1.2 Innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayonida tutgan o‘rni
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llashga bo`lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo`lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o`quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarini egallashga o`rgatgan bo`lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarni o`zlari qidirib topishlariga, mustaqil o`rganib, taxlil qilishlariga, xatto xulosalarni o`zlari keltirib chiqarishiga O`rgatadi. O`qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tar biyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir katorda boshkaruvcxilik funksiyasini bajaradi.
Ta’lim jarayonida o’quvchi-talaba asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun oliy o`quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o`qitish metodlarini-interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalarning o’rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o`quvchi-talabalarni bilimli, yetuk malakaga ega bo`lishlarini ta’minlaydi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon xamda o`qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo`lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan to’liq foydalaniladi. Interfaol metodlar – bu jamoa bo`lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir usullari bo`lib, ta’lim mazmunining tarkibiy qismi xisoblanadi. Bu metodlarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o`quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi [1].
Innovatsion texnologiyalar o`qitish jarayonida yuqori malakali rakobatbardosh o`qituvchi kadrlar tayyorlash, ularning kasbiy omilkorliklarini shakllantirish, metodik mahoratini kutarish, o`qituvchi-pedagoglarni zamonaviy pedagogik texnologiyallar bilan qurollantirish omili bo`lib qolmoqda [2].
O`qitishning faol metodlaridan foydalanilganda o`quvcxilar ongi va bilimini oshishi oddiy ananaviy usullarga karaganda ancha yuqori bo’ladi, o’quvcxilarning bilish imkoniyatlarini rivojlanishiga sharoit yaratadi, mustakil ishlashlariga alohida e’tibor beriladi, bilish faoliyatlari izlanuvchan va ijodiy xarakterga ega bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |