Mavzu: Tadbirkorlikni rivojlantirishda axborotlar tizimi reja



Yüklə 44,94 Kb.
səhifə1/4
tarix05.12.2023
ölçüsü44,94 Kb.
#172958
  1   2   3   4
Tadbirkorlikni rivojlantirishda axborotlar tizimi


MAVZU: Tadbirkorlikni rivojlantirishda axborotlar tizimi
REJA:

  1. Tadbirkorlar uchun yangi axborot tizimi

  2. Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bank tizimidagi ishlar

  3. Tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish istiqbollari bo‘limi NIZOMI


Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlik sohasida davlat nazorati bilan bog‘liq katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va qayta ishlash imkonini beruvchi “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi ishga tushirildi.
Ushbu axborot tizimida barcha nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni ro‘yxatdan o‘tkazgan holda amalga oshirilishi belgilangan.
Axborot tizimi bir qancha qulayliklarga ega. Jumladan, tadbirkorlar o‘z faoliyatida o‘tkazilgan yoki o‘tkazilishi rejalashtirilgan tekshiruvlar to‘g‘risidagi ma’lumotni internet tarmog‘i va mobil ilovalardan, telegram bot va sms-xabar tarzida oladi.
Yuqori darajadagi shaffoflikni ta’minlash maqsadida tizimning personal kompyuterdan foydalanish uchun “govcontrol.uz” manzilida veb-sahifa hamda “IOS” va “Android” platformasida mobil ilovalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu ilovalarni tadbirkorlar “Arr store” va “Play market” orqali o‘z mobil telefonlariga yuklab olishlari mumkin.
Endilikda barcha tadbirkorlar ushbu tizim orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda o‘zlarining faoliyatlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yoki o‘tkazilgan tekshiruvlar yuzasidan ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tadbirkorlik sub’ektlari tekshiruv haqidagi ma’lumotlarni Telegram’dagi @tekshiruvinfo_bot orqali yoki SMS orqali 4064 qisqa raqamga STIR raqamini yuborish orqali bilib olishlari mumkin.
Shuningdek, “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi (“govcontrol.uz”) orqali tadbirkorlik sub’ektlari o‘zlarining faoliyatlarida o‘tkazilgan har bir tekshiruv yuzasidan tekshiruvni o‘tkazgan nazorat organlari xodimlarining xatti-harakatlariga baho berish, g‘ayriqonuniy harakatlar, jumladan korrupsiya holatlari haqida shikoyat berish imkoniyati yaratildi.
“Yagona davlat nazorati” axborot tizimi orqali tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi, yangi elektron formati yaratildi.
Tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularga qonunchilikdagi o‘zgarish va yangiliklarni o‘rgatishning oson va qulay uslubini ta’minlash maqsadida tadbirkorlikka aloqador qonunchilikdagi yangiliklar 5-10 daqiqalik videodarsliklar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimga yuklab boriladi.
Barcha tadbirkorlar o‘zlarining faoliyatlarida nazorat organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarni “Yagona davlat nazorati” axborot tizmidan ro‘yxatdan o‘tganligini tekshirib olishlari va ularning faoliyatida o‘tkazilgan noqonuniy tekshiruvlar yuzasidan Biznes ombudsmanga murojaat qilishlari mumkin.

    • Tadbirkorlikni rivojlantirishga oid axborotni tahlil qilish, prognozlar va stsenariylarni ishlab chiqish, Palata raisiga tegishli takliflarni tayyorlash.

    • Palata raisining nutqlari uchun materiallar to‘plash, tahlil qilish va tayyorlash.

    • Nizomga oid vazifalar va boshqa dasturiy hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha Palataning ish rejasi loyihalarini tayyorlash, shuningdek, muvofiq qarorlarning amalga oshirilishini tahlil qilish.

    • O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik, avvalo, kichik va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash.

    • Tadbirkorlarga keng ko‘lamli xizmatlarni taqdim etish, jumladan, maslahat yordami va axborot ta’minoti, O‘zbekiston Respublikasi va xorijdagi tadbirkorlikning huquqiy muhiti haqidagi axborot keltirilgan turli materiallar, broshyuralarni chop etishga tayyorlash.

    • Tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish bo‘yicha umume’tirof etilgan xalqaro huquq me’yorlari va amaliyotini joriy etish uchun qulay muhitni shakllantirishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish.

    • Savdo-sanoat palatasi raisi faoliyatining ekspert ta’minoti bilan bog‘liq nashriy, ilmiy, ta’limiy, axborot va boshqa iqtisodiy loyihalarga tashkiliy va uslubiy hamrohlik qilishda ishtirok etish.

    • Mahalliy korxonalarning biznes yuritish amaliyotini rivojlantirish va ularda axborot-kommunikatsi texnologiyalarini joriy etish, jumladan, elektron axborot tarmoqlari va umuman AKT masalalari sohasida Palata faoliyatining ekspert va axborot ta’minotida ishtirok etish.

    • Davlat hokimiyati organlarining ekspert xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

    • Texnik ko‘mak loyihalarini ishlab chiqish, amalga oshirish va borishini monitoring qilish.

    • O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining innovatsion yo‘nalishlarini rivojlantirishga yordam berish, jumladan, muqobil energiya manbalari sohasida loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish.

    • Palata faoliyatini maqbullashtirish bo‘yicha dasturiy mahsulotlar joriy etilishini qo‘llab-quvvatlash.

    • Palata raisi bilan milliy va xorijiy ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, ekspert-tahliliy tuzilmalar va ekspert tashkilotlarning alohida vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni tashkillashtirish, ta’minlash va hamrohlik qilish.

    • Palataning Kadrlar bo‘limi hamkorligida xodimlarni o‘qitish va qayta tayyorlash bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha Palata raisiga takliflarni tayyorlash.

    • Bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, notijorat fondlar va boshqa tashkilotlar tomonidan Rais nomiga kelib tushgan murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish.

    • Bo‘lim vakolatiga doir masalalar bo‘yicha Palata raisining qarorlari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish.

    • Palata faoliyatining moddiy-texnik ta’minotini rejalashtirishda ishtirok etish.

    • Palata faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, jumladan, O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

    • Palataning boshqa tuzilmaviy bo‘limlari hamkorligida tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, Palata qurultoyida belgilangan vazifalarga muvofiq ravishda strategik rejani ishlab chiqish.

    • Tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish sohasida takliflar taqdim etish.

    • Tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik va qonunosti hujjatlarini qo‘llashning uslubiy asoslarini ishlab chiqish.

    • Boshqa davlatlarning savdo-sanoat palatalari va tadbirkorlar jamoat birlashmalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishda ishtirok etish.

    • Biznes yuritishning umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

    • Tadbirkorlarga keng ko‘lamli xizmatlar taqdim etish, jumladan, videokonferentsiyalar, Internet konferentsiyalar, seminarlar, forumlar, davra suhbatlarini tashkil etish va o‘tkazish.

    • Bo‘lim faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga doir sohada chet ellik hamkorlar bilan ishbilarmon aloqalarni kengaytirishda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash.

    • Palataning strategik va joriy rejalari loyihalarini ishlab chiqish, tuzilmaviy bo‘limlar faoliyatining rejasi va hisobotlari bo‘yicha Palata tuzilmaviy bo‘linmalarining takliflarini umumlashtirish.

    • Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy va iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

    • O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ravishda Palata faoliyati va Bo‘lim vakolati doirasidan kelib chiqadigan boshqa vazifalarni amalga oshirish.

    • O‘zbekistonda biznes-ta’lim tizimi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash.

    • Tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar tayyorlash va ta’lim berish tizimini rivojlantirishga yordam berish, mazkur sohada davlat dasturlarini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etish.

    • O‘zbekistonda biznes-ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha Palata kontseptsiyasi ishlab chiqilishida ishtirok etish.

    • Mahalliy ilmiy va ishbilarmon doiralarni biznes-ta’lim muammolari bo‘yicha xalqaro va xoridiy milliy assambleyalar, konferentsiyalar, simpoziumlarning ishlariga jalb qilish.
Funktsiyalar

Bo‘limning asosiy funktsiyalari quyidagilar:

    • Palata rahbariyati tomonidan nizomga oid vazifalar va qonuniy vakolatlari amalga oshirilishi maqsadida Palata raisi faoliyatining ekspert-tahliliy va axborot ta’minoti.

    • Palata raisining topshirig‘iga binoan Palata qoshidagi kengash va maslahat organlar faoliyatining ekspert va axborot ta’minoti.

    • Palata raisining buyrug‘iga binoan Savdo-sanoat palatasining mustaqil bo‘linmalari axborot-tahliliy va ekspert materiallar bilan ta’minlanishini qo‘llab-quvvatlash.

    • Tadbirkorlik faoliyatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish.

    • O‘zbekiston Respublikasi tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlash.

    • Boshqa mamlakatlarning savdo-sanoat palatalari va tadbirkorlar jamoat birlashmalari bilan hamkorlikni rivojlantirishda ishtirok etish.

    • Bo‘limning vakolati doirasiga kiradigan masalalar bo‘yicha Palata faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga oid marketing tadqiqotlarda ishtirok etish.

    • Bo‘lim vakolatlari doirasida Palataning boshqa tuzimaviy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va unitar korxonalari, tadbirkorlar jamoat birlashmalari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish.

    • Tadbirkorlarga biznes kataloglar chop etilishini tashkillashtirish, seminarlar, forumlar, konferentsiyalar, davra suhbatlarini o‘tkazishda yordam berish.

    • Tadbirkorlik faoliyati va biznesni amalga oshirishning huquqiy va iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

    • O‘zbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati va biznes to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarini qo‘llash amaliyoti bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.

    • Tadbirkorlarning qonuniy huquqlari va manfaatlariga doir qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlar va Palata rahbariyatiga taqdim etish.


Yüklə 44,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin