Мавзу: табиат-болаларнинг ҳар томонлама камол топишида асосий омил сифатида



Yüklə 102 Kb.
səhifə1/4
tarix30.06.2022
ölçüsü102 Kb.
#62529
  1   2   3   4
Tabiat bolani har tomonlama kamol toptirishning


MAVZU: TABIAT-BOLALARNING HAR TOMONLAMA KAMOL TOPIShIDA ASOSIY OMIL SIFATIDA.
REJA.

1.Bolalarning umumpsixologik rivojlanishida tabiat asosiy omil sifatida.


2.Tabiat bilan tanishtirish metodikasining vazifalari
3.Tabiat bilan tanishtirish orqali barcha tarbiya turlarini rivojlantirish.
Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari. Toshkent 2008 y.


2. P.A.Yusupova. Maktabgacha yoshdagi balalarga ekologik tarbiya berish. T., “O‘qituvchi” 1995 y.
3. O.Xasanboeva va boshqalar. “Pedagogika tarixi”. Qo‘llanma. T., “O‘qituvchi” 1997 y.

Tabiat — bitmas-tuganmas xazinadir. O‘simliklar dunyosi, xayvonot olami yosh qalbning to‘g‘ri o‘sib shakllanishida, tabiatda bo‘ladigan voqea-hodisalarning sir-asrorini o‘rganib voyaga yetishida katta manba bo‘lib xizmat qiladi.


