birinchi marta tushganda (birlamchi javob reaksiyasi) shu antigen uchun javobgar limfotsitlar kloniga tegishli hujayralar aktivlashib, blast hujayralarga aylanadi. u blastlar mitoz yo`li bilan ko`payadi va differensiallashadi. Natijada, antigenni «tanib olish» qobiliyatiga ega bo`lgan limfotsitlar miqdori keskin oshadi. Bu limfotsitlar shakllanishi davomida ikki xil hujayralar hosil bo`ladi. Ularning bir turi effektor yoki ishchi limfotsitlar bo`lsa, ikkinchisi esa antigen to`g`risidagi ma’lumotni «eslab qoluvchi» limfotsitlardir.

Antigenga qarshi antitelolar ishlab chiqaruvchi plazmotsitlar hamda sitotoksik ta’sir ko`rsatuvchi aktivlashgan hujayralar effektor hujayralar bo`lib, xizmat qiladi. Antigen organizmga qayta tushganda (ikkilamchi javob reaksiyasi) «eslab qoluvchi» limfotsitlar oldindan «tanish» bo`lgan antigenga nisbatan darhol javob reaksiyasi sodir bo`lishini ta’minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar
1.Хаитов P.M. Иммунология: учебник для студентов вузов/ Р. М. Хаитов. - 2-е изд., перераб. и доп.. - Москва: ГЭОТАР-Медиа, 2011. - 528 с.
2.Иммунология. / Д. Мейл, Дж. Бростофф, Д.Б. Рот, А. Ройтт - М.: Логосфера, 2007. - 568 с.