I.BOB. texnologiyalarning rivojlanishi, ilk texnologiya markazlari. 1.1Ta’lim tizimida axborot texnologiyalarning tutgan o’rni Hozirgi davrda ta’limni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, mana shu sababli barchamiz «yangi pedagogik texnologiyalar» atamasini ishlata boshladik. Bir misol, shaxsiy kompyuter ta’limning imkoniyatlarini butunlay o‘zgartirib yubordi. Internet leptoplar ta’lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha yanada kattaroq imkoniyatlar yaratib berdi. O‘zbekistonning mustaqilligi sharoitlarida ta’lim tizimini isloh qilish birinchi navbatda ta’lim va tarbiya tizimiga ilg‘or axborot texnologiyalarning tatbiq etish bilan bog‘liq.
Ma’lumki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mikroelektronika, hisoblash texnikasi (apparatli vositalar va dasturiy ta’minotlar), elektroaloqa va antoelektronika-mikroprosessorlar, yarimo‘tkazgichlar va optik-tolali kabellar sohalaridagi kashfiyotlar bilan bog‘liq.
Bu kashfiyotlar ulkan axborotlarni ishlab chiqish va saqlashga hamda ularni kommunikasiya tarmoqlari orqali tez tarqatish imkonini beradi. Kompyuterlarni bir-biriga ulash va ularni bir-biri bilan aloqa qilishga sozlash yangi kuchli texnologik tizimni umumiy protokoldan foydalanuvchi tarmoq axborot sistemalarini yaratishga imkon beradi. Ular odamlarni, ularning uylarini va idoralarni birlashtiradi hamda juda qisqa vaqt ichida ulkan topshiriqlar sonini ishlab chiqadi va bajaradi. Bu axborotlardan foydalanish xususiyatini va kommunikasiya tuzilishini tubdan o‘zgartiradi. Shu bilan birga kompyuter tarmoqlari Yer sharining barcha nuqtalari bilan aloqa qilish imkonini beradi. Ta’lim tizimi uchun bu o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida kommunikasiya uchun yangi imkoniyatlar yaratib beradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning yangiligi va o‘ziga xosligi insoniyat rivojlanishi nuqtai nazaridan ular deyarli insoniyat faoliyati barcha sohalariga kirib borishi, ulardan cheklanmagan joylar va maqsadlarda foydalanish mumkinligidan iborat. Shu kabi axborot-kommunikasiya texnologiyalari uch yo‘nalishda ilgari bo‘lmagan juda katta samara bilan insoniyat rivojlanishi jarayonidagi to‘siqlarni yengib o‘tish imkon beradi:
1) Bilimlarni egallash yo‘lidagi to‘siqlarni yengish. Axborotlardan foydalanish natijasida ta’lim olish yo‘lidagi inson imkoniyatlarini shakllantirish uchun katta ahamiyatga ega. Agar ta’lim kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirishga olib kelsa, axborotlar bilimlar to‘plash jarayonining mazmunli jihatini ta’minlash uchun kerak b’ladi. Internet va «Butun jahon tarmog‘i» barcha ijtimoiy qatlamdagi insonlar uchun birdek axborot izlash kanali bo‘lib xizmat qiladi.
2) Ijtimoiy hayotda ishtirok etish yo‘lidagi to‘siqlarni yo‘qotadi. Internet tarmog‘i orqali butun dunyo bilan aloqa qilish imkoniyati oxirgi yillarda ko‘plab global fuqarolik tashabbuslarini tarqatishga imkon berdi. Misol uchun, ta’lim tizimida qayta aloqani ta’minlash harakati.
3) Iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi to‘siqlarni yo‘qotadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va ular bilan bog‘liq sohalar hamda ta’lim tizimi eng jadal rivojlanayotgan sektorlar hisoblanadi. Yangi axborot texnologiyalari axborotlar va aloqadan foydalanish imkoniyatini keskin kengaytiradi. Elektron pochta, elektron kutubxonalar -saytlar ta’lim tizimi uchun cheksiz imkoniyatlar beradi, har qanday chegaralarni yo‘qotadi, dunyoning har qanday nuqtasidan o‘quv va ilmiy axborotlarni olish imkonini yaratadi.
Axborot-tarbiyaviy faoliyat. Ta’lim muammosini globalizasiyalashtirish - seminarlar o‘tkazishdan tortib terrorizm va diniy ekstremizim mohiyatini ochib berishgacha - elektron tarmoqlar axborot-tarbiyaviy imkoniyatlarini ahamiyatini oshiradi. Yangi axborot texnologiyalari fan va ta’limni to‘plangan bilimlarni yetkazish, ularni to‘ldirish va qayta baholash kabi yanada yaqin va samarali kanallari bilan bog‘lashga imkon beradi. Bugungi kunda fan - bu ta’lim tizimini rivojlantirish asosiy, ustun turuvchi vositasidir. Bu har doim ham bo‘lmagan, ilg‘or axborot texnologiyasi ta’lim tizimida fanning ahamiyatini o‘zgartirdi. Jamiyat faqat fanning o‘zi rivojlanishi bilan emas, balki ta’lim va o‘qitish tizimi bilan ham bog‘liq yangi ilmiy tuzilishni yaratadi. Ta’limning kelajagi. Hozirgi kunda Internetda taxminan 2,5 mlrd noyob barcha foydalanadigan veb-sahifalar mavjud bo‘lib har kuni ular qatoriga yana 7,3 mln yangilari qo‘shilmoqda.
XXI asr - axborot texnologiyalari asri. Bugungi kunda boshqa soxalar katorida ta’lim soxasida ham kompyuter texnologiyalari keng kirib keldi va bu ta’lim tarbiya jarayonini samaradorligini oshirishda va har tamonlama intellektual salohiyatni oshirishda muxim o’rin tutadi. Bugungi kunda hayotni axborot vositalarsiz, jumladan, internetsiz ta’savvur qilib bo’lmaydi.
Ta’lim o’qituvchi va o’quvchilarning aqliy mehnati, faollik va ijodiy fikrlashidan iborat bo’lgan ko’pqirrali va murakkab jarayon hisoblanadi. Dars samaradorligini oshirish ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda yo’lga qo’yish va yangi pedagogik texnologiyalarni amalda qo’llash bilan uzviy bog’liq. Oliy ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyatni tashkil etishdan asosiy maqsad o’qituvchilar va talabalar jamoasi hamkorligi izchilligini ta’minlash hamda uni aniq maqsadga yo’naltirilgan holda yo’lga qo’yishdan iboratdir. Bu ishda ham pedagogik, ham boshqaruv masalalari hal etiladi. Shuni qayd etish lozimki, pedagogik innovatsiyalar ishtirokchilari innovatsiyalarning yuzaga kelish, namoyon bo’lish va boshqarish jarayoni qonuniyatlari haqida metodologik, psixologik, pedagogik, texnologik bilimlarni puxta egallashi lozim. Aks holda pedagogik innovatsiyalar samarali natija bermaydi.
Bizning fikrimizcha ta’lim tizimida innovatsion jarayonlarni boshqarish samaradorligi hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tiayyorlash sifati pedagogik innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish shart-sharoitlariga, ta’limning an’anaviy usullari bilan maqsadga muvofiq ravishda uzviy qo’llashga bog’liq. Ayrim hollarda samarali bo’lgan an’anaviy usullardan voz kechish holatlari sodir bo’lmoqda. Bu innovatsiyalarni tajribada sinalgan va ijobiy natija berib kelayotgan o’qitishga qarshi qo’yishdek sezilmoqda. Shuning uchun ham an’anaviy ta’lim tizimidagi ijobiy tajribalar innovatsiyalarga uyg’unlashtirilsa ma’qul bo’lar edi.
«Innovatsion texnologiya» tushunchasi ta’lim samaradorligini oshiruvchi omillardan foydalanish, turli pedagogik jarayonlarni loyihalash va amalda qo’llash orqali bilim egallashni takomillashtirish usullarini qamrab oladi.
«Oliy ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalar» deyilganda turli pedagogik yangiliklarni yaratish, qabul qilish, baholash, o’zlashtirish va amalda tatbiq etish jarayonini boshqarish tushuniladi. Oliy ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoit va imkoniyatlar eng so’nggi innovatsiya namunalarini joriy etish uchun moslashrtirilgani o’qituvchi va talabalarning ijodiy faolligini kuchaytirish uchun xizmat qilmoqda.