I.P.Pavlov ta’limotiga ko‘ra, insonning tabiatdagi narsa va hodisalardan olayotgan ta’siri birinchi signal sistemasini, ularni ifodalovchi so‘z esa, ikkinchi signal sistemasini hosil qiladi. Bilishning hissiy tomoni birinchi signal sistemasi bilan bog‘liq, bu ko‘rgazmali, obrazli tafakkurga asoslangan bo‘lib, miya po‘stlogidagi muvaffaqiyatli bog‘lanishni o‘z ichiga oladi, ya’ni tashqi dunyodagi narsa va hodisalarni sezishda, idrok qilishda va tasavvurda bevosita aks etadi. Bilimning ratsional tomoni, abstrakt tafakkur, ya’ni tushunchalarning hosil bo‘lish jarayoni ikkinchi signal sistemasi bilan bog‘liqdir. Ikkinchi signal sistemasi tashqi dunyo bilan faqat birinchi signal sistemasi orqali aloqa olib boradi, shuning uchun tafakkur sezgi va idroksiz bo‘lish, biron narsa haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmay turib tushuncha hosil qilinishi mumkin emas.
“Hissiy bilimning fiziologik asosi — ko‘rish, eshitish, hid bilish, teri, harakatlantiruvchi va boshqa analizatorlarning birgalikdagi faoliyatidir” - degan edi I.P.Pavlov.
O‘zlashtirishda qancha ko‘p analizatorlar birgalikda ishtirok etsa, tasavvur va tushuncha shunchalik aniq, boy va ma’noli bo‘ladi. Demak, bolalarni tabiat bilan tanishtirish asosiga birinchi navbatda ko‘rgazmalilikni qo‘yish kerak, ya’ni narsa va hodisalar ularaing sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etishi, bolalar narsalarni ko‘rib, qo‘l bilan ushlab ko‘rishlari, eshitib, hidlab ko‘rishlari, ta’mini tatib ko‘rishlari, ya’ni ularning xususiyatlarini seza bilish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari shart.
Uyda, sayrda, o‘yinlarda va mehnatda, tabiatdagi narsa va hodisatarni bolalarga ta’sir etishi natijasida ularda seza bilish tajribalari to‘planib boradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bog‘chaga ketayotganlarida ko‘chadagi ob-havo sharoiti (sovuq, issiq, iliq va namlik)ni seza oladilar. Qo‘llarini yuvganlarida, cho‘milish vaktida, o‘yinlarda suvning xususiyatlarini (sovuqligi, iliqligi, sachrashi, toshlarning suvda cho‘kishi yoki yog‘ochning suzib yurishi)ni payqay oladilar. Xayvonlarni parvarish qilishda esa ularning harakatlarini, odatlarini bilib oladilar.
Bola tabiat bilan yaqin munosabatda bo‘lishi natijasida, undagi narsa va hodisalarni yaqqol ko‘rib, idrok qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Lekin ko‘pincha bola narsalarni payqamay qolishi yoki muhim bo‘lmagan tomonlarga diqqat qilib, idrok qilgan narsalarini noto‘g‘ri tasvirlashi mumkin. 3-4 yoshdagi bola uchayotgan qushlarni hamma vaqt ham sezmasligi mumkin. Xayvonlarni uchratganda u birinchi navbatda uning kattaligiga e’tibor beradi, akvariumda suzib yurgan baliqni ko‘rsaiib uni «yuryapti» yoki «qanotlarini silkityapti», - deb aytadi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, bolani tabiat bilan tanishtirishda unga hodisa yoki narsani ko‘rsatishning o‘zigina kifoya qilmaydi. O‘rgatish jarayonida maqsadga muvofiq rahbarlik qilinishi zarur. Bu esa tarbiyachining bolaning idrokini yo‘lga soladigan, diqqatini ko‘rish va eshitishi muhim bo‘lgan narsa va hodisalarga to‘g‘ri yo‘naltiruvchi so‘zlarida ifodalanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshida tabiatni o‘rganish ko‘proq ona tilini bilish
bilan yaqindan bog‘liqdir. Bu yoshda sezib idrok qilishdan ko‘ra so‘z bilan aytib idrok qilish mustahkam o‘zlashtiriladi. Sezib idrok qilishda tabiat haqidagi hamma bilimlarni boshlang‘ich manbai ekanligini doimo nazarda tutish kerak, aniqroq qilib aytganda, bolalar ongida haqiqatni aks etadi.
Tushuncha - bu miyaning analitik-sintetik faoliyatining natijasidir. Tabiatdagi narsa va hodisalarning bir necha marta sezib idrok qilinishi, ularning boshqalari bilan taqqoslab ko‘rilishi, ulardagi eng muhim belgilarning so‘zlarda aks ettirilishi natijasida tushuncha hosil bo‘ladi. Tushuncha bolalar faoliyatida o‘yin va mehnatda o‘zlashtiriladi va tekshirib ko‘riladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ma’naviy yetuk, axloqli, pok insonlar qilib voyaga yetkazishda tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani muhim ahamiyat kasb etadi. Uning maqsadi, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlash, tabiat bilan tanishtirish jarayonida tabiatga extiyotkorona munosabatda bo‘lish, Vatanga mehrli bo‘lish, ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirish, tabiat haqida mukammal bilimga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashdir.
Tabiat bilan tanishtirish metodikasining vazifasi bolalarni:
-o‘z o‘lkasi tabiati bilan tanishtirish;
-ona Vatanga mehr muxabbatini uyg‘otish;
-tengdoshlari va kattalar mehnatlarini qadrlashga o‘rgatish;
-tabiat orqali psixik jarayonlarni rivojlantirish(sezgilar,idrok,xotira,xayol,nutq,diqqat);
Bolalarning jonsiz tabiat hodisalari, o‘simliklar va xayvonlar, inson mehnati haqidagi tushuncha va tasavvurlarini kengaytirish haqida boyitish, shuningdek, o‘simliklar o‘stirish, xayvonlarni parvarish qilishda bolalarda oddiy ko‘nikmalar hosil qilish ta’lim berishning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bunda bolalarda kuzatuvchanlik, bilimga qiziqish, tafakkur va mantiqiy nutq rivojlanadi, so‘z boyligi ortadi, yangi tushunchalar hosil bo‘ladi.
Bolalarda mehnatni sevish, o‘zgalar mehnatini qadrlash, o‘simlik va xayvonlarni asrash, ularni parvarish qilish, o‘z Vatanini, tabiatni sevish, tabiat go‘zalliklarini ko‘ra olish kabi hislatlarni o‘stirish orqali tarbiyaviy vazifalar hal qilinadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan yaqindan tanishtirmasdan turib, bolalarni jismonan rivojlantirish, nutq va tafakkurlarini boyitish vazifalarini amalga oshirish mumkin emas.
Tabiat bilan tanishtirishning bolalarni aqliy jihatdan o‘sishiga ta’siri kattadir.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishda talim-tarbiya jarayonida ularning ongida atrofni o‘rab olgan dunyo haqida hissiy tajribaga asoslangan aniq bilimlar hosil qilish muhimdir. Haqiqatni to‘g‘ri aks ettiruvchi bilimlar berilmasi, bolalarda tabiat haqida noto‘g‘ri tushunchalar hosil bo‘ladi.
Yoshlarga estetik tarbiya berishdan maqsad — shaxsning estetik didi va idealini tarkib toptirish, tevarak-atrofdagi narsalarni to‘g‘ri qabul qilish qobiliyatlarini har tomonlama o‘stirishdir. Estetik tarbiya bolaga did bilan kiyinish, yurish-turish, mehnat qilish, omma orasida o‘zini to‘g‘ri tuta bilish kabi hislatlarni singdiradi. Ayniqsa, ona tabiatni sevish va undan zavq olish, ya’ni go‘zallikni his qilishni o‘rgatadi. Gul va mevalarning hidi, shakli va ranglari, qushlarning sayrashi, ariqlarda suvning jildirab oqishi, qishda qorning g‘ichirlashi - bularning hammasi bolalarda tabiatdagi narsa va hodisalarni tasavvur etishga imkon beradi va ularda estetik hissiyoini tarbiyalashda va o‘stirishda boy material bo‘lib xizmat qiladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda bunday estetik tuyg‘ularning o‘sishi esa, o‘z navbatida san’atni, hayotni, tabiatni sevish, uni tushunish va o‘rganish uchun zarur shart-sharoit yaratadi.
Avval tabiat go‘zalligini, so‘ngra san’at go‘zalligini his etish kerak. Tabiatdagi va san’atdagi go‘zallik bilan tanishish bolaning aql-idroki va his-tuyg‘ularini tarbiyalabgina qolmay, balki uning axloqini, aqliy xayol va fantaziyasini ham rivojlantiradi.
Bog‘cha yoshidagi bolani tabiat bilan tanishtirishda uni zavqlantirish, estetik his-tuyg‘ularni hosil qilish oson ish emas. Uning tabiat go‘zalliklarini ko‘ra bilishi, ulardan baxramand bo‘lishi, qalbida havas, qiziqish, hayajonlanish hislarining uyg‘onishi uchun oylar, yillar kerak bo‘ladi. Bolani estetik tarbiyalashni tabiatga sayohat, sayrlar yoki bog‘cha hovlisidagi hushmanzara gullarni, chiroyli bog‘ hovlilarini kuzatish orqali amalga oshirsa bo‘ladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tabiat orqali estetik ruxda tarbiyatashni tabiatning istagan faslida amalga oshirish mumkin.

Yüklə 102 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin