Mavzu: Transkipsiyaning molekulyar asoslari mohichehra biologiya 208-guruh


-rasm. DNK replikatsiyasining ( nusxa olish) xillari



Yüklə 165,76 Kb.
səhifə2/2
tarix13.02.2023
ölçüsü165,76 Kb.
#84043
1   2
Transkipsiyaning

2-rasm. DNK replikatsiyasining ( nusxa olish) xillari.
1 - konservativ; 2 - yarimkonservativ; 3 - dispersion. (A - DNK molekulasi; B -birinchi navbat replikatsiya natijasi; V - ikkinchi navbat replikatsiya natijasi).
DNK molekulasi replikatsiya xususiyatiga ega. 1957-yilda M.Delbruk va G.Stentlar DNK molekulasi ikkilanishining 3 turini ilgari surdilar (2-rasm).
1. Konservativ turi - bunda boshlang’ich DNK spirali sintezda o’zgarmasdan qoladi va sintez jarayonida yangi ikki zanjirli DNK molekulasini tuzadi.
2. Yarim konservativ turi - bunda DNK molekulasida zanjirlar bir-biridan ajraladi, lekin uzilmaydi, har bir zanjir DNK ning o’ziga o’xshash - komplementar zanjirni hosil qiladi.
3. Dispersion turi - bunda DNK molekulasi ikkilanish jarayonida maydalanadi, qiz molekulalari sintezlangandan so’ng bu ajralgan zanjirlar tasodifan birlashadi.
Bu turlardan birortasi ham to’liq aniqlanmagan, faqat DNK replikatsiyasidan yarim konservativ turi biroz haqiqatga yaqin, chunki bu Uotson va Krik yaratgan DNK modeliga to’g’ri keladi.
DNK molekulasining ikkilanishini tushuntirishda qanday usul qo’llanilgan bo’lsa, xromosomaning ikkilanishini tushuntirishda ham shu uch turi taklif qilinadi.
1. Konservativ turi - bunda boshlang’ich xromosomalar o’zgarmaydi, ikkilanish jarayonida ikkilangan yangi xromosomani hosil qiladi.
2. Yarim konservativ turi - bunda juft xromosomalar uzilmasdan ajraladi, reproduksiya natijasida ularning har biri ikkilanadi.
3. Dispersion turi - xromosomalar ikkilanganda, uning qismlari ajraladi va mayda bo’laklarga aylanadi, ikkilangandan keyin, xromosomalar yangi va eski bo’laklarga ega bo’ladi.
RNK - ribonuklein kislota. RNK molekulasi bir zanjirli bo’lib, monomeri 4 xil ribonukleotid: adenin (A), guanin (G), sitozin (S), urasil (U)dan iborat. Bu nukleotidlarning RNK zanjirida joylanish tartibi RNK qaysi DNK molekulasi qo’sh zanjirining biridan sintezlangan bo’lsa, nukleotidlar xuddi o’sha zanjirdagi tartibda joylashadi. Ko’pchilik organizmlarda genetik material sifatida DNK bo’ladi. Faqat ayrim viruslar, masalan tamaki mozaikasi virusida DNK bo’lmaydi. Irsiy material sifatida RNK bo’ladi.
Shunday qilib, genlardagi nukleotid ketma-ketligi nusxa sifatida RNKga ko’chiriladi, ya’ni berilgan genda joylashgan axborot to’liq RNKga ko’chiriladi. Har bir gendan hisobsiz «nusxa» RNK molekulasiga ko’chirilishi mumkin.
RNK molekulasining tuzilishi DNK molekulasiga yaqin, lekin o’xshash emas, chunki
RNK ning tarkibiga dezoksiriboza emas, balki riboza va timin o’rniga urasil asosi kiradi. Nukleotidlarning RNK molekulasida joylanish tartibi DNK molekulasiga o’xshaydi (qaysidan RNK modeli tuzilgan bo’lsa). Shu holda RNK irsiy axborotni yadrodan sitoplazmaga tashiydi. RNKning bu formasiga informatsion RNK (iRNK) deyiladi va u organizmlarning individual rivojlanishida va oqsil biosintezida katta rol o’ynaydi. RNK ning o’zi ko’pincha hujayra sitoplazmasida joylashadi. Lekin hujayra yadrosida ham uchraydi. Hujayrada informatsion RNKdan tashqari, boshqacha tuzilishdagi va boshqa vazifani bajaruvchi RNKlar ham bor bo’lib, ular tRNK va rRNKlardir.
Barcha RNK formasi uchun bir xil xususiyat mavjud. RNK molekulasi DNK molekulasi kabi nukleotid qoldiqlaridan iborat bo’lib, ular uzun ip shaklida birlashadi. RNK molekulasi bo’linish xususiyatiga ega bo’lmagan bitta ipdan iboratdir. O’simlik va hayvon hujayralarida 3 xil RNKning tarkibi va funksiyasi to’liq o’rganilgan.
Informatsion RNKning uzunligi bir necha ming A0 dir. Tashuvchi RNK esa o’rtacha kattalikdagi 70 subbirlikdan iborat, umumiy uzunligi 250 A0 dir. Bu forma RNKning 20
ga yaqin ribonuklein kislotasi bo’lib, bular oqsil tarkibiga kiradigan 20 aminokislotalarga to’g’ri keladi. Tashuvchi RNK bu aminokislotalar bilan birlashib ularni faollashtiradi. Ribosomaning tarkibiga kiruvchi maxsus RNK bo’lib, uning kattaligi 230 A0. RNKning uch formasi birlashib, nuklein kislotalarning ikkinchi muhim xususiyati, ya’ni maxsus oqsil fermentlarning sintezini boshqaradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Genetika, A.T.G’ofurov, S.S. Fayzullayev. ^шгент^Ю й.
2. Лoбaшeв М.Е., Ватти К.В., TMxoMMpoBa М.М. TeHeraKa с ocHoBaMM сeлeкции. М. Прocвeщeниe, 1970. 432с.
3.Гeршeнзoн С.М. Осшвы coврeмeннoй гeнeтики. 2-e изд., Кдав, HayKoBa думка, 1983, 558с.
4.KHre-Be4TOMoB С.Г. Гeнeтикa с ocнoвaми ceлeкции. М., Выcшaя шкoлa, 1989, 592с.
Yüklə 165,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin