Mavzu: Ta‘mirlash sikli, ta‘mirlashlararo va ko’riklararo davrni hisoblash



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə5/6
tarix04.06.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#124822
1   2   3   4   5   6
tamitlash1

Dastgohlarni beton plitalarda o‘rnatish
Bu holda poydevor boltlari qo‘llaniladi (6.1-rasm). Bunday boltning kallagi uchli qavurg‘ali uzaytirilgan piramida shaklida bo‘ladi. Beton plitani qo‘yishidan oldin poydevor boltlari o‘rniga uya o‘lchami bo‘yicha yog‘och kolodkalar o‘rnatiladi, ular keyin poydevor boltlarini o‘rnatishdan oldin olib tashlanadi. Chuqurlikning eni teshikning yuqori qismida bolt kallagining enli asosi o‘tishi uchun yetarli bo‘lishi kerak. Bolt kallagi va uya devori orasidagi bo‘shliq sement bilan to‘ldiriladi.
1.2. Dastgohlarni alohida poydevorlarga o‘rnatish.
Ishlash jarayonida titrashlarga olib keladigan stonoklar alohida poydevorlarga o‘rnatiladi, shunda titirashlar pol orqali boshqa yaqinda ishlayotgan dastgohlarga uzatilmaydi. Poydevorni tayyorlash uchun dastgoh poydevori o‘lchamlari bo‘yicha pol qismi olinib, hisoblangan chuqurlikda chuqur kovlanadi. Keyin chuqur pol balandligigacha g‘isht poydevor qilinadi, poydevor boltlari uchun uya qoldiriladi, ba'zida poydevor boltlari birdan o‘rnatiladi. Dastgohlarning aniqligi va uzoq ishlashi ularni poydevorga to‘g‘ri o‘rnatishdan bog‘liq. Dastgohni o‘rnatishda ko‘rsatma bo‘lib pasportda keltirilgan chizma xizmat qiladi, unda ko‘rsatilgan o‘lchamlar dastgohning chiqib turadigan va harakatlanadigan qisimlari uchun erkin maydonni ta'minlaydi. Xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan o‘rnatilgan dastgohlararo o‘tishlarini saqlash kerak.Mustahkam poydevorni faqatgina ishonchli asosida qurish mumkin. Gruntni qurilmaning butunligiga zararli ta'sir ko‘rsatadigan yukni deformatsiyasiz ko‘tarish xususiyati birinchi navbatda gruntga ruxsat etiladigan bosim bilan aniqlanadi.
Yer sirtidan 4 m dan chuqur bo‘lmagan asoslar qilishda normativlar bo‘yicha gruntga ruxsat etiladigan bosim, qo‘yida ko‘rsatilganlardan ortiq bo‘lmasligi kerak (kG/sm2 da).


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin