Mavzu: til va jamiyat



Yüklə 93,5 Kb.
səhifə2/9
tarix25.02.2023
ölçüsü93,5 Kb.
#85593
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Til va jamiyat. Sotsiolingvistika

Hududiylik tilning ma’lum hudud bilan bog’liqligini ifoda etadi. Hududiylik millat, elatga xos urf-odat, an’analar, tarixiy-etnik birlik va yagona davlat tizimining shakllanganligi bilan bog’liq. Millatning, hududning, tarixiy-etnik asos va taraqqiyotning boshqa-boshqaligi tillar o’rtasidagi farqlar uchun asos bo’ladi. Millat va etnik asosning bir xil bo’lishi hududning farq qilishidan qat’i nazar, aloqa-munosabat vositasining bir xil bo’lishini ta’minlaydi. Masalan, o’zbek va tojik tillarida har bir tilning o’ziga xosligi ko’zga tashlanadi. Bir xil etnik asosga ega bo’lgan o’zbek va qirg’iz tillari o’rtasida fonetik, leksik, grammatik farqlar bor. Adabiy til va shevalar o’rtasida ham tilning ichki tuzilishi bilan bog’liq farqlar kuzatiladi.
Til fikr ifodalashning muhim vositasidir. Tafakkur bilan tilning munosabati murakkab jarayondir. Til fikr ifodasi sifatida mavjud, o’z navbatida fikr til asosida yuzaga keladigan murakkab jarayon. Til ham tafakkur ham mehnat jarayonida kishilik jamiyatida shakllangan.
Til birliklari – fonema, morfema, so’z, gap bir butun holda, mantiqiy tushunchalar (his-tuyg’y, idrok, tafakkur) bilan uzviy bog’liqdir.
Til alohida tizim sifatida quidagi vazifalarni bajaradi :
1.Aloqa – munosabat vazifasi. Tilning mazkur vazifasi jamiyatda aloqa – munosabat vositasi sifatida xizmat qilishdan iborat. Bu tilning asosiy ijtimoiy vazifasi hisoblanadi. Til belgilari uni aloqa - munosabatning boshqa vositalaridan farqlash, tilni ijtimoiy hodisa sifatida talqin etish imkonini beradi . Til aloqa – munosabatning muhim vositasi sifatida jamiyat bilan, uning madaniyati, turmush tarzi va mehnat faoliyatidagi har bir jarayon bilan muntazam bog’liq. Kishilar o’z fikrlarini, sezgi va ruhiy kechinmalarini ifoda qilib, bir – birlariga ta’sir ko’rsatadilar .
2.Tilning hissiy ta’sir vazifasi. Tilning muayyan ma’lumotni ifoda etib, tinglovchiga ta’sir ko’rsatishi uning hissiy - ta’siriy vazifasi hisoblanadi . Xabar, sezgi va hayajon , xohish ifoda qilish hissiy ta’sir vazifasining asosini tashkil etadi. Bunda turli tasviriy til vositalaridan, jumladan, modal so’zlar , javob talab qilmaydigan so’roq , tartibni o’zgartirish kabilardan foydalaniladi.
3. Tilning to’plash vazifasi. Til aloqa – munosabat vositasi, hissiy ta’sir ifodasi bo’lib qolmay , to’plash vazifasini bajaruvchi muhim manba hamdir . Til millatlararo aloqa - munosabat vositasi, to’plangan bilim va tajribalarni avloddan avlodga yetkazish vositasi hisoblanadi. Tilning ushbu vazifasi bilish jarayonidagi asosiy vositalardan hisoblanadi .
Tilning kishilik jamiyatidagi o’rnini , madaniy – ma’naviy soha taraqqiyotidagi ahamiyatini belgilash tilning asosiy vazifalarini to’g’ri ta’riflashga asoslanadi .
Bevosita aloqa – munosabat davomida tilning nomlash va fikr ifodalash vazifalari namoyon bo’ladi. Mustaqil so’zlar, qo’shma nomlar, iboralar, atamanomlovchi birliklar hisoblansa, turli gap ko’rinishlari fikr ifodalovchi birlik hisoblanadi.



Yüklə 93,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin