Mavzu: Tikuv bo‘limlarida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari. Tikuv mashinalari bilan ishlayotganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish



Yüklə 2,85 Mb.
tarix03.10.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#151659
1 (1)

Mavzu: Tikuv bo‘limlarida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari. Tikuv mashinalari bilan ishlayotganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish

Mavzu: Tikuv bo‘limlarida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari. Tikuv mashinalari bilan ishlayotganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish

 

reja:

 

  • Xavfsizlik texnikasi qoidalari.
  • Qo‘l va mashinada bajariladigan tikuv ishlari qoidalari.
  • Dazmol bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalari.

Xavfsizlik qoidalari mehnat jarayonida xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. Tikuvchilik darslarida mashinalarda, dazmollar va qo‘l asboblarini ishlatayotganda qo‘lga igna kirib ketishi, qo‘lni nimadir kesib olishi, mashinalarning aylanib turadigan qismlari kiyim yoki sochni o‘rab ketishi, dazmolda biror joy kuyib qolishi, tugma yoki igna parchalari uchib yuzga tegishi va hokazo natijasida o‘quvchilardan birontasi jarohatlanib qolishi mumkin. Texnik xavfsizlik qoidalari shunday noxushliklar yoki baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi. Tikuvchilikni o‘rganuvchilar uchun bu qoidalar asosan ikki guruhga bo‘linadi:

  • Xavfsizlik qoidalari mehnat jarayonida xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. Tikuvchilik darslarida mashinalarda, dazmollar va qo‘l asboblarini ishlatayotganda qo‘lga igna kirib ketishi, qo‘lni nimadir kesib olishi, mashinalarning aylanib turadigan qismlari kiyim yoki sochni o‘rab ketishi, dazmolda biror joy kuyib qolishi, tugma yoki igna parchalari uchib yuzga tegishi va hokazo natijasida o‘quvchilardan birontasi jarohatlanib qolishi mumkin. Texnik xavfsizlik qoidalari shunday noxushliklar yoki baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi. Tikuvchilikni o‘rganuvchilar uchun bu qoidalar asosan ikki guruhga bo‘linadi:

1. Qo‘l va mashina ishlarida ishlovchilar quyidagilarga rioya qilishi kerak: - mashinalar, asbob va moslamalarning ishga yaroqliligi tekshirib turiladi. Ish boshlashdan oldin ish o‘rni saranjomlanib olinadi, mashinada barmoqqa igna kirib ketishining oldini oladigan saqlagich, yuritgich tasma to‘sig‘i, mashinani ishga tushirish joylarida izolatsiya g‘iloflari bor-yo‘qligi tekshiriladi va hokazo; - elektr simlariga ip, latta, simchalar osmaslik lozim, aks holda qisqa tutashuv yuz berishi mumkin. Elektr o‘tkazuvchi simlarda nuqson sezilsa, darhol elektromontyorga xabar berish lozim, ochilib qolgan elektr o‘tkazgich simlarga qo‘l tekkizmaslik kerak;

- narsalarni ishlayotgan tikuv mashinasi ustidan uzatish mumkin emas; - elektr dvigatelni o‘chirmasdan mashinaga moy surtish, uni tozalash, mashina shkiviga tasma kiydirish man etiladi; - ish o‘rnida asboblar sochilib yotmasligi, qaychi va iplar mashinaning aylanayotgan qismlari yoniga qo‘yilmasligi kerak; - ish o‘rinlari orasidagi yo‘lni to‘sib qo‘ymaslik lozim. - narsalarni ishlayotgan tikuv mashinasi ustidan uzatish mumkin emas; - elektr dvigatelni o‘chirmasdan mashinaga moy surtish, uni tozalash, mashina shkiviga tasma kiydirish man etiladi; - ish o‘rnida asboblar sochilib yotmasligi, qaychi va iplar mashinaning aylanayotgan qismlari yoniga qo‘yilmasligi kerak; - ish o‘rinlari orasidagi yo‘lni to‘sib qo‘ymaslik lozim.

2. Dazmol bilan ishlaganda quyidagilarga rioya qilish kerak: - elektr dazmolda ish boshlashdan oldin elektr o‘tkazgich simning izolatsiyasi tekshirib ko‘rilishi lozim; - dazmol, shtepsel rozetkasi, vilkaning tok o‘tkazuvchi qismlariga qo‘l tekkizish mumkin emas; - dazmolning sozligiga ahamiyat berish zarur (korpusda qisqa tutashuv bo‘lsa, ishlayotganda qo‘lga salgina igna sanchilgandek bo‘ladi); - ishlayotganda tok o‘tkazuvchi sim dazmolga tegib turmasligi kerak; - dazmolning o‘ta qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim; - dazmol, shtepsel rozetkasi, vilka buzuq bo‘lsa, ishni to‘xtatib, elektromontyorni chaqirish kerak.

Nazorat uchun savollar: 1.tikuv mashinalari bilan ishlayotganda qanday oidalarga rioya qilish zarur? 2.Dazmol bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalarini aytib bering. E’tiboringiz uchun raxmat


Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